Ii guruh anionlarining analitik reaksiyalari


Kolloid eritmalarni tahlilda qo‘llanishi



Download 121 Kb.
bet20/20
Sana02.01.2022
Hajmi121 Kb.
#102936
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2 5346148640341624837

5. Kolloid eritmalarni tahlilda qo‘llanishi.

Kolloid hosil bo‘lgan hollarda moddani cho‘ktirish qiyin bo‘lib qoladi. Masalan sulfidlar, yomon eriydigan moddalarning kolloid zarrachalari to‘yingan eritmada muallaq holda mavjudligi sababli ularni na filtr va na sentrifugada ajratib bo‘lmaydi. Bunday hollarda kolloid hosil bo‘lmaslik choralari yoki kolloid zarrachalarini buzish choralari ko‘riladi.



Kolloid zarrachaning mohiyati

Biror moddani juda mayda zarrachalarini boshqa bir modda molekulalari orasida bir tekis tarqalishidan hosil bo‘lgan sistema  dispers sistema deb ataladi. Bir tekkis tarqalgan zarrachalar dispersfaza, tarqalgan erituvchi molekulalari – dispers muhit deyiladi (1-rasm). Dispers sistemalar (tizimlar) bir-biridan disperslik (ya’ni zarralarni mayinligi) darajasi bilan farqlanadi. Dispers fazani tashkil etuvchi zarrachalar o‘lchami qancha kichik bo‘lsa disperslik darajasi shunchalik yuqori hisoblanadi.

                        

                                 1-rasm

 

Disperslik darajasiga ko‘ra eritmalar quyidagi turlarga bo‘linadi.



Dispers faza zarrasini o‘lchami nanometrda

 


1

Chin eritma

1 HM

2

Kolloid eritma

1 HM – 100 HM

3

Suspenziya (loyqa suv)

100 HM-dan katta

4

Emulsiya

100 HM-dan katta

 

Chin eritmalarda dispers zarra erigan moddani alohida molekulalaridan iborat bo‘ladi, tabiiyki ularni o‘lchami juda kichik bo‘lgani uchun mikroskop ostida ham ko‘rinmaydi. SHuning uchun chin eritmalar bir jinslidir. Aksincha suspenziya va emulsiyalar bir jinsli emas, ya’ni tiniq emas, mikroskop ostida dispers faza zarrachalarni kuzatish mumkun. Filtr teshiklaridan suspenziya zarralari yirikligi sababli o‘ta olmaydi, ammo kolloid zarrachalar o‘tib ketadi. SHuning uchun kolloid eritma dispers fazasini dispers muhitidan (sistemasidan) filtrlash yo‘li bilan ajratib bo‘lmaydi.[2]



Kolloid zarracha – zaryadli (ishorali) zarrachalar hosil bo‘lishi sababli vujudga keladi (2-rasm). Masalan: {Aql . nl  (n-x) K+}  X- +XK+

 

                                

                                    

                                    2-rasm



 

Bu misolda Aql - yadro, nl - adsorbsion qavat:  (n-x) K+ - diffuzion qavat, {Aql . nl- (n-x) K+X- esa mitsella yoki kolloid zarracha deb ataladi. Agar kolloid eritmaga kuchli elektrolit eritmasidan bir oz qo‘shilsa, eritmani ion kuchi ortib, diffuzion qavat siqilishi natijasida mitsella yoki zol-zarrasi zaryadsizlanishi, o‘zaro qo‘shilib yiriklashuvi koagulyasiya deb ataladi: yiriklashgan zarralarni cho‘kmaga cho‘kishi sedimentatsiya deb ataladi. Bunday cho‘kmalar distillangan suv bilan yuvilsa, diffuzion qatlamdagi ionlar yuvilib ketadi, natijada zarrachalar yana zaryadlanib, o‘zaro itarilib, eritma yana kolloid holga o‘tadi. CHo‘kmani kolloid eritma hosil qilib erish jarayoni peptizatsiya deyiladi. Kolloid eritmalardagi cho‘kmani to‘liq ajratib olish mushkul bo‘lgani uchun tahlil vaqtida kolloid eritma hosil bo‘lmaslik choralari ko‘rinadi.

Ular quydagilardan iborat:

1. Temperaturani  oshirish.

2. Elektrolit (masalan NH4CI) eritmasidan qo‘shish.

Elektrolit eritma kolloid eritmani koagulyasiyasi (yiriklashib cho‘kish) ga sabab bo‘ladi.

Peptizatsiya xodisasini bartaraf etish uchun filtrdagi cho‘kma distillangan suv bilan emas, balki elektrolit (ammoniy xlorid yoki xlorid kislota) eritmasi bilan yuviladi.

Nazorat savollart

1. Kristall va amorf cho‘kmalarni hosil bo’lish shart-sharoiti.

2. CHo‘kmani shakillanish vaqti-cho‘kma etilishi

3. Birgalashib cho‘kish va uning turlari.

4. Kolloid zarracha hosil bo’lish sharoiti.

5. Koagulyasiya, sedimentatsiya, peptizatsiya jarayoni.



 
Download 121 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish