I.Nazariy savollar
1. Ergashgan (ergash gapli) qo‘shma gap va uning turlari
2. Ko‘chirma gapli qurilmalarni o‘zlashtirma gapga aylantirishning o‘ziga xos xususiyatlari
II. Amaliy topshiriq
1. Ko’chirma gaplarni o’zlashtirma gaplarga aylantiring.
1. – Bu kun xalq juda ko’p, - dedi yosh kotib. (O.) 2. – Kelib xo’p yaxshi ish qildingiz-da, - dedi rais xayrlasharkan, - bizni umidvor qilib ketyapsiz, do’stim. (J.Abd.) 3. Alibek yelka qisib: - Men nima qilishim mumkin? – dedi.(P.Q.) 4. Muzaffar to’satdan dir-dir titray boshlagan qo’llarini orqasiga yashirib: - Nimaga shama qilyapsan, tushunmadim, Rasul? – deb so’radi.(O.Yo.) 5. Teshaboy boyagi dag’dag’a bilan emas, ancha past zaif tovush bilan: - Arzinglar bo’lsa, hokimga borib aytinglar, - dedi. (M.Ism.)
Do'stlaringiz bilan baham: |