Antipirin bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli). Antipirin C11H12N2O nitrat ionlari bilan kuchli kislotali sharoitda qizil rangli nitroantipirin xosil qiladi:
2
Ish tartibi
Probirkaga 2 tomchi natriy nitrat tuzi eritmasidan solib, ustiga 2 tomchi 5%li antipirin eritmasi qo’shilib va extiyolik bilan konsentrik sulfat kislotasi tomizilib (12-15 tomchi), xar bir tomchidan so’ng probirka silkitiladi. Ravshan qizil rangning xosil bo’lishi kuzatiladi.
NO2- NITRIT IONI ANALITIK REAKSIYALARI
Kuchli kislotalar bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli). Nitrit eritmasiga suyultirilgan sulfat yoki xlorid kislotasi eritmalarining ta’siri natijasida azot (II) va (IV) oksidiga parchalanuvchi nitrit kislotasi xosil bo’ladi:
2NO2- + 2H+ = [HNO2] = NO + NO2 + H2O
parchalanish xarorat ko’tarilishi, sulfat kislota konsentratsiyasi ortishi bilan kuchayib, qo’ng’ir rangli NO2 ajralib chiqishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |