LABORATORIYA ISHI №12
II GURUH ANIONLARINING XUSUSIY REAKSIYALARI VA
ULAR ARALASHMASINING ANALIZI TARTIBI
Ishdan maqsad: II guruh anionlarining xususiy reaksiyalarini va anionlar aralashmasi analizini tartibini o`rganish.
Kerakli jihoz va reaktivlar: probirka, kolba, suv hammomi, shtativ, gaz gorelkasi,sentrafuga, asbest, distilangan suv, probirkalar;
NaOH, NH4OH, Na2HPO4, NH4Cl, Na2CO3, nessler reaktivi, HCl, H2O2, Na3[Co(NO2)6, KH2SbO4, NH4F, I guruh anionlarining eruvchan tuzlari.
Laboratoriya ishini bajarish tartibi: II guruh anionlariga SO3+va x.k. kabi anionlar kiradi, guruh reagenti bariyning eruvchan tuzlaridir.
Ikkinchi analitik guruh anionlarining reaksivalari
Ikkinchi analitikguruh anionlariga F-, SO32-, S2O32-, SO42-,CO32-, PO43-, CrO42-, Cr2O72-, AsO33-, AsO43-, BO33-, BO2-, SiO32-, C2O42-, VO3-, MoO42-, WO42-, GeO32-, JO3-, JO4-, C4H4O62-, SiF62-, SeO32-, SeO42-, TeO32- va TeO42- ionlar kiradi. Bu anionlar bariyning eruvchan tuzlari ta'siridan cho`kadi. BaSO4 va BaSiF6 dan tashqari barcha cho`kmalar sirka, xlorid va nitrat kislotalarda eriydi. Ikkinchi guruh anionlarining ishqoriy metallar bilan hosil qilgan birikmalaridan tashqari ko`pchilik tuzlari ham erimaydi.
Ikkinchi guruh anionlari turlireagentlarga bo`lgan munosabatiga ko`ra quyidagi uch guruhga bo`linadi:
1) magniyli tuzlari suvda erimaydigan anionlar: F-, CO3,2-, C2O42-,PO43-, SiO32-, AsO43-;
2) bariyli tuzlari mineral kislotalarda erimaydigan anionlar: SO42-, SiF62-
3) magniyli tuzlari suvda, bariyli tuzlari esa mineral kislotalarda eriydigan anionlar: SO32-, S2O32-, CrO42-, Cr2O72-, AsO33-, AsO43-, BO33-, BO2-, VO3-, MoO42-, WO42-, JO3-, JO4-, C4H4O62-, SeO32-, SeO42-, TeO32- va TeO42
Volfram, molibden vavanadiyningengko`ptarqalganbirikmalari ularning yuqori oksidlanish darajalariga to`g`ri keladi va ular ammoniy sulfid ta'siridan cho`kmasdan tiotuzlar-WS42-, MoS42-, VS3,2- hosil qiladi. Bu tiotuzlaro`z xossalariga ko`ra mishyak., surma va qalay tiotuzlarini eslatadi.Kislotalarta'siridanbu tiotuzlarparchalanlb,tegishli sulfidlarga – WS3,. MoS3, V2S5 aylanadi. Bu suifidlar ammoniy sulfidda eriydi.Ularni bu xossalariga ko`ra kationlarga kiritishkerakday tuyuladi, biroq kislotali muhitda vodorod sulfldta'siridan WS3, va V2S5 mutlaqo cho`kmaydi. MoS3esa qisman cho`kadi. Shuning uchun hain ularni kationlargurhlariga kiritishmaqsadga muvofiq emas.
II analitik guruh anionlarining Ag+ ioni bilan hosil qilgan tuzlari esa suyultirilgan kislotalarda va ba'zilari (Ag2SO4, AgF) hatto suvda ham eriydi.Bu guruuh anionlaridan AsO43-, AsO33-ionlarning reaksiyalari 2.1.4.6 bandda ko`rib chiqilganedi. Shuningucliun bu anionlar analiziga to`xtalmasdan, qolgan ko`p tarqalgan II analitik guruh anionlarining xususiy reaksiyalarini ko`rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |