Tuman(shahar) hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari
Quyidagilar tuman(shahar) hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish va ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirish dasturlari hamda tuman(shahar) byudjeti loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazorat qilish;
- tuman(shahar) byudjeti ijrosini ta'minlash borasida barcha iqtisodiy masalalar faoliyatini muvofiqlashtirish;
- mahalliy soliqlar va boshqa yig'imlar hajmini belgilash, narx-navo siyosati, hududni kompleks rivojlantirish, aholini ijtimoiy himoya qilish bo'yicha mavjud qonun va hukumat qarorlarining bajarilishini ta'minlash;
- tuman(shahar)ni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahsulotlar eksporti hamda pul-kredit muomalasi masalalari bilan shug'ullanish;
- tuman(shahar)da Davlat tilini amalga oshirish, toponimik, muruvvat yordamlarini qabul qilish, taqsimlash va favqulodda epidemiyaga qarshi kurash ishlarini muvofiqlashtirish;
Madaniy meros ob'ektlarini saqlash masalalarida tegishli mahalliy hokimiyat organlari, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning birgalikdagi harakatini ta'minlaydi;
Tuman(shahar)da «Haj» va «Umra» tadbirlarni tashkil etish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
- milliy va davlat bayramlarini o'tkazishni tashkil etish.
Tuman(shahar)da moliya, bank, soliq, statistika, ijtimoiy ta'minot, bandlik, sug'urta va savdo tashkilotlari, xalq ta'limi, fan, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, sog'liqni saqlash, madaniyat, matbuot, jismoniy tarbiya, sport, turizm va din sohalari majmuiga hamda tegishli shahar komissiyalari faoliyatiga rahbarlik qiladi.
Quyidagi tuman(shahar) tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi:
- tuman(shahar) iqtisodiyot bo'limi;
- tuman(shahar) Davlat soliq inspeksiyasi;
- tuman(shahar) hokimligi moliya bo'limi;
- tuman(shahar) hokimligi xalq ta'limi bo'limi;
- tuman(shahar) tibbiyot birlashmasi;
- tuman(shahar) hokimligi madaniyat va sport ishlari bo'limi;
- tuman(shahar) Faznachilik bo'limi;
- Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi tuman(shahar) bo'limi;
- respublika tijorat banklari tuman(shahar) bo'limlari;
- tuman(shahar) bandlikka ko'maklashi va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi;
- Sug'urta kompaniyalarning tuman(shahar) bo'limlari
- tuman(shahar) statistika bo'limi;
- tuman(shahar) tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati;
- tuman(shahar)dagi barcha dehqon va buyum bozorlari;
- tuman(shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi;
- tuman(shahar) veterenariya xizmati;
- tuman(shahar) pochta aloqa tarmog'i;
- tuman(shahar) ilmiy muassasalari va oliy va o'rta-maxsus o'quv yurtlari;
- tuman(shahar)dagi barcha turdagi sport federasiyalari;
- tuman(shahar) imom xatibligi;
- barcha diniy tashkilotlar;
- “Ma'naviyat targ'ibot markazi” tuman(shahar) bo'limi;
- Nogironlar jamiyati tuman(shahar) bo'limi;
- “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati tuman(shahar) bo'limi Kengashi;
- “Vatanparvar” tashkiloti tuman(shahar) bo'limi;
- “Nuroniy” jamg'armasi tuman(shahar) bo'limi Kengashi;
- Oqsoqollar Kengashi va “Mahalla” jamg'armasi tuman(shahar) bo'limi;
- tuman(shahar) iste'molchilar xuquqlarini himoya qilish jamiyati;
- Baynalminal jangchilar uyushmasi;
- tuman(shahar)dagi barcha ziyoratgohlar.
tuman(shahar)da nashr etiladigan barcha ommaviy axborot vositalari, radio-televidenielar tahririyatlari;
- “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi tuman(shahar) bo'limi;
- tuman(shahar)dagi barcha muzey va axborot-resurs markazlari.
Belgilangan tartibda o'ziga tegishli kotibiyat xodimlari o'rtasida vazifalar taqsimotini tasdiqlaydi.
O'z funksional vazifalari taqsimlanishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlari, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi hamda xalq deputatlari shahar Kengashi va shahar hokimining qaror va farmoyishlari ijrosini tashkil etish va nazorati bilan shug'ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |