Kafedra ilmiy seminari qaror qiladi:
1. II kurs magistri Hamdamova Fotimaning “Oila nutqida qarg‘ishlarning etnosotsiolingvistik xususiyatlari ” maʼruzasi qoniqarli deb topilsin.
Yigʼilish raisi: B.Umurqulov
Kotibi: Z.Rahimova
OʼZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI “OʼZBEK TILSHUNOSLIGI” KAFEDRASI ILMIY SEMINARI
BAYONNOMASI
1 . .202 -yil Termiz shahar
Qatnashdilar: Kafedra mudiri dots. f.f.f.PhD N. Omonturdiyev filologiya fanlari boʼyicha falsafa doktori Z.Umurqulov, ilmiy rahbar, kafedra prof.-oʼqituvchilari va magistrlar.
Kun tartibi
II-kurs magistri Hamdamova Fotimaning “ Oila nutqida qarg‘ishlarning etnosotsiolingvistik xususiyatlari ” mavzusidagi maʼruzasi muhokamasi.
Eshitildi: Mavzu bo‘yicha F.Hamdamovaning maʼruzasi tinglandi (maʼruza matni ilova qilinadi).
Muhokama qilindi:
Kafedra mudiri N.Omonturdiyev o’zbek tilida “ Oila nutqida qarg‘ishlarning etnosotsiolingvistik xususiyatlari ” mavzusi ahamiyatini eʼtirof etib, ushbu mavzuni tilshunoslik nuqtai nazaridan oʼrganilishi muhim ekanligini koʼrsatib oʼtdi. Nutqimizda qo’llaniladigan leksemalarning hududiy jihatdan ham, leksik jihatdan ham, morfologik jihatdan ham hali to’laligicha tahlil qilinmaganligi ,vaholangki, o`zbek tilshunosligida bu birliklarning o’rni beqiyos ekanligi haqida gapirdi. Umurqulov maʼruzani ijobiy baholab, muallifni ilmiy seminardagi chiqishini maʼqulladi.
Magistrning ilmiy rahbari soʼz olib, maʼruzada o’zbek tilidagi qo’llanish doirasi keng bo’lgan qarg‘ishlar, ijobiy va salbiy qarg‘ishlar ma’nolarini ifodalovchi leksik birliklarning ahamiyatiga chuqurroq yondashilganligini aytdi. Lekin ilmiy xulosalar chiqarish uchun toʼplangan materiallar yetarli darajada emasligi uqtirib oʼtildi. Mavzu muhokamasi bo`yicha kafedra o`qituvchilaridan so`zga chiqqan PhD Nurali Omonturdiyev ma`ruzachiga mavzu bo`yicha qilingan ishlar hali mukammal darajaga yetishi kerakligi haqida bir qancha tushuncha va ko`nikmalar berib o`tdi.
Mavzu muhokamasi boʼyicha soʼzga chiqqan magistr Ko‘chkinova Dilafruz maʼruzachining mavzu boʼyicha xorijiy va oʼzbek tilshunosligidagi adabiyotlar bilan yaxshi tanishib chiqilgani tahlil qilinganligini koʼrsatib oʼtdi. Mavzu mazmunini yoritishda tadqiqotchining oʼz uslubi, qarashi mavjudligi taʼkidlandi.
Kafedra ilmiy seminari qaror qiladi:
1. 2-kurs magistranti Hamdamova Fotimaniing “ Oila nutqida qarg‘ishlarning etnosotsiolingvistik xususiyatlari ” mavzusidagi maʼruzasi qoniqarli deb topilsin.
Yigʼilish raisi: N.Omonturdiyev
Kotibi: Z.Rahimova
Do'stlaringiz bilan baham: |