Xulosalar………………………………………………………………………...
|
67
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………....
|
69
|
KIRISH
Dissertatsiya mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan keyin qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishga bo‘lgan qarash tubdan o‘zgardi. G‘o‘za yakka hokimligiga barham berib, donli, moyli, sabzavot, poliz va boshqa ekinlar ekish ko‘paytirildi. Ayniqsa, fermer xo‘jaliklarini tashkil etilishi sug’oriladigan yerlardan samarali foydalanish uchun katta imkoniyatlar ochib berdi.
Jumladan, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil 27-28 yanvarda Xorazm viloyatiga tashrifi mobaynidagi ma`ruzalarida “Menga gektariga 25 sentnerdan olinayotgan paxta xomashyosi kerak emas, undan ko‘ra yiliga ikki marta hosili yig`ib olinadigan soya o‘simligi bilan qiziqinglar” – deb, ta`kidlab o‘tdilar va bir necha xususiyati bilan soya o‘simligi paxtadan yuqori turishini hamda uni agrotexnik talablarini o‘rganib chiqish kerakligini tavsiya qildilar [1].
Respublikamizda bugungi kunda dukkakli ekinlar, jumladan, soyaning yangi navlarini yaratish, sinash va muayyan tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish, serhosil, sifatli, ekologik toza don mahsuloti yetishtirish, saqlash hamda tuproq unumdorligini oshirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dukkakli ekinlar tuproq unumdorligini oshiradi va almashlab ekish tizimidagi ko‘plab ekinlarga o‘tmishdosh ekin sifatida mos keladi. Bundan tashqari, dukkakli donli ekinlarda maydon birligiga nisbatan yetishtiriladigan oqsil miqdori ko‘proq bo‘lib, uning sifati ancha yuqori, o‘zlashtirishi esa osonroq bo‘ladi. Keyingi yillarda oziq-ovqat mahsulotlari va chorva uchun yem ishlab chiqarishning jadallashishi soya doni yetishtirishni ko‘paytirishni taqozo etmoqda.
Bundan tashqari yerdan unumli foydalanish maqsadida birgalikda ekishni tashkil qilish, shu bilan birga ushbu texnologiyalarni yosh avlodga yetkazish, ularni bilimli hamda yetuk kadr sifatida tarbiyalash uchun oliy ta’limda inovvatsion metodlarni qo‘llagan holda talabalarni bilim saviyasini oshirish bo‘yicha turli farmonlar va qarorlar tasdiqlangan bo‘lib, jumladan 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonini aytishimiz mumkin [4]. Yurtboshimiz Sh. M. Mirziyoyev prezidentlik lavozimiga kirishgan dastlabki kunlardan boshlab yurtimizda innovatsion va kreativ fikrlaydigan zamonaviy kadrlar tayyorlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida, yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, shu maqsadda ta’lim tizimini takomillashtirish masalalariga jiddiy e’tibor qaratib kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmonida “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo‘lgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganish”ga qaratilgan [2].
Ushbu qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash maqsadida bugungi kunda barcha sohalarda innovatsiyalar tadbiq etishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Shunday innovatsiyalardan biri “klaster modeli” bo‘lib, ayni paytda iqtisodiyot, agrar, to‘qimachilik, yengil sanoat va farmasevtika sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Qisqa vaqt ichida klaster modeli iqtisodiyotda istiqbolli innovatsion yo‘nalish sifatida e’tirof etilib, uni boshqa sohalarda ham qo‘llash tajribalari amalga oshirilmoqda.
Keyingi yillarda respublikamizdagi umumta’lim maktablarining reytingida Toshkent viloyatining oxirgi o‘rinlarda ekanligi fikrimizni tasdiqlaydi. Ushbu muammoning ilmiy va amaliy yechimlarini topish Chirchiq davlat pedagogika institutidan tizimga nisbatan yangicha yondashuvlarni, innovatsion loyihalarni ishlab chiqishni taqozo qilmoqda.
Chirchiq davlat pedagogika instituti mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida tashkil qilindi va hozirda ushbu muammolarning yechimi borasida ilmiy va amaliy ahamiyatga ega yo‘nalishlarda ish olib bormoqda. Xususan, “Pedagogik ta’lim innovatsion klasteri” institutning asosiy strategik tadqiqot yo‘nalishi sifatida belgilandi va uni amaliyotga joriy etish maqsadida “Eshitdim, ko‘rdim, bajardim” tamoyili ishlab chiqildi. Mazkur loyiha ham oliy ta’limda yetishib chiqayotgan yosh kadrlarni bilim saviyasini oshirish, amalyotchilik ko‘nikmasini shakillantirish va mustaqil izlanuvchanlik hamda ijodkorlikni rivojlantirishni maqsad qilib olgan. Ushbu omillar mazkur loyihaning dolzarbligini ko‘rsatadi
Do'stlaringiz bilan baham: |