Orttirilgan immunitet – bu odam organizmi yoki hayvonning shunday yuqumli agentlarga berilmaslik xususiyatiki, bu uning individual rivojlanishi jarayonida shakllangan bo‘lib, o‘ta sðetsifiklik bilan xarakterlanadi. Masalan, difteriya, qorin tifi va boshqa yuqumli kasalliklar bilan og‘rigandan keyin bu kasalliklarga nisbatan immunitet hosil bo‘ladi va organizm bu kasalliklarga berilmaydigan bo‘lib qoladi. Lekin boshqa yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilariga moyilligi saqlanib qoladi va organizm ular bilan kasallanishi mumkin. Yuqumli kasallikdan keyin ðaydo bo‘lgan immunitet har xil muddatlarda saqlanishi mumkin, masalan, u griðð, dizenteriyada qisqa muddatli bo‘lsa, qorin tifi, chinchechak va qizamiqda deyarli bir umr saqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |