Rux yoki alyuminiy metalli bilan reaksiyasi. Nitrat va nitritlar ishqoriy muxitda rux yoki alyuminiy bilan amiakgacha qaytariladi:
NO2- + 3Zn + 5OH- + 5H2O = NH3 + 3[Zn(OH)4]2-
NO3- + 4Zn + 7OH- + 6H2O = NH3 + 4[Zn(OH)4]2-
Eritmada amoniy ionlari bo’lmasligi kerak.
Ish tartibi
Probirkaga 3-4 tomchi natriy nitrit yoki nitrat eritmasidan olib, 3-5 tomchi 25%li NaOH eritmasi va rux yoki alyuminiy bo’lagi qo’shiladi. Probirka og’zi nam lakmus qog’ozi bilan berkitiladi. Qog’ozning ko’karishini kuzating.
Difenilamin bilan reaksiyasi . Difenilamin (C6H5)2NH nitritlar, nitratlar va boshqa kuchli oksidlovchilar bilan konsentrik H2SO4 ishtirokida ko’k rang xosil qiladi:
SHunday natija BrO3- ioni bilan xam kuzatiladi. Kuchli qaytaruvchilar S2-, SO32-, S2O32-, J- reaksiyaga xalaqit beradi.
Ish tartibi
Farfor tigelga yoki toza, quruq soat oynasiga 5 tomchi difenilaminning konsentrlangan sulfat kislotadagi eritmasi va 5 tomchi natriy nitrat yoki nitrit qo’shiladi. Ravshan ko’k rang xosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |