CH3COO- ATSETAT-IONINING ANALITIK REAKSIYALARI
Temir (III) xlorid bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli). Natriy atsetat temir (III) xloridi bilan pH=5-8larda reaksiyaga kirishib, to’q qizil (achchiq choy) rangli Fe(CH3COO)3 birikmasini xosil qiladi. Qaynatish natijasida Qizil-qo’ng’ir rangli amorf iviqsimon cho’kma xosil bo’ladi:
Fe(CH3COO)3 + 2H2O = Fe(OH)2CH3COO (ch) + 2CH3COOH
Cho’kma atsetat ionlari mo’l bo’lgandagina xosil bo’ladi.
Ish tartibi
Probirkaga 5-7 tomchi natriy atsetati eritmasidan, 2-3 tomchi temir (III) xloridi solinadi. Eritmaning to’q qizil rangga bo’yalishi kuzatiladi. Shundan so’ng probirka qaynaguncha isitiladi. Cho’kma xosil bo’lishini kuzating.
Do'stlaringiz bilan baham: |