Ilmiy rahbarim takidlagan quyidagi ma’lumotlar bilan yaqindan tanishib chiqdim:
Respublikamizda 2019-yilning 18-oktabr kuni “Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili vazifaviy uslublarining taraqqiyoti” mavzusida o’tkazilgan ilmiy-amaliy anjumanda ko’rib chiqilgan quyida tilshunoslikka oid masalalar bilan tanishdim.
Unda o‘zbek nazariy tilshunosligi, leksikologiya va leksikografiyasi, o‘zbek tili tarixi va shevashunosligi, shuningdek, ona tili va til ta’limi muammolariga doir tadqiqotlarni yangi ilmiy g‘oyalar bilan boyitish; o‘zbek tilshunosligining keyingi taraqqiyotini belgilaydigan dolzarb muammolar xususida fikr almashishganligi haqida ilmiy ma’lumotlarga ega bo’ldim. Jumladan, nazarda tutilgan anjumanda quyidagi mavzularga doir muammolar ko’rib chiqilganligi haqida tanishib chiqdim:
Globallashuv davrida o‘zbek tili vazifaviy uslublarining taraqqiyoti.
Yangi ilmiy yo‘nalishlar va nazariy tilshunoslik masalalari
Leksikologiya va leksikografiya muammolari
O‘zbek tili tarixi va shevashunosligi
Globallashuv davrida ona tili va til ta’limi muammolari
2.2. Noyabr oyida ilmiy dissertatsiyam uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni o’rganib, rahbarim bilan tahlil qildik. Noyabr oyida men ilmiy ishim bo’yicha ilmiy rahbarimning ko’rsatmalarini oldim va dastabki 2 bobni yozib tugalladim.Kategoriyalarga oid yangi ma’lumotlarni o’rganishim kerak. Bundan tashqari o‘zbek tilida shu sohada bo’yicha qilingan ishlarni internet saytlari orqali topib o’rgandim. Ular quyidagi elekton manbalar:
http://www.edu.uz
http://www.cheloveinauka.uz
http://www.ziyonet.uz
http://www.disscat.uz
http://www.google.uz
http://www. dissnatlib.uz
http://www. Academia.com
III. ILMIY-PEDAGOGIK ISHLAR
3.1. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani bo’yicha o’quv jarayonlarini tashkil etishga bog’liq meyoriy hujjatlar, jumladan, DTS 2019-yil 6-apreldagi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ushbu fan bo’yicha o’quv reja oliy o’quv o’quv reja Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi 2019-yil tasdiqlangan, fan dasturi esa ToshDO‘TAU tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomondan 2020-yil tasdiqlangan. Ishchi o’quv reja esa TerDU rektorati tomonidan 2010-yilda tasdiqlangan.
3.2. 2021-2022-o‘quv yili III semestr mobaynida “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi professor o’qituvchilaridan dots. B.Umurqulov, dots. Sh.Maxmaraimova, PhD. Z.Umurqulovlarning darslariga kirib, dars o’tish mahoratlarini o’rgandim va ilmiy rahbarimning dars o’tish bo’yicha tahliliy fikrlarini, takliflarini o’rganib chiqdim
3.3. Fanlar bo’yicha innovatsion pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va kafedrada tayyorlanadigan o’quv uslubiy adabiyotlar hamda to’plamlarni tayyorlashda ilmiy rahbar tavsiyasi asosida ishtirok etdim (ilova taqdim etiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |