Br- BROMID IONINING ANALITIK REAKSIYALARI
Kumush nitrat bilan reaksiyasi. Kumush ionlari bromid ionlari bilan nitrat kislota va ammoniy karbonatda erimaydigan AgBr sarg’ish cho’kmani xosil qiladi. Bu cho’kma konsentrlangan ammiak eritmasida yomon eriydi, lekin natriy tiosulfat eritmasida yaxshi eriydi:
Br- + Ag+ = AgBr (ch)
AgBr (ch) + 2S2O32- = [Ag(S2O3)2]3 + Br-
Reaksiyani bajarish:
Probirkaga 2-3 tomchi kaliy bromid erimasidan solib, ustiga 3-5 tomchi kumush nitratdan tomizing. Bunda cho’kmaning xosil bo’lishini kuzating. Cho’kmaga konsentrlangan ammiak va ammoniy karbonat ta’sir ettirib, uning eruvchanligini kuzating.
Do'stlaringiz bilan baham: |