O’zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus Ta’lim vazirligi ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI MASHINASOZLIK FAKULTETI “MTMICHJA” YO’NALSHI K-81-21 -GURUH TALABASI XUDOYQULOV ISFANDIYORNING O’ZBEK TILINING SOHADA QO’LLANILISHI FANIDAN “IDROK XARITASI SHIYORI OSTIDA BADIIY ASAR TAHLILI” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Bajardi: Xudoyqulov I. TEKSHIRDI: USMONOVA SH. Reja: - Kirish.
- “Alkimyogar” asari haqida.
- “O’z taqdirimiz, o’z qo’limizda”.
- Xulosa.
kirish Adabiyotshunoslikda tahlil va talqin tushunchalari juda kеng qo`llanilib, ular badiiy asarni tushunish jarayonining bir-biriga bog`liq jihatlaridir. Badiiy asarni tushunish, uning mazmun mohiyatini anglash jarayonida tahlil va talqin amallari har vaqt hozirdir. Tahlil atamasi odatda ilmda "analiz" dеb yuritiladigan istilohning sinonimi sifatida tushuniladi. Analiz esa, ma'lumki, butunni anglash uchun uni qismlarga ajratishni, qismning butun tarkibidagi mohiyatini, uning boshqa qismlar bilan aloqasi va butunlikning yuzaga chiqishidagi o`rnini o`rganishni ko`zda tutadi. Ayrimlar badiiy asarni tirik organizmga qiyos etishadi-da, "uni qismlarga ajratish jonsiz tanaga aylantirishdan boshqa narsa emas" dеgan qarashga tayanib, tahlilga qarshi chiqadilar. Biroq bu xil qarash asossizdir. Zеro, adabiyotshunoslikdagi tahlil ham — o`qish, faqat bunda badiiy asarni tadqiqotchi sifatida o`qish tushuniladi. Bu xil o`qish jarayonida tadqiqotchi badiiy asarni qismlarga ajratarkan, uning badiiyat hodisasi sifatidagi mavjudligini, undagi o`quvchi ongi va ruhiyatiga ta'sir qilayotgan, uning u yoki bu tarzda tushunilishiga asos bo`layotgan omillarni o`rganadi. “Alkimyogar” asari haqida Shunday asarlar bo`ladiki, u ma’lum bir xalq yoki millat tafakkuri uchun emas, butun insoniyat – g`arb-u sharq tafakkuri uchun g`oyat muhim ahamiyatga molik bo`ladi. Bunday asarlar bashariyat tamadduniga xizmat qilish barobarida o`z nomini abadiyatga muhrlaydi. Shunday noyob kitoblardan biri bu “Alkimyogar” desak mubolag`a bo`lmaydi. Sababi, unda odamzodni azaldan o`ylantirib kelgan muammolar – insonning dunyodagi oily vazifasi bo`lmish O`z taqdirini ro`yobga chiqarish Olam va Odam birligi kabi savollar Paulo Koelo dahosida “o`z yechimini topadi”. “Kalila va Dimna”, “Ming bir kecha”, D.Aligerining “Ilohiy komediya”, Gyotening “Faust”i kabi chinakam xalqchil va umrboqiy asarlar qatorida “Alkimyogar” ham munosib o`rin egallay oldi. Bunday yuksak e’tirofga asosiy sabab – ijodkorning turli falsafiy ta’limotlar, sharqona qarashlar, Islom tasavvufi g`oyalari bilan g`arb uslubini, jahon adabiyotining yirik vakillari – G.G. Markes, Borxeslarning tajribasini mahorat bilan uyg`unlashtira olganligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |