Kafedra ilmiy seminari qaror qiladi:
1. II kurs magistri Hamdamova Fotimaning “Oila nutqida qarg‘ishlarning etnosotsiolingvistik xususiyatlari ” maʼruzasi qoniqarli deb topilsin.
Yigʼilish raisi: B.Umurqulov
Kotibi: Z.Rahimova
OʼZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI OʼZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI ILMIY SEMINARI BAYONNOMASI
15.12.2022-yil Termiz shahar
Qatnashdilar: Kafedra mudiri f.f.f.d.B.Umurqulov v filologiya fanlari doktori,
PhD B. Xolmuxamedov, ilmiy rahbar, kafedra prof.-oʼqituvchilari va magistrlar.
Kun tartibi
1. II kurs magistri Hamdamova Fotimaning “Oila nutqida qarg‘ishlarning etnosotsiolingvistik xususiyatlari ” mavzusidagi maʼruzasi muhokamasi.
Eshitildi: Mavzu boʼyicha Hamdamova Fotimaning maʼruzasi tinglandi (maʼruza matni ilova qilinadi).
Muhokama qilindi:
Kafedraning f.f.d Sh. Maxmaraimova so’zga chiqib II kurs magistri Hamdamova Fotimaning “Oila nutqida qarg‘ishlarning etnosotsiolingvistik xususiyatlari ” mavzusi yuzasidan olib brogan mustaqil ishining bugungi kun o’zbek tilida ahamiyatini eʼtirof etdi, shu jumladan, erishilgan yutuq va kamchiliklarini gapirdi. Ushbu mavzuni tilshunoslik nuqtai nazaridan oʼrganilishi muhim ekanligini koʼrsatib oʼtdi.
F.Hamdamova mazkur maʼruzasida “Oila nutqida qarg‘ishlarning etnosotsiolingvistik xususiyatlari ” o`zbek tilshunosligida qanday amaliy ahamiyatga ega va bunday leksemalarning jamiyatdagi o’rni haqidagi muhim masalalar ekanligi taʼkidlab oʼtildi. N.Omonturdiyev maʼruzani ijobiy baholab, muallifni ilmiy seminardagi chiqishini maʼqulladi.
Magistrning ilmiy rahbari soʼz olib, maʼruzada o’zbek tilida qarg‘ishlarning mavjudligi, salbiy va ijobiy qarg‘ishlar ma’nolarini ifodalovchi leksemalar va ularning grammatik ma’nosiga alohida eʼtibor qaratilganligi; Аyniqsa, ilmiy xulosalar chiqarish uchun toʼplangan materiallar yetarli darajada emasligi uqtirib oʼtildi. Mavzu muhokamasi bo`yicha kafedra o`qituvchilaridan so`zga chiqqan PhD N. Qurbonazarova ma`ruzachiga mavzu bo`yicha qilingan ishlar hali mukammal darajaga yetishi kerakligi haqida bir qancha tushuncha va ko`nikmalar berib o`tdi.
Mavzu muhokamasi boʼyicha soʼzga chiqqan magistr Kulnoyozova Nasiba maʼruzachining mavzu boʼyicha xorijiy va oʼzbek tilshunosligidagi adabiyotlar bilan yaxshi tanishib chiqilgani tahlil qilinganligini koʼrsatib oʼtdi. Mavzu mazmunini yoritishda tadqiqotchining oʼz uslubi, qarashi mavjudligi taʼkidlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |