III GURUH ANIONLARINING (NO2-, NO3-, CH3COO-) ANALITIK REAKSIYALARI
Guruh reagenti yo’q.
NITRIT VA NITRAT IONLARINING UMUMIY REAKSIYALARI
Temir (II) sulfat bilan reaksiyasi. Nitrat, nitrit ionlari konsentrlangan H2SO4 ishtirokida Fe2+ bilan NO gacha qaytariladi va ortiqcha FeSO4 bilan qo’ng’ir rangli kompleks xosil qiladi:
6Fe2+ + 2NO3- + 8H+ = 6Fe3+ + 2NO + 4H2O
NO + Fe2+ + SO42- = [Fe(NO)]SO4
Nitritlar bilan reaksiya suyultirilgan H2SO4 va xattoki sirka kislotali sharoitda xam boradi. Reaksiyaga SO32-, S2O32-, J- va Br- ionlari xalaqit beradi.
Ish tartibi
Buyum yoki soat oynasiga natriy nitrat eritmasidan tomiziladi. Temir (II) sulfat kristalli va konsentrik sulfat kislotasi qo’shiladi. Kristall atrofida qo’ng’ir xalqa xosil bo’lishini kuzating.
Do'stlaringiz bilan baham: |