1.Bog’langan qo’shma gap berilgan qatorni aniqlang
A) Mashrab shuni yaxshi biladiki , o’rtog’I uni aldamaydi
B) Yo yerning kuchi yo’q , yo urug’ yaxshi emas
C) Bu uyda na Ashirdan , na Soatdan – hech kimdan darak yo’q
D) Kun issiq edi , shuning uchun soyada bir oz dam olishni xohladik
2. Rustam supaga joy qildirib berdi-da , o’zi qayyoqqadir ketdi. Ushbu bog’langan qo’shma gapning qismlari qaysi bog’lovchi vosita yordamida bog’langan?
A) Biriktiruv bog’lovchisi yordamida
B) Ohang yordamida
C) Yuklamalar yordamida
D) Shart mayli qo’shimchasi yordamida
3.Bog’langan qo’shma gaplar qismlari o’zaro qaysi bog’lovchi vositalar yordamida birikadi?
A) Teng boglovchilar , ohang
B) Teng bog’lovchilar, bo’lsa , esa so’zlari , yuklamalar
C) Bo’lsa , esa so’zlari , yuklamalar
D) Shart mayli qo’shimchasi, deb so’zi, teng bog’lovchilar
4. Biriktiruv bog’lovchilari qanday munosabatda bo’lgan qo’shma gap qismlarini bog’laydi?
A) Payt , sabab- natija
B) Shart , payt
C) Zid va qiyoslash
D) O’xshatish va qiyoslash
5. Anor so’zlar va Zaynab qalbi Tol bargiday dir-dir qaltirar… Berilgan gapda qismlar o’rtasida qanday munosabat ifodalangan?
A) Payt , ketma-ketlik
B) Sabab-natija
C) O’xshatish – qiyoslash
D) O’zaro zid munosabat
Do'stlaringiz bilan baham: |