Ekish muddatlari. Makkajo‘xorini don uchun takroriy ekishda sug‘orilib, namligi yetarli bo‘lgan tuproqlarga urug‘lar ekiladi. Makkajo‘xorini Samarqand, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida 1-20 iyunda, Qashqadaryo, Surxondaryoda 25 maydan 10 iyungacha, Farg‘ona vodiysida 5-20 iyunda don va silos uchun ekish mumkin. Bunda urug‘lar qanchalik erta ekilsa shuncha yuqori hosil beradi. Makkajo‘xori qator oralari 70-90 sm yoki qo‘shqatorlab ekiladi.
Ekish me’yori. Makkajo‘xori don uchun 1 gektarga 25-40 kg, yashil massa uchun 50-180 kg urug‘ sarflanadi. Optimal tup qalinligini hosil qilish uchun urug‘larning unuvchanligi, o‘sish davrida siyraklashishi hisobga olinadi.
Sug‘orish rejimi. Takroriy ekishda yerni haydash oldidan 600-700 m3/ga me’yorda sug‘orish o‘tkaziladi. O‘suv davridagi sug‘orishlar soni va me’yorlari sizot suvlarining joylashishiga, tuproq mexanik tarkibiga va boshqa omillarga bog‘liq holda o‘zgaradi. Sug‘orishlar me’yori o‘rtacha 500-600 m3/ga.
Birinchi sug‘orish maysalar unib chiqqandan keyin 10-15 kun o‘tgach o‘tkaziladi. Keyingi sug‘orishlar har 10-15 kunda o‘tkaziladi. Sug‘orishlar soni 3-4 ta.
Silos uchun yetishtirilayotgan makkajo‘xori ko‘p hollarda soya bilan birga ekilishi mumkin. Bu esa donli ekinlar maydoni va ularni yetishtirish xarajatlarini oshirmasdan turib 1 gektardan qo‘shimcha 1,5-2,5 s oqsil olish va uning silosdagi miqdorini bir ozuqa birligiga to‘g’ri keladigan 60-65 g dan 85-90 g oshiradi.
Makkajo‘xorini soya bilan qo‘shib ekishni bunday keng qo‘llash uchun ularning etishtirish texnologik elementlarining optimal variantlarini aniqlash zarurdir. Hozirgi kunda respublikamizda makkajo‘xorini soya bilan birga ekish amalda sinab ko‘rilmoqda. Makkajo‘xorini soya bilan ekishning samardorligi ko‘pgina olimlarning tajribalarida isbotlangan [13,14,12].
Ya.Poleshuk va Vinogradovlar o‘z tajribalarida shuni aniqlashganki, boshoqli ekinlar dukkaklilar bilan qo‘shib ekilganda o‘simliklarning bo‘yi sof ekilgandagiga nisbatan yuqori bo‘ladi. Binobarin, dukkaklilar bilan birga ekilgan makkajo‘xorining bo‘yi sof ekilgan makkajo‘xoridan 2-6 sm ga baland bo‘lgan. Ekinlarni birgalikda ekish gektar hisobiga oziqa chiqishi va uning sifatini oshiradi, chunki bunday ekishda fotosintetik jarayonlar yuqori darajada kechadi.
Yuqoridagi ma’ruza matnidan o‘qib eshitilgandan so‘ng talabalardan 10 ta nazorat testi olindi. Bunda fanni an’anaviy shaklda ma’ruzada erishgan natijalari baholandi.
Nazorat testi.
1.Soya o‘simligi urug’dan unib chiqgandan keyin 15-20 sm bo‘lishi uchun qancha vaqt ketadi?
A) 10-15 kun B) 20-25kun C) 30-35 kun
2. Makkajo‘xori ekilgan chuqurlikdagi harorat qancha bo‘lishi kerak?
A)10-12 oC B)15-16 oC C)7-8 oC
3. Makkajo‘xori ekilgan yer qanchalik chuqurlikda haydalishi kerak?
A) 20-22 sm B) 10-15 sm C) 25-27 sm
4.Soya ekiladigan yer maydonida qator oralig’i qancha bo‘lishi ma’qul?
A) 60 sm B) 90 sm C) 40 sm
5.Birgalikda ekilgan soya va makkajo‘xori o‘simliklarida makkajo‘xorini bo‘yi sof holdagidan qancha sm baland bo‘ladi?
A)1-2 sm B)3-4 sm C)2-6 sm
6.Sug’orish ishlarini oralig’i necha kun bo‘lishi kerak?
A) 2-5 kun B) 5-7 kun C) 10-15kun
7. Makkajo‘xori don uchun ekilganda bir gektariga qancha urug’ sepiladi?
A) 50-60 kg B) 25-40 kg C) 15-20 kg
8.Tuproqni yumshatish ishlari qachon o‘tkaziladi?
A) sug’orishdan oldin B) yomg’irdan keyin C) gullashdan oldin
9. Makkajo‘xori o‘simligi uchun qaysi o‘g’it eng muhim hisoblanadi?
A) kaliy B) azot C) fosfor
10. Sug’orish ishlari kunning qaysi paytida o‘tkazish maqul?
A) kun yarimida B) ertalab C) kunning istalgan vaqtida
Tajribaning ikkinchi bosqichi an’anaviy talim metodida amaliy darsda davom ettirildi. Bunda talabalar ma’ruzada olgan bilimlari mustahkamlandi, va bu savol-javob tarzida o‘tkazildi. Seminar darsidan keyin talabalarga ma’ruza darsidagi test 15 taga to‘ldirilgan shakilda berildi.
Nazorat testi.
1.Soya o‘simligi urug’dan unib chiqqanidan keyin 15- sm bo‘lishi uchun qancha vaqt ketadi?
A) 10-15 kun B) 20-25kun C) 30-35 kun
2. Makkajo‘xori ekilgan chuqurlikdagi harorat qancha bo‘lishi kerak?
A) 10-12 oC B) 15-16 oC C) 7-8 oC
3. Makkajo‘xori ekilgan yer qanchalik chuqurlikda haydalishi kerak?
A) 20-22 sm B) 10-15 sm C) 25-27 sm
4.Soya ekiladigan yer maydonida qator oralig’i qancha bo‘lishi maqul?
A) 60 sm B) 90 sm C) 40 sm
5.Birgalikda ekilgan soya va makkajo‘xori o‘simliklarida makkajo‘xorini bo‘yi qancha baland bo‘ladi?
A) 1-2 sm B) 3-4 sm C) 2-6 sm
6.Sug’orish ishlarini oralig’i necha kun bo‘lishi kerak?
A) 2-5 kun B) 5-7 kun C) 10-15kun
7. Makkajo‘xori don uchun ekilganda bir gektariga qancha urug’ sepiladi?
A) 50-60 kg B) 25-40 kg C) 15-20 kg
8.Tuproqni yumshatish ishlari qachon o‘tkaziladi?
A) sug’orishdan oldin B) yomg’irdan keyin C) gullashdan oldin
9. Makkajo‘xori o‘simliki uchun qaysi o‘g’it eng muhim hisoblanadi?
A) kaliy B) azot C) fosfor
10. Sug’orish ishlari kunning qaysi paytida o‘tkazish maqul?
A) tush paytida B) kunning istalgan paytida C) ertalab
11.Makkajo‘xorini gullash davri ekilgandan nechi kun o‘tib kuzatildi ?
A) 45-50 kun B) 60-70 kun C) 40-45 kun
12.O‘simlikni begona o‘tlardan tozalash qachon o‘tkaziladi?
A) sug’orishdan keyin B) sug’orishdan oldin C) gullashdan keyin
13. Tajriba sifatida ekilgan chuqurlarga qanchadan urug’ solinadi?
A) 4-5 tadan B) 1-2 tadan C) 5-10 tagacha
14. Soya yorug’likka talabiga ko‘ra qanday o‘simlik?
A) soyasevar B) soyaga chidamli C) yorug’sevar
15.Makkajo‘xori o‘simligi uchun noqulay tuproq qaysi?
A)Toshli tuproq B)sho‘r tuproq C) nam tuproq
Testlar maruza matni doirasida tuzilgan bundan tashqari test savollari ichida amaliyotda ko‘rish orqali egallanadigan bilimlardan ham savollar mavjud. Test natijalari olindi va talabalarga oshkor qilinmadi. Test natijasiga ko‘ra guruhlarda talabalarning o‘zlashtirish darajasi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.