TTA ajraladigan chiqindilar miqdorini
va sifatini tekshirish
TTAdan ajralayotgan chiqindilar tarkibi bir xil emas. Ularni tarkibida
xas-cho‘plar, yong’oqchalar (oreshki), kalta tolalar, chigit qobiqlari yopishgan tolalar, tosh va h.k.lar bo‘ladi. Ularni sifatini aniqlash ancha qiyin masala. Shu sababli agregatdan ajralayotgan chiqindilarni hammasi tekshiriladi.
To‘qimachilik korxonalarida 7% dan 30% gacha paxta tolali chiqindilar yuzaga keladi. Past chiziqiy zichlikka ega bo‘lgan qayta taralgan ip yigiradigan korxonalarda eng ko‘p miqdordagi chiqindilar paydo bo‘lib, umumiy hajmdagi yigiruvbop chiqindilarning 80-90 foizini tashkil etadi.
Agarda chiqindini miqdorini aniqlash kerak bo‘lsa, (sifat ko‘rsatkichlariga ahamiyat berilmagan holda) mashinani 1 soat ishlatib aniqlanadi. Bunda mashinaga kiritilayotgan komponentlar miqdori to‘g‘riligiga e’tibor berish kerak. Buning uchun mashinadagi chiqindilar tozalanib, ajralmas chiqindini olish oson bo‘lishi uchun chiqindilar bo‘lmasiga qalin qog‘oz solinadi, so‘ngra mashinani ishga tushiramiz. 1 soat o‘tgach (tushlik tanaffus vaqtida) chiqindilar olinib, 0,5% aniqlikda tortiladi. Chiqindilar miqdorini aniqlayotganda ishlab chiqarilgan hamma xolstlarni (braklari ham) miqdori hisobga olinadi.
Tekshirilayotgan agregatdagi hamma mashinalardan ajralayotgan chiqindilar va xolstlar og‘irligini qo‘shib, 100% deb olamiz, yoki ishlab chiqarishga kiritilgan paxta tolasini umumiy miqdori deb olamiz.
Chiqindi ajratish miqdori (выход угаров) har bir mashinadagi chiqindilar miqdorini ishlab chiqarishga kiritilgan paxta tolasi miqdoriga bo‘lib, 100 ga ko‘paytirsak, shu mashinani chiqindi ajratish miqdori aniqlangan bo‘ladi.
(1.25)
bu yerda: X-ishlab chiqarishga kiritilgan paxta tolasini miqdori; U-ma’lum bir mashinani ajratgan chiqindisi miqdori.
Misol. 20 ta xolst 320 kg. chiqindi 6,4 kg. V=2%.
bu yerda: X-ishlab chiqarishga kiritilgan paxta tolasini miqdori; U-ma’lum bir mashinani ajratgan chiqindisi miqdori.
Yuqorida keltirilgan (7) formula ko‘p mehnat talab etganligi uchun bevosita hozirgi kunda patok tizimida agregatlashtirilgan mashinalarda paxta og‘irligini quyidagicha aniqlanadi (8).
Toydan boshlab taralgan piltagacha jarayonlarni 1 soat ishlatib taralgan piltani x, deb agregat tarkibidagi mashinalardan ajralgan chiqindilarni u deb hamda agregat tizimida biriktirilgan barcha tarash mashinasidan ajralgan chiqindilarni u’ deb olamiz va chiqindi miqdori quyidagi (1.26) formula bilan aniqlanadi.
(1.26)
Paxta tolasining tozalash samaradorligini aniqlaymiz
TTA tarkibidagi ishlayotgan bitta mashina uchun tolali mahsulotni tozalash samaradorligi quyidagi (1.27) formula bilan aniqlanadi [8].
(1.27)
Bu yerda: Ssh – 1 tonna aralashmaga ishlov berilganda ajralgan chiqindilar tarkibida mavjud qattiq iflosliklar va xas cho‘plar, kg.
SB -1 tonna aralashma tarkibidagi qattiq iflosliklar va xas cho‘plar, kg.
Titish-tozalash agregatidagi bir nechta mashinalar uchun tolali mahsulotni tozalash samaradorligi quyidagi (1.28) formula bilan aniqlanadi.
(1.28)
Sch1, Sch2, ... Schn- alohida mashinalarning chiqindilari tarkibidagi qattiq ifloslik va xas cho‘plar, (kg) (1tonna aralashmaga ishlov berilganda).
Zamonaviy titish tozalash agregati samaradorligi (tarash mashinalarsiz) o‘rtacha 60-80 % ni tashkil etadi.
Rieter firmasining zamonaviy patok tizimida paxta tolasini tozalash samaradorligi 1.24-jadval keltirilgan.
1.24-jadval
Rieter firmasining zamonaviy patok tizimida paxta tolasini tozalash samarasini baholash
Tozalash bosqichi
|
Ifloslangan tolar ulishi, %
|
2,0
|
4,0
|
6,0
|
8,0
|
Yuqori
|
45-60%
|
60-80%
|
70-90%
|
72-95%
|
O‘rta
|
35-45%
|
42-60%
|
50-70%
|
52-72%
|
Past
|
25-35%
|
28-42%
|
30-50%
|
32-52%
|
TTAda paxta tolalarni tozalashni maqsadida ishchi organlar orasidagi masofa va tezlik optimal o‘rnatilmasa quyidagi salbiy ta’sirlar 1.18-rasmda keltirilgan.
1.18-rasm. Tozalash jarayonida tolalarga intensiv tozalash ta’sirda tolaning xossalarini o‘zgarishi
Do'stlaringiz bilan baham: |