PV = 1 N0mu-2
3
bunda N0 - Avogadro soni.
Bu tenglamadan foydalanib, ideal gazlarga oid barcha qonunlarni keltirib chiqarish, molekulaning kinetik energiyasini, gaz molekulalarining o‘rtacha xaraktalanish tezligini va boshqa kattaliklarning hisoblab topish mumkin.
Gazlar aralashmasi. Tabiatda va texnikada, ko‘pincha, gazlar aralashmasi bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Masalan, o‘simlik va hayvonlar havodan nafas oladi, havo esa gazlar aralashmasidir. Tuproqdagi havo ham azot, kislorod, argon, uglerod (VI-oksid) kabi gazlar aralashmasidan iborat. Gazlar aralashmasida past va o‘rtacha bosimlarda har qaysi gaz o‘zining xossalarini saqlab qoladi. Gaz aralashmalari uchun parsial bosimlar qonuni (Dalg‘ton qonuni) katta ahamiyatga ega:
Gazlar aralashmasining umumiy bosimi uning tarkibiga kiruvchi gazlar parsial bosimlarining yig‘indisiga teng. Aralashma tarkibiga kiruvchi har qaysi gaz aralashma turgan xajmni egallaganda qancha bosim ko‘rsatsa, shu bosim ana shu gazning parsial bosimi deyiladi.
Bu qonun quyidagicha ifodalanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |