-Korxona faoliyatining asosiy turlarini tanlash
-Biznesni joylashtirish o‘rnini (geografiyasini) tanlash
-Turistik mahsulotni o‘tkazish bozorini tatqiq etish
-Raqobat muhitini tahlil qilish
-Marketingni rejalashtirish
-Ishlab chiqarishni rejalashtirish va turistik mahsulotning sifatini nazorat qilish
-Xodimlarni ishini rejalashtirish
-Yuridik rejalashtirish
-Tavakkallarni boshqarish
-Moliyaviy rejalashtirish
-Invest. Rejalashtirish
1. Korxona faoliyatining asosiy turlarini tanlash. Bu bosqichda quyidagi
tavsiyalarga amal qilish zarur:
-faoliyatning yondosh turlarini nazarda tutish, ya’ni ko‘pincha tadbirkorga bog‘liq
bo‘lmagan turli sabalarga ko‘ra (millatlararo nizolar, soliq siyosati, bojxona
poshlinalari, transport tariflarining o‘zgarishi, inflyatsiya darajasi va sh.k.) kelib
chiqqan moliyaviy tavakkallar ehtimolini kamaytirish uchun turistik biznesni
diversifikatsiya qilish;
-asosiy va qo‘shimcha faoliyatning uzoq muddatga ustuvor bo‘ladigan, milliy,
mintaqaviy yoki mahalliy darajada ma’lum soliq imtiyozlariga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlarini tanlab olish, ya’ni avval-boshdan biznes rejaga barqarorlashtiruvchi omillar va bankrotlikning oldini oluvchi tadbirlarni kiritish.
2. Biznesni joylashtirish o‘rnini (geografiyasini) tanlash. Agar firmaning asosiy
faoliyati faqat ichki sayohat turlarini amalga oshirishni nazarda tutadigan bo‘lsa, u
holda turistlarni qabul qilish-jo‘natish rayonini aniqlab olish zarur. Xalqaro turizmni amalga oshirishda faoliyat joyi (mamlakat, mintaqa), turistik mahsulotni
o‘tkazishning xalqaro bozorlari tanlab olinadi.
3. Tanlab olingan mintaqalarning raqobatbardoshligini baholash
maqsadida turistik mahsulotni o‘tkazish bozorini tadqiq etish, ularda biznes borasida o‘z segmentini va yillar, mavsumlar, oylar bo‘yicha kelajakda bozorning maksimal sig‘imini aniqlab olish. Bu bosqichda shuningdek daromadlarning kelgusi manbalari bashorat qilinadi.
4. Raqobat muhitini tahlil qilish. Statistik ma’lumotlar (tanlab olingan
mintaqada harakat qilayotgan firmalar soni, ularning turistik mahsulotlari ralizatsiya qilinishinin hajmi, narx omillari) tadqiq qilinadi, o‘z mahsuloti va raqobatchilarning o‘xshash mahsuloti o‘rtasidagi farq aniqlanadi.
Raqobat muhiti tahlil qilingandan so‘ng quyidagi uchta qarordan biri qabul
qilinadi:
mazkur mintaqaning bozoridan ketish;
o‘z segmenti»ni egallab olish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish;
turistik tovarlar va xizmatlarning raqobatdan tashqari to‘plamini ishlab
chiqish va amalga oshirish.
5. Marketing rejalashtirishi. Unga quyidagi tashkil qiluvchilar kiritiladi: turistik
mahsulotni realizatsiya qilish texnologiyasi, sotuvlarni rag‘batlantirish usullari,
narxni tashkil qilish, reklama tadbirlari, sotuvdan keyin mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlar, firma haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish.
6. Ishlab chiqarishni rejalashtirish va turistik mahsulotning sifatini nazorat
qilish. Bu bosqichda quyidagilar rejalashtiriladi: tur (sayr)larni tayyorlash va ularni
metodik ta’minlash, vaucherlarni ishlab chiqish, turistlarni sug‘urta qilishni
ta’minlash, shartnomaviy hujjatlarni tayyorlash, shuningdek, taqdim etilayotgan
xizmatlarning sifatini ta’minlash va nazorat qilishni ta’minlash tizimini ishlab
chiqish, litsenziya olish uchun hujjatlar paketini tuzish va b.
7. Xodimlarning ishini rejalashtirish. Shtatlarni shakllantirish va xodimlarni
boshqarish jarayoni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: firmaning bo‘linmalari bo‘yicha
xodimlarning kerakli miqdorini hisoblab chiqish; shtatlar jadvali, malaka talablari
va lavozim bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni tuzish; mehnatga haq to‘lash turlarini, yollash
tizimini, firma ishining reglamentini (jadvalini) va uning ustavini asoslash;
Xodimlar faoliyatini rejalashtirish korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli va tipi, uning mulkchilik shakli va xodimlarni tavsiflovchi boshqa omillar bilan belgilanadi.
Firma ish boshlagan ilk bosqichda shtatdagi xodimlar soni eng kam darajada
bo‘lishi zarur. Bu davrda malakali xodimlar haqidagi ma’lumotlar bazasidan
foydalanish tavsiya qilinadi, ular kontrakt asosida jalb qilinishi mumkin (gidlar,
ekskursovodlar, transport vositalarining haydovchilari, guruhlar rahbarlari va b.).
Ishga yollashda tegishli sohada faoliyat ko‘rsatishga litsenziya borligiga e’tibor
qaratish lozim.
8. Yuridik rejalashtirish. Bu bosqich yirik turistik korxonalarning biznes-rejasini
ishlab chiqishda bo‘ladi. Rejalashtirishning bu turi quyidagilarni asoslab beradi:
mulkchilik shakli, huquqiy maqom, bo‘ysunuv sxemasi, xo‘jalik faoliyatiga
ma’muriy aralashish chegarasi, korxona (firma)ning tashkiliy-huquqiy shakli. Bu
yerda shuningdek xo‘jalik shartnomalari, kontraktlar, bitimlar va boshqa zarur
hujjatlarning turlari ishlab chiqiladi. Firmaning yuridik xizmati ma’muriyat,
texnologik va moliyaviy xizmatlar bilan birga bosh kadrlar blokiga kiradi.
9. Tavakkallarni boshqarish. U o‘z ichiga oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan va
salbiy omillarning oldini olish va bashorat qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni oladi.
Bu omillarga quyidagilar kiradi: bankrotlik xavfi; soliq xizmati, sanitariyaepidemiologiya nazorati, davlat avtomobil nazorati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki tuzilmalari, xo‘jalik sudi, mahalliy organlarning sanktsiyalari; shartnomalar, kontraktlar va bitimlar bo‘yicha penyalar, jarimalar, neustoykalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |