NITRIT-IONINING PARCHALANISHI
Nitrit ioni NH4+ioni ishtirokida qizdirish natijasida azot va suv xosil qilib parchalanadi:
NO2- + NH4+ = N2 + H2O
Ish tartibi:
Probirkaga 5 tomchi natriy nitrit tuzi eritmasi ustiga to’yingan eritma xosil bo’lgunicha qattiq NH4Cl yoki (NH4)2SO4 qo’shib isitiladi. Eritmaning aloxida qismidan NO2- ga KJ bilan kraxmal ishtirokida reaksiya bajarilib, uning to’liq parchalanishi tekshiriladi.
Antipirin bilan reaksiyasi (farmakopeya usuli ). Nitrit ioni kuchsiz kislotali sharoitda yashil rangli nitrozoantipirinni xosil qiladi:
Ish tartibi
Probirkaga 5 tomchi natriy nitrit 5 tomchi 5%li antipirin eritmalari va 1 tomchi 2 n sulfat kislotasi solinadi. Probirkadagi eritmalar aralashtiriladi va yashil rangli nitrozoantipirinning xosil bo’lishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |