Ii. Amaliy topshiriq Ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gaplarga aylantiring


QO`SHMA GAP TURLARINING MA’NODOSHLIGI



Download 52,14 Kb.
bet32/36
Sana04.02.2022
Hajmi52,14 Kb.
#431006
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
Bog'liq
Ataboyeva Sharofat

QO`SHMA GAP TURLARINING MA’NODOSHLIGI

Zidlik, sabab, shart, payt munosabatlari bog`lovchisiz, bog`langan va ergash gapli qo`shma gaplar bilan ham ifodalanishi mumkin shunga ko`ra ular bir-biriga ma’nodosh bo`la oladi. Masalan:



Bir kishi ariq ochadi, ming kishi suv ichadi. – bog`lovchisiz qo`shma gap

Bir kishi ariq ochadi va ming kishi suv ichadi. – bog`langan qo`shma gap

Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi. – ergashgan qo`shma gap.

Ko‘chirma gapli qurilmalarni o‘zlashtirma gapga aylantirishning o‘ziga xos xususiyatlari


Ko`chirma gap o`zlashtirilma gapga aylantirilganda, ko`chirma gapli qo`shma gap sodda gap shaklini oladi. Haydarov otadan so`radi: «Qayergacha quvib bordingiz?» - Haydarov otadan qayergacha quvib borganligini so`radi.

Ko`chirma gap quyidagi shakliy o`zgarishlar bilan o`zlashtirma gapga aylanadi:


  • darak gap shaklidagi ko`chirma gap kesimi tushum kelishigidagi sifatdosh yoki harakat nomi bilan ifodalangan to`ldiruvchiga aylanadi: «Qo`li gullar cho`lni bo`ston etar», - dedi bobom. – Bobom qo`li gullar cho`lni bo`ston etishini aytdi.


  • ko`chirma gapning egasi o`zlashtirma gapda qaratqich aniqlovchiga aylanadi: Bola dedi: «O`zim ham boshqa mamlakatdan kelib qolganman». – Bola o`zining boshqa mamlakatdan kelib qolganligini aytdi.


  • muallif gapining kesimi – dedi - o`zlashtirma gapda – aytdi – so`zi bilan almashtiriladi: «Kitob – aqlning kaliti», - dedi o`qituvchimiz. – O`qituvchimiz kitobning aql kaliti ekanligini aytdi.


  • muallif gapining egasi ko`chirma gap egasi bo`lib, gap boshida keladi: «Asli ismim Akramjon», - dedi yigit. – Yigit asli ismi Akramjon ekanligini aytdi.


  • so`roq, buyruq shaklidagi ko`chirma gaplar o`zlashtirma gapda darak gapga aylanadi: O`ktam so`radi: «Qanday yangiliklar bor?» - O`ktam qanday yangiliklar borligini so`radi.


  • ko`chirma gap tarkibidagi undalma o`zlashtirma gapda chiqish kelishigi shaklidagi to`ldiruvchiga aylantiriladi: «Nodira, bugun biznikiga kelmaysanmi?» - deb so`radi Fotima. – Fotima Nodiradan bugun ularnikiga kelishini so`radi.


  • ko`chirma gap tarkibidagi undov, kirish so`zlar tushirib qoldiriladi: «Etib keldik, shekilli», - dedi Ochil. – Ochil yetib kelishganini aytdi.



  • Nutq jarayonida so'zlovchi o‘zi bevosita kuzatgan, bilgan voqea va hodisalar haqida axborot beribgina qolmasdan, o3zgalardan eshitgan voqea-hodisalarni ham bayon qiladi. Ko‘pincha so‘zlovchi nutq jarayonida o‘z fikrini dalillash uchun buyuk shaxslaming gaplarini aynan keltiradi. Yoki ma’lum shaxs xarakterini ochish uchun shu shaxs bayon qilgan gaplardan foydalanadi. Bunday gaplar o‘zganing gapi sanaladi.

    Ba’zan о zganing gapi aynan keltirilsa, ba’zan u so‘zlovchi tomonidan shaklan qayta tuzilib, o‘zining gapi shaklida beriladi. O'zganing gapidan ikki xil yo‘l bilan foydalaniladi: 1) o'zganing gapi hech o‘zgarishsiz nutqqa tayyor holda olib kiriladi; 2) o‘zga gapning mazmuni saqlangan, ammo shakli o‘zgartirilgan holda nutqqa olib kiriladi. Ularning birinchisi ko'chirma, ikkinchisi o'zlashtirma gap sanaladi.


  • Download 52,14 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish