Kadmiy tuzlari bilan reaksiyasi. Sulfid tuzlari kadmiy kationi bilan kislotali yoki neytral sharoitda sariq cho’kma xosil qiladi:
S2- + Cd2+ = CdS(ch)
Ish tartibi:
Probirkaga 1-2 tomchi sulfid tuzi eritmasidan olib, ustiga 2-3 tomchi kadmiy eritmasidan tomizing, cho’kma xosil bo’lishini kuzating.
Natriy nitroprussid bilan reaksiyasi. Ammiakli sharoitda sulfid ionlari natriy nitroprussid Na2[Fe(CN)5NO] bilan qizil-binafsha rangli kompleksni beradi:
S2- + [Fe(CN)5NO]2- = [Fe(CN)5NOS]4-
Reaksiyaga SO32-, SO42- i S2O32- ionlari xalaqit bermaydi. Bu reaksiyadan organik birikmalar tarkibidagi oltingugurtni aniqlashda qo’llanadi.
Ish tartibi
Probirkaga yangi tayyorlangan ammoniy sulfid eritmasidan 2-3 tomchi olib, 3-5 tomchi ammiak va 1 tomchi natriy nitroprussid qo’shiladi. Rang xosil bo’lishini kuzating.
Do'stlaringiz bilan baham: |