Quyidagi shahar tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi:
- tuman(shahar) prokuraturasi;
- tuman(shahar) ichki ishlar boshqarmasi;
- jinoyat ishlari bo'yicha tuman(shahar) sudi;
- fuqarolik ishlari bo'yicha tuman(shahar) sudi;
-O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta'minlash departamentining tuman(shahar) hududiy boshqarmasi;
- tuman(shahar) Davlat soliq inspeksiyasi;
-O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining tuman(shahar) hududiy boshqarmasi;
- tuman(shahar) favqulodda vaziyatlar bo'limi;
- tuman(shahar) mudofaa ishlari bo'limi,
- voyaga etmaganlar ishlari bo'yicha tuman(shahar) komissiyasiga raislik qiladi;
- tuman(shahar) hokimligi huzuridagi narkotik moddalarini nazorat qilish bo'yicha mintaqaviy komissiyaga raislik qiladi;
-odam savdosiga qarshi kurashish bo'yicha tuman(shahar) idoralararo komissiyasiga raislik qiladi.
Tuman(shahar) hokimining kapital qurilish, industriya, investisiya, kommunikasiya, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish bo'yicha
birinchi o'rinbosari
Quyidagilar tuman(shahar) hokimining kapital qurilish, industriya, investisiya, kommunikasiya, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- sanoatni rivojlantirish, xom-ashyo bilan ta'minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, qo'shma va kichik korxonalar tashkil etish, bu borada xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar o'rnatish;
- xalq hunarmandchiligining rivojiga keng yo'l ochib berish, qurilish, maishiy va pullik xizmat ko'rsatish hamda qishloq infrastrukturasi va investisiya dasturlarining bajarilishini ta'minlash;
- kommunal xizmat ko'rsatish sohasida amalda oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va bu soha korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
- shaharda mahalliylashtirish dasturi ijrosini ta'minlash va shahar iqtisodiyotiga chet el sarmoyalari kiritilishini tashkil etish.
Tuman(shahar) hokimining kapital qurilish, industriya, investisiya, kommunikasiya, kommunal xo'jalik va obodonlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari sanoat korxonalari, tadbirkorlik, kichik va o'rta biznes sub'ektlari, qurilish birlashmalari, kompaniyalari, ixtisoslashgan qurilish-montaj va loyihalash tashkilotlari, kommunikasiya, transport, aloqa, yoqilg'i, energetika ta'minoti tashkilotlari, obodonlashtirish tashkilotlari, maishiy xizmat, davlat ulushi mavjud bo'lgan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda o'ziga tegishli shahar komissiyalariga bevosita rahbarlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |