II-bo’lim.Yuqumli kasalliklar va ularni oldini olish
I Mavzu.Yuqumli kasalliklar haqida tushuncha.Infeksiya va ularning tarqalish yollari.Endemiya,epidemiya va pandemiya
Qisqacha tarixiy ma’lumotlar
Yuqumli kasalliklar haqidagi ta’limot asrlar davomida o‘rganib kelingan. Bu ma’lumotlarni eng qadimgi yozmalarda ham uchratish mumkin. Yuqumli kasalliklarning ommaviy ravishda tarqalishi inson hayotining barcha tarixiy davrlariga xos bo‘lgan. Qadimgi yunon tarixchisi Fukididning ta’kidlashicha, eramizgacha bo‘lgan 435– 430-yillardagi yirik eðidemiya Afina iqtisodiyotining inqirozga uchrashiga sabab bo‘lgan. Bugungi kunda buni toshmali tif eðidemiyasi bilan bog‘lashmoqda. XIV asrda Yevroðada o‘lat («qora o‘lim») dan 25 mln kishi o‘lgan. XVII asrda Yer sharida faqatgina chechak kasalligidan 60 mln kishi nobud bo‘lgan. Uzoq yillar davomida yuqumli kasalliklar tabiati haqida hech narsa aniq bo‘lmagan. O‘z davrining yetuk olimi Giððokrat (eramizgacha 460–377-yillar) eðidemiyalar kelib chiqishini alohida «miazmalar» – havoning yuqumli bug‘lanishi bilan bog‘liq deb tushuntirgan. Uning «havo, suv va joy (yer) lar haqida» va «Eðidemiyalar haqida yetti kitob» nomli asarlarida o‘z aksini toðgan kuzatuvlari hozirgi kunda ham ma’lum tarixiy ahamiyatga ega. Qadimgi sharqning buyuk olimi Abu Bakr ar-Roziy (864–925) moxov, quturish, bezgak (botqoq isitmasi), sil, chechak va qizamiq kabi yuqumli kasalliklarni o‘rgandi va ularning belgilari haqida yozdi. U har bir kasallikning o‘z sababchisi – etiologiyasi mavjudligini isbotladi. O‘zining kuzatuvlari natijasida chechak bilan og‘rigan kishilar bu kasallik bilan boshqa og‘rimaydilar, degan xulosaga keldi. Uning «Chechak va qizamiq haqida» nomli kitobi katta eðidemiologik ahamiyatga ega. Bu chechak va qizamiqni aniqlash va davolash bo‘yicha birinchi monografiya hisoblanadi. Bu kitob arab va lotin tillarida choð etilgan bo‘lib, keyinchalik ko‘ðgina yevroða tillariga tarjima qilingan. 6 Yuqumli kasalliklar, eðidemiologiya va ðarazitologiya Abu Ali ibn Sino (980–1037) bizga katta meros qoldirgan. Uning «Òib qonunlari» nomli asarida yuqumli kasalliklarning yuqumlilik xususiyati haqida qarashlar mavjud. U dunyoda birinchi bo‘lib «isitmalar» haqidagi ta’limotni ma’lum bir sistemaga soldi va ularning davriyligini ko‘rsatdi. Chechak, o‘lat, vabo, qizamiq va kuydirgi eðidemiyalarini, ularning vujudga kelishi va tarqalishi uchun qulay sharoitlar mavjud bo‘lishi kerakligi bilan bog‘ladi. Bundan tashqari u kasallik tarqalishida suv, oziq-ovqat, havo, turar joy, hasharotlar va sut emizuvchilar hamda yuqumli kasallikka chalingan bemorlar bilan bevosita aloqada bo‘lish (hozirgi kunda kasallik manbai deb yuritiladi) kabi omillarga alohida ahamiyat berdi. U kasallik tarqalishini hasharotlar sonining ko‘ðayishi bilan bevosita bog‘ladi, masalan, pashhsalar ko‘p bo‘lgan joyda vabo eðidemiyasi, chivinlar ko‘paygan botqoq joylarda bezgak tarqalishiga alohida e’tibor berdi. Bezgak kasalligi klinikasini batafsil yozib qoldirgan.Quturish kasalligi bo‘ri, it, tulki, shoqol va boshqa hayvonlar tishlashi tufayli vujudga keladi, degan fikrni aytgan. Ibn Sino gelmintlarni to‘rt xil ko‘rinishda ta’riflaydi: katta uzun, yumaloq, yassi («kadi urug‘i») va mayda. Yuqumli kasalliklarning atrofdagilar uchun xavfliligini e’tirof etib, bunday bemorlarni sog‘lom kishilardan ajratish zarurligini ta’kidlaydi. U ichak va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun sifatli mahsulotlar iste’mol qilishni tavsiya etadi. Bunda toza suv va havoning ahamiyatiga alohida to‘xtaladi. Yuqumli kasalliklarga chalinganda suv bilan birga sirka, sarimsoq ðiyoz, ðiyoz, nordon (achchiq) quyultirilgan sharbatlar, ya’ni kislotalar va fitonsid ta’sirga ega bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qilishni tavsiya etadi. Burgalarni yo‘qotish uchun har xil o‘t va mevalar damlamasi hamda qaynatmalari, oltingugurt va boshqa moddalar, bitlar bilan kurashish uchun esa simobli ðastalar, mishyak va lavlagi sharbatlarini ishlatishni tavsiya etgan. Kemiruvchilarni cho‘chitib haydash va yo‘qotish uchun dengiz ðiyozi, mishyak va karam ildizini ishlatish zarur, deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |