Ii. Asosiy qism O’zbekiston turizm sohasini rivojlantirish


Turistik firmalarni tashkil etish



Download 71,67 Kb.
bet4/12
Sana23.07.2022
Hajmi71,67 Kb.
#843664
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Kurs ishi Sobirova Zilola

2.Turistik firmalarni tashkil etish.
Turizm sohasi bozor tizimidagi boshqa har qanday iqtisodiyot tarmog‘i kabi
alohida segment hisoblanadi. Shuning uchun ham turizm faoliyatini talab va taklif
omillarining o‘zaro bog‘liq tizim sifatida ko‘rib chiqish nihoyatda muhim ahamiyat
kasb etadi. Ma’umki, talab va taklif omillari bozor munosabatlari sharoitida xususiy mulkchilik munosabatlarini har jihatdan rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy tayanch hisoblanishadi. Har qanday mamlakatdagi turistik xizmatlar bozorida
xususiy turistik firmalar mavjud talab va ehtiyojlarni atroflicha hisobga olmay turib, o‘z xizmatlari taklifini kutilganidek amalga oshirisha olmaydi. Ko‘rinib turganidek, xususiy turistik firmalar bozordagi talab va taklif omillarini to‘liq hisobga olgan holda harakat qilganda, ularning respublika turizm iqtisodiyotiga ijobiy ta’siri bo‘lishi mumkin. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, biz xususiy turistik firmalarning turizm iqtisodiyotini rivojlantirishda tutgan o‘rni to‘g‘risida to‘xtalib o‘tishdan oldin talab va taklif omillari xususida ayrim fikr va mulohazalarimizni bildirib o‘tmoqchimiz. Talab omillari o‘zida asosan xalqaro (hududiy) va ichki (milliy) turistik bozorlarni namoyon etadi. Bunday bozorlarda chet ellik sayyohlar bilan birgalikda mahalliy aholi ham turistik diqqatga sazovor joylar, ob’yektlar va turistik xizmatlardan keng miqyosda foydalanishadi. Taklif omillari bo‘lsa o‘z ichiga chet ellik sayyohlarni jalb etishi mumkin bo‘lgan turistik diqqatga sazovorliklar va turli xil faoliyat turlari (milliy hunarmandchilik, musiqa va mahalliy xalq urf-odatlari-yu marosimlari), mamlakatga tashrif buyurgan
sayyohlarni joylashtirish vositalari, shuningdek boshqa turistik ob’yektlar va
xizmatlarni oladi. Shu o‘rinda shuni ta’kidlab o‘tish joizki, turizm sohasidagi
ekspert mutaxassislarning ta’kidlashlaricha diqqatga sazovorliklar deganda tematik
xiyobonlar, hayvonot bog‘lari, botanika bog‘lar va akvariumlar kabi tabiiy, madaniy va maxsus ob’yektlar, shuningdek ushbu ob’yektlar bilan bog‘liq bo‘lgan barcha faoliyat turlari tushuniladi. Xalqaro turizm tashkiloti (XTT) tasnifiga muvofiq ravishda tashrif buyurgan sayyohlarni joylashtirish vositalariga turli xil shakldagi mehmonxonalar, motellar, mehmonxona tipidagi uylar, shaxsiy xonadonlar va boshqa turdagi turistlar to‘xtaydigan ob’yektlar tegishli bo‘ladi. Umuman olganda barcha turistik xizmatlar va ob’yektlardan samarali foydalanish uchun zamon talablariga to‘liq javob bera oladigan turizm nfratuzilmasini shakllantirish talab etiladi. Bunday infratuzilma o‘z ichiga transport (havo transporti, avtomobil yo‘llari transporti, temir yo‘l transporti, suv transporti va boshqalar) xizmatini, suv va elektr ta’minoti, kanalizatsiya va telekommunikatsiya kabi sohalarni qamrab olishi kerak. Hozirgi kunga kelib, dunyodagi ko‘plab mamlakatlar o‘zlarining turizmni rivojlantirish bo‘yicha strategiyalarida sanitar-ekologik omilga ham infratuzilma rivojini ta’minlovchi omil sifatida baho berishmoqda. Chunki, zamonaviy turizmni atrof-muhitning muhofazalanishi va ekologik tozaliksiz tasavvur etish qiyin. Ana shunday jihatlarga ega infratuzilmaning jahon andozalariga mos ravishda rivojlanishi, ya’ni turistlarga imkon qadar sifatli xizmat ko‘rsatishning tashkil etilishi har jihatdan xususiy firmalarning samarali faoliyat ko‘rsatishiga bog‘liq bo‘ladi. Ekspert mutaxassislarning baholashlaricha barcha talab va taklif omillari turistik mahsulotni shakllantiradi. Rejalashtirishsiz turistik biznes olib boorish samarasiz boshqaruv qarorlari qabul qilishga, buning natijasida esa – norentabel faoliyatga olib keladi. Reja tufayli kutilayotgan natijalar baholanadi, ularga erishish
strategiyasi aniqlanadi, tadbirkorlik tavakkalining xususiyati va hajmi to‘g‘ri va o‘z vaqtida belgilab olinadi. Reja firmani rivojlantirish va uning bozordagi barqarorligi, shuningdek firmaga rahbarlik qilish imkoniyatlarini tavsiflaydi. Firma ichidagi rejalashtirish biznes-reja ishlab chiqilishini nazarda tutadi. Bu hujjat firma
faoliyatining asosiy tomonlarini kompleks tadqiq qilish natijasi bo‘lib, tadbirkorning o‘z ishini tashkil qilishi uchun ish quroli hisoblanadi. Biznes-reja ham firma ichidagi, ham undan tashqaridagi rivojlanish istiqbollarini baholaydi. U sheriklar ham muassislar qo‘llab-quvvatlashi mumkin bo‘lgan qarorlar qabul qilish uchun kerak. Ushbu hujjat asosida hayotiy muhim masalalar - foydani taqsimlash,
dividendlar to‘lash, ishlab chiqarishning tashkiliy tuzilmalarini takomillashtirish,
sheriklar bilan munosabatlarning xususiyatlarini o‘zgartirish kabilar hal qilinadi.
Biznes-reja firma xodimlari uchun ham muhim rol o‘ynaydi, firma xodimlarining
ushbu rejani amalga oshirish ustidagi ishonchli mehnati ish yuritishning muhim
shartidir. U, shuningdek, tadbirkorlik loyihasini ivestitsiyalashga qodir bo‘lgan
tashqi iste’molchilarning ba’zi toifalari uchun ham mo‘ljallangan hujjat hisoblanadi.
Investorlar, ayniqsa, rejaning sifatiga, uni tashkil qiluvchi tarkibiy qismlarning
sinchiklab ishlab chiqilganligi va biri-biri bilan bog‘liqligiga juda katta talab bilan
munosabatda bo‘ladilar. Biznes reja bulardan tashqari quyidagi vazifalarni ham hal
qilishga imkon beradi: -firmani rivojlantirishning ehtimol tutilgan yo‘nalishlari
(kontseptsiyalar, loyihalar) iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini asoslash;
-faoliyatning kutilayotgan moliyaviy natijalarini, birinchi navbatda, turistik
mahsulotni sotish, foyda olish, qo‘yilgan kapital keltiradigan daromadni aniqlash:
firma tanlagan strategiyani mablag‘ bilan ta’minlash manbalarini, ya’ni pul
resurslarining jamlanishi usullarini aniqlash. Biznes-rejani yaratishda turli soha
mutaxssislari ishtirok etishadi. Firma miqyosi va moliyaviy ahvolidan kelib chiqib,
hujjatni yo uning xodimlari yoki ixtisoslashgan agentliklar ishlab chiqadi. Yirik
turistik korxonalar, qoida tariqasida, shtatsiz maslahatchilarni jalb qilgan holda o‘z
mutaxassislari va ekspertlardan guruhlar shakllantiradi. Firma rahbarining biznesreja tuzishdagi ishtiroki majburiy (u yoki bu darajada), chunki aynan u tayyorlangan hujjatni tashqi iste’molchilar va potentsial investorlarga, ularning qo‘llab quvvatlashlariga erishish va zarur kreditlarni olish maqsadida taqdim etadi. Bu ishtirok rejani ishlab chiqish jarayoniga bevosita rahbarlik qilishda ham, eng dolzarb va foydali vazifalarni qo‘yishda, rejaning tuzilishi va asosiy bo‘limlarini
shakllantirishda, uning bajarilishini umumiy nazorat qilishda ham namoyon bo‘ladi.Kichik loyihaning biznes-rejasini tadbirkorning o‘zi mutaxassisis-iqtisodchini jalb qilgan holda tayyorlashi mumkin. Bu mutaxassis bozordagi istiqbol va talabni tez va malakali baholaydi, rejaning moliyaviy ko‘rsatkichlari bir-biriga bog‘liq bo‘lishini amalga oshiradi, uning umumiy moliyaviy bahosini chiqaradi. Kattaroq loyihalar injener xodimlarning ishtirokini talab qiladi, chunki iqtisodchi har doim ham texnik yoki texnologik muammolarni to‘g‘ri echishga qodir emas. Yirik biznes-reja ishlab chiqishda (masalan, milliy yoki mintaqaviy darajada turizmni rivojlantirishni rejalashtirishda) odatda quyidagilar qatnashadilar: tarmoq iqtisodi bo‘yicha mutaxassis (rahbar sifatida), injener, infrastruktura bo‘yicha texnolog yoki mexanik, zarurat tug‘ilganda – injener-quruvchi. Biznes-reja doimiy amal qiluvchi hujat hisoblanadi. Biznes rejaga uni amalga oshirishda yuzaga kelgan ob’ektiv sharoitlardan kelib chiqib tuzatishlar kiritilishi mumkin. U mo‘ljallanayotgan muddatlar butun loyihani yoki uning alohida qismlarini amalga oshirish davomiyligiga bog‘liq va odatda bir yildan besh yilgacha muddatga tuziladi. Bunda loyihani amalga oshirishning har bir joriy yilini oy yoki chorak bo‘yicha bo‘lib rejalashtirish tavsiya qilinadi. Biznes-reja ishlab chiqilishining qiymati uning murakkabligi, dastlabki tadqiqotlarning aniqligi, zarur axborotlar hajmi va boshqa shakllantiruvchi ko‘rsatkichlardan kelib chiqib belgilanadi. Bunday qiymatning umum tomonidan tan olingan me’yorlari yo‘q, shuning uchun hujjatning narxi buyurtmachi va bajaruvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomadan kelib chiqib o‘rnatiladi.
Turistik korxonaning biznes-rejasi:

Download 71,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish