O’lik vaksinalar. Bular natriy xlorid eritmasidagi o‘lik mikroorganizmlar susðenziyasidir. Ular maksimal immunogen xossalarga ega bo‘lgan mikroblar turlaridan tayyorlanadi. Vaksinalar har xil usullar yordamida faolsizlantiriladi. Bular yuqori harorat, ultrabinafsha nurlar, ultratovush, kimyoviy moddalar (fenol, formalin, sðirt, aseton va b.)dir. Òirik vaksinalarga nisbatan o‘lik vaksinalar ham immunogenlikka ega. O‘lik vaksinalarga ko‘kyo‘tal (AKDS vaksinasi komðonenti), qorin tifi, vabo, leðtosðiroz va boshqa kasalliklarga qarshi vaksinalar kiradi
A n a t o k s i n l a r – formalin va issiqlikning uzoq ta’siri natijasida yuqumsizlantirilgan toksinlardir. Anatoksin (ana – teskari, orqaga) tayyorlash uchun toksinga ozroq miqdorda 0,3–0,4% formalin qo‘shiladi va 30–32 kun davomida 37° C haroratda saqlanadi. Natijada toksin zaharliligini yo‘qotadi, lekin immunogen xossalarini saqlab qoladi. Anatoksinni ishlatganda uzoq muddatli anatoksik immunitet hosil bo‘ladi. Bugungi kunda tozalangan va adsorblangan anatoksinlar qo‘llanmoqda. Ayrim turdagi vaksinalar gen-injeneriyasi texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilmoqda, masalan, B geðatitga qarshi ishlab chiqilgan DNK-rekombinant vaksina bunga misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |