Reja:
I.Kirish
II.Asosiy qism
1.O’zbekiston turizm sohasini rivojlantirish
2.Turistik firmalarni tashkil etish
3.Turistik firmalarni marketining tadqiqotlari
4.O’zbekistondagi turizmning maxsus turlari geografik ro’yxati
III.Xulosa va takliflar
IV. foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi ham turizm iqtisodiyotini rivojlantirish
imkoniyatlariga ega bo‘lgan davlatlardan biridir. Bunga misol qilib
respublikamizning tabiiy sharoiti, iqlimi, har xil tarixiy-madaniy obidalari, tog‘li
hududlari, manzarali joylarini keltirishimiz mumkin. Vaholanki, Samarqand,
Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlardagi tarixiy yodgorliklarga boy bo‘lgan
mamlakatimizga kelishni rejalashtirib qo‘ygan ko‘pgina yevropaliklarning soni 20
mln.dan ortiqdir. Agar shu sohani yanada yaxshiroq yo‘lga qo‘yib, mehmonxonalar
soni va sifatini, milliy restoranlar va ovqatlar turini ko‘paytirib sifatli xizmat
ko‘rsatish to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilsa, O‘zbekiston kelajakda turizm orqali yuqori
daromad oladigan mamlakatlar safiga qo‘shiladi. Haqiqatdan ham turizm
infratuzilmasini rivojlantirish mamlakat iqtisodiyoti va madaniyatida g‘oyat muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan, uni o‘rganish, izlanish va undan samarali foydalanish
jamiyat oldidagi zarur bo‘lgan vazifalardan biridir. Bu sohaning rivojlanishi bozor
iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning barcha bo‘g‘inlariga tatbiq qilinayotgan
islohotlarni qo‘llash bilan bevosita bog‘liqdir. Iqtisodiyotda turizm muammolari eng
kam o‘rganilgan yo‘nalish bo‘lib, bu sohaning qay turlariga e’tibor berish, sayohat
qiluvchilar uchun ularning xohish irodasini bilish, eng foydali va qulay
oshxonalarga chorlash, xavfsizligini ta’minlash, talablarini qondirish va yana
boshqa ko‘plab turlarini bilish servis xizmati vazifasiga kiradi. O‘zbekistonda
turizm iqtsodiyotini rivojlantirishdan asosiy maqsad jamiyat ehtiyojlarini qondirish,
xizmat ko‘rsatish sifati va hajmini kengaytirgan holda dunyo standartlari darajasida
bozor iqtisodiyoti modelining turizmga kirib kelishini ta’minlashdir. Jamiyat
ehtiyoji turistlar talabini ichki va tashqi turizm xizmatlarini qondirish, shu bilan
xizmat importi va eksportiga bo‘lgan xalqaro talabni o‘rganish, aholining ekskursiya
xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga bog‘liq. Yuqorida bayon qilinganlardan
xulosa qilib quyidagi takliflar bayonini keltiramiz:
- respublika turizmida resurslarning samarali ishlatilishi uchun kichik va xususiy
tadbirkorlikni keng avj oldirish;
- zamonaviy turistik komplekslar bunyod etish, ularni xalqaro andozalarga moslash,
xorijiy sarmoyalarni jalb qilish;
- yirik xorijiy turfirmalar bilan barcha turistik xizmat ko‘rsatishning yangi
shakllarini tashkil qilish;
- jahon turistlarining talabini o‘rgangan holda milliy taomlar tayyorlashni yo‘lga
qo‘yish;
- yuqori malakali menejer, barmenlar va malakali xodimlarni tayyorlash va qayta
tayyorlovni yo‘lga qo‘yish;
-O‘zbekistonda turizm infratuzilmasining rivojlanishida milliy xususiyat, milliy
an’analarni e’tiborga olgan holda reklama va targ‘ibot ishlarini yaxshi yo‘lga
qo‘yish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida turizm sohasi monitar boshqarish modeli
moliyalashtirishning shakllanishiga asoslangan. Bunday boshqaruv turistik
mahsulotning o‘sishiga olib keladi. Ko‘pgina davlatlar uchun 30% chet el valyutasi
umumiy tushumidan xizmat ko‘rsatish faoliyatini ta’minlayapti. Turizm sohasida
markazlashgan modeldan bozor monetar modeliga o‘tish uchun birinchi bosqichda
ichki va tashqi turizmda tizimlar yordamida chuqurlashtirish va makro darajada
o‘zgarishlar qilish kerak. Ikkinchi bosqichda milliy-tarixiy ob’yektlarni qayta
tiklashni, servis xizmatini yaxshilashni ko‘zda tutish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |