. - “Alkimyogar”ni mutolaa qilish jarayonida romanning an’anaviy romanlardan farq qilishini sezish qiyin emas. Chunki romanning ichki qavatlaridagi ramz va belgilar asarning asosiy g`oyasi uchun ochqich vazifasini o`tagan. Ularni tushunish uchun o`quvchidan turli bilimlarni – ilohiyot, tasavvuf kabi sharq falsafiy ta’limotlarini bilishni talab qiladi. Sababi, ijodkor ilgari surgan g’oyalar sharqona, tasavvufiy qarashlarni eslatadi.
- “Alkimyogar”ning kulminatsion nuqtasi Santyagoning shamolga evrilish lavhasidir.Ushbu manzaralarda Santyago olam bilan, sahro, quyosh, shamol bilan so`zlashadi, qalbi bilan suhbatlashadi (Alloh bilan) Olam Ruhi bilan birlashadi. Santyago shamol bilan suhbat qurganida:
- “Shamollar va sahrolar ham, ummonlar ham, yulduzlar ham – Olamning egasi neki yaratgan bo`lsa menda jamuljam bo`lgan. Sen bilan meni nobinodan bino qilgan. Qo`l bitta,qalbimiz ham bitta” – degan so`zlarni aytadi.
. “Alkimyogar” haqia gapirganda Richard Baxning “Jonatan ismli chaqalay”, “Tasavvurlar” yoki Ekuzyuperiyning “Kichik shahzoda” singari ertak-rivoyatlarni eslamaslikning sira ham iloji yo’q. Ammo “Alkimyogar” ularning hech biriga o’xshamaydi. . Nega hammaning ham orzu-umidlari ro’yobga chiqavermaydi? Bunga yo'ldagi to'rtta g'ov xalaqit beradi. Birinchisi shuki - odamzodga go'dakligidayoq hayotdagi eng katta orzulari amalga oshmaydigan orzular deb singdiriladi. U ana shu tushuncha bilan ulg'ayadi, yillar o'ta borgan sayin uning qalbi behisob istiholalar va qo'rquvdan qurum bog'lab boradi, gunohkorlik hissiga to'lib qoladi. Bir kuni shunday lahza keladiki, Oʻz Taqdiri Yoʻlidan borish istagi ana shu chirkin yuk tufayli unga o'limdan ham qo'rqinchliroq bo'lib tuyuladi va o'shanda inson o'zini bu dunyoga nima uchun kelganligini anglash tuyg'usidan mahrum bo'lib qolganday his qiladi. Aslida o'shanda ham o'zining oliy mohiyati borasidagi tushuncha hali qalbida jon saqlab turgan boʻladi. . - Mabodo insonga o'z qalbining tub-tubiga cho'kkan orzularini qutqarib olishga jur'ati yetsa va uni ro'yobga chiqarmoq uchun kurashdan voz kechmaslikka ahd qilsa, u odamni yangi bir sinov kutib turadi: Muhabbat! U hayotning qanday ne'matiga ro'baro kelganini, kelganini, qanday hissiyotlarni boshdan kechirishi mumkinligini biladi, ammo, hamma narsadan voz kechib, orzularimga ergashib ketsam, yaqinlarimni azob va iztirobga qo'yaman, deb qo'rqadi. Bu esa o'sha odam muhabbat to'siq emasligini, u xalaqit bermasligini, aksincha, olg'a intilishga madad berishini anglamaydi degan gap. Ammo, o'sha insonga kimki ezgulik sog'insa, unga qo'lini cho'zadi, tushunishga va bu yoʻlda uni qo'llab quvvatlashga harakat qiladi.
- Qachonki inson muhabbat to'siq emasligini, yo'ldagi yo'ldosh, ko'makchi ekanligini anglab yetgan chog' uni to'rtinchi g'ov qarshi oladi: omadsizlik va mag'lubiyat qo'rquvi! O'z orzusi uchun kurashayotgan inson boshqalarga nisbatan ko'proq azob chekadi, qaysidir amali aytganiday chiqmay qolsa: «Sadqai sar, o'zim ham o'lib turganim yo'q edi», qabilida qo'l siltashga ham haqqi yo'q. Chunki bu faqat oʻzining xohishi ekanligini va bu yo'lda borini tikkanligini ham yaxshi biladi. U yana O'z Taqdiri belgilagan yo'l boshqa yo'llar singari mashaqqatli ekanligini, bu yo'lda < ekanligini ham yaxshi anglaydi. Shuning uchun ham Olam Jangchisi hayotning eng mushkul damlarida asqotadigan sabrbardoshga ega bo'lmog'i va uning orzusi aql bovar qilmas tarzda bo'lsa ham ushalmogʻiga butun Olam yordam berishiga ishonishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |