Ii bob. Andijon viloyatida ishchi kuchi migratsiyasi holatining tahlili
2-bob — копия
Mehnat va bandlik ko’rsatkichlari
Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi tomonidan 2020 yil sentabr oyida o‘tkazilgan ijtimoiy tadqiqot natijalariga ko‘ra tumanimizda mehnat resurslari soni 80513 nafar, mehnatga layoqatlilar 64983 nafar, iqtisodiyotda bandlar 57426 nafar, iqtisodiy nofaol aholi 15530 nafar, ishga joylashishga muhtoj ishsiz aholi 7558 nafar, ishsizlik darajasi 11,6 %ni tashkil etmoqda. 2020 yil yanvar-dekabr oylari davomida 5341 nafar fuqarolar Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga murojaat qilgan, shundan 4917 nafari (2890 nafar ayollar, 1875 nafar yoshlar) ishga joylashish masalasida murojaat qilgan. Ulardan, 3301 nafari (1833 nafar6i ayollar, 1224 nafar yoshlar) markaz yo‘llanmasi orqali ishga joylangan. Murojaat qilgan ishsiz fuqarolardan 301 nafari ijtimoiy himoyaga olingan. Shundan, 215 nafari (174 nafari ayollar, 169 nafar yoshlar) kasb-hunar o‘rganishga yuborilgan, 86 nafariga mutaxassisligi bo‘yicha maqbul keladigan ish topilmaganligi sababli, ishsizlik nafaqasi tayinlangan, 2089 nafari (795 nafari ayollar, 399 nafar yoshlar) haq to‘lanadigan jamoat ishlariga yuborilgan. Buloqboshi tuman hokimining 28.09.2019 yildagi “2020 yilda ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida”gi 1103-Q-sonli Qaroriga asosan 394 nafar ishsiz fuqarolar ishga joylashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, 2020 yil yanvar-dekabr oyida 355 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlandi. Buloqboshi tumanida tasdiqlangan dasturga asosan 2020 yilda og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollar, ayniqsa yosh xotin qizlarni bandligini ta’minlash dasturiga asosan 57 nafar xotin-qizlarni ish bilan ta’minlanishi belgilangan. Joriy yilning yanvar-dekabr oyida, 57 nafarini bandligi ta’minlandi (35 nafari nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 5 nafari ishga joylashgan va 17 nafari boshqa yo‘nalishlarda). Buloqboshi tumanida ishga joylashmagan mehnat migrantlaridan tuman hududidan Respublikadan tashqariga ish izlab chiqib ketganlar jami 9200 nafar, shundan 1950 nafari ayollar xorijiy va qo‘shni hamdo‘stlik davlatlariga rasmiy va norasmiy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketgan. Chet davlatlariga rasmiy va norasmiy mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chiqib ketgan fuqarolardan 5602 nafari, shundan 1308 nafar ayollar o‘z yashash manzillariga qaytib kelgan. Aholi bandligiga ko‘maklashish markazining o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga biriktirilgan mehnat nozirlari tomonidan har kuni mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda muntazam monitoring o‘tkazib kelinmoqda. Monitoring davomida 5602 nafar qaytib kelgan fuqarolardan hozirda 5097 nafari bandligi aniqlangan. Ulardan 4257 nafari mustaqil ravishda ish bilan band, 839 nafari korxonalarga ishga kirgan. Bandligi ta’minlanmagan 505 nafar fuqarolardan 85 nafari yoshga doir pensiyada, 29 nafari maktab o‘quvchisi, 9 nafari vafot etgan, 370 nafari o‘z ixtiyoriga ko‘ra taklif etilgan ishlarni rad etganligi sababli bandligi ta’minlanmagan. Bundan tashqari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlarida mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda 9 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalari o‘tkazilgan. O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkalarida 517 ta korxona va tashkilotlar 2815 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etgan. Ushbu mehnat yarmarkasida 191 nafar (110 nafar ayollar, 102 nafar yoshlar) ishsiz fuqarolar ishga joylashtirilgan. 2020 yil dekabr oyida 468 nafar, prokuror amaliy yordami bilan 112 nafar (tibbiyot sohasida 14 ta, boshqa sohalarda 98 nafar) fuqarolar ishga joylashgan. 01.01.2021 yil holatiga bo‘sh ish o‘rinlari soni 412 ta. Aholi bandligi ko’rsatkichlari
Download 74,81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |