TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
MAGISTRATURA BO`LIMI LINGVISTIKA : O`ZBEK TILI MUTAXASSISLIGI
II BOSQICH MAGISTRANTI
BERDIMURODOVA TURSUNOY O’RAL QIZINING 2022 /2023 O’QUV YILI III SEMESTRI UCHUN
TAYYORLAGAN
SHAXSIY ISH REJA BAJARILISHI BO’YICHA
HISOBOTI
TERMIZ – 2023
I. O’QUV METODIK ISHLAR
1.1. 2021-2022-o’quv yili I semestr mobaynida o’quv rejada belgilangan
“Nazariy tilshunoslik masalalari”, “Psixolingvistika”, “Areal lingvistika”, “Tilshunoslik metodologiyasi”, “Lingvokulturologiya”, “Xorijiy til(ingliz tili”) fanlari bo’yicha o’quv mashg’ulotlariga qatnashib, semester bo’yicha “a’lo” va “to’rt” baholarga o’zlashtirdim.
1.2. Shaxsiy ish rejada rejalashtirilgan “Ilmiy pedagogik ish” fani bo`yicha barcha berilgan topshiriqlarni bajardim va ilmiy ish rejalarini ilmiy rahbarim bilan ishlab chiqdik va kafedraga har oyda bajargan ishlarim bo’yicha hisobot berib bordim (asos bo’luvchi xujjat ilova qilinadi).
II. ILMIY TADQIQOT ISHLARI
2.1. 2021-2022-o`quv yili I semestrda kafedraning ilmiy va innovatsion tadqiqotlarida, ishtirok etish rejalarida faol ishtirok etdim.
2.2. Tasdiqlangan grafik asosida I semestr mobaynida ilmiy seminarlarda dissertatsiya mavzuyim bo’yicha 1 marta ma’ruza bilan ishtirok etganman. (Ilmiy seminarlar bayonnomalari ilova qilinadi)
III. ILMIY-PEDAGOGIK ISHLAR
3.1. “Ona tili va uni o’qitish metodikasi” fani bo’yicha o’quv jarayonlarini tashkil etishga bog’liq me`yoriy hujjatlar, jumladan, DTS 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu fan bo’yicha o’quv reja oliy o’quv o’quv reja Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 2019-yil tasdiqlangan, fan dasturi esa TTPU tomonidan ishlab chiqulgan bo’lib Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomondan 2019-yil tasdiqlangan. Ishchi o’quv reja esa TerDU rektorati tomonidan 2019-yilda tasdiqlangan.
3.2. 2021-2022-o‘quv yili 1-semestr mobaynida “O`zbek tilshunosligi” kafedrasi professor o’qituvchilaridan F.f.d.dots. B.Umurqulov, F.f.d dots. S.Maxmaraimova, N, Qurbonazarova, PhD Sh.Omonturdiyeva, S. Turdumurodovlarning darslariga kirib, dars o’tish mahoratlarini o’rgandim va ilmiy rahbarimning dars o’tish bo’yicha tahliliy fikrlarini, takliflarini o’rganib chiqdim (5 ta dars tahlili bo’yicha xulosa ilova qilinadi)
3.3. Fanlar bo’yicha innovatsion pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va kafedrada tayyorlanadigan o’quv uslubiy adabiyotlar hamda to’plamlarni tayyorlashda ilmiy rahbar tavsiyasi asosida ishtirok etdim (ilova taqdim etiladi).
3.4. Ilmiy-pedagogik ishlar bo’yicha rejalashtirilgan tadbirlarni ilmiy rahbar bilan birgalikda amalga oshirdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |