PC-DOS operatsion (amaliy) tizimi
ingl.: PC-DOS operating system
rus.: операционная система PC-DOS
IBM kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan DOS rusumi.
PCI
qisq.: Peripheral Component Interconnect
qarang: PCI shinasi
PCI Express
Kiritish/chiqarish me’moriy tuzilmasining uchinchi avlodi (ISA va PCI birinchi va ikkinchi avlodni bildiradi). PCI Express – bu kiritish/chiqarish tizimlari uchun ketma-ket ulanishning hammabop, yuqori tezlikdagi texnologiyasi. Dastlabki o‘tkazish qobiliyati 2,5 Gbit/s ga teng, ma’lumotlarni uzatish yo‘l- yo‘lining turli kengligini qo‘llab-quvvatlaydi (1dan 32gacha ma’lumotlar liniyalari) va mis kabelining tavsifnomalariga ko‘ra kengaytiriladi. PCI Express stolusti va mobil kompyuterlar, serverlar, kommunikatsiya qurilmalari, ish stansiyalari va ichiga o‘rnatilgan qurilmalarning kiritish/chiqarish me’moriy tuzilmasini birlashtirish imkonini berib, PCI va USB bilan uyg‘un qurilmalar bilan o‘zaro ishlash imkonini beradi.
PCI shinasi
ingl.: PCI (Peripheral Component Interconnect) bus rus.: шина PCI
Kompyuterga tashqi qurilmalar ulash uchun mo‘ljallangan shina. Obyektlarning o‘zaro ishlashi to‘g‘ridan-to‘g‘ri, markaziy protsessor ishtrokisiz amalga oshiriladi. Shina, 1992 yili Intel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lsa ham, u protsessorlarning biror bir aniq oilasi bilan bog‘liq emas. PCI 32-razradli bo‘lib, uni 64 razradligacha kengaytirish imkoni bor. O‘tkazish qobiliyati cho‘qqisi 32 razradli shina uchun 132 Mbayt/s.ni va 64 razradli uchun 300 Mbayt/s ni tashkil qiladi. Shina mahalliy tarmoq bilan yaxshi ulanadi.
PCI-64
qisq.: Peripheral Component Interconnect, 64-bit
64-razradli PCI shinasi, PCI-64 shina. Kompyuterga, qo‘shimcha qurilmalar ulash uchun 64-xonali tizimli shinasi. Odatda, serverlarda foydalaniladi.
PCMCIA
qisq.: Personal Computer Memory Card International Association
Xalqaro shaxsiy kompyuterlarning xotira kartalari uyushmasi. Shaxsiy kompyuter kartalari uchun standartlar ishlab chiqishni ta’minlovchi xalqaro tashkilot. PCMCIA 1989 yilda turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan taqdim etiladigan shaxsiy kompyuterlarning bosma xotira platalari uyg‘unligini ta’minlash maqsadida yaratilgan. Avvalo shaxsiy kompyuter kartalari tashqi xotirani oshirish
uchun chiqarilardi, biroq keyin ularning vazifalari keskin kengaydi. PCMCIA uyushmasi Yaponiyaning JEIDA uyushmasi bilan birga 32 razradli kompyuter shinasi va xotiradan to‘g‘ri erkin foydalanishni ko‘zlovchi PC_Card standartini tasdiqlagan.
PCMCIA interfeysi.
petabayt ingl.: petabyte rus.: петабайт
2-chidan 50-chigacha bo‘lgan (1 125 899 906
842 624ta) kuch baytlari. Petabayt 1024 terabaytga teng.
PGA
qisq.: Pin Grid Array
Tanasining (mikrosxemaning) ignasimon chiqishlarining matritsali joylashuvi.
piksel
ingl.: pixel rus.: пиксел
Tasvir elementi. Tasvirni diskretlash (boshqa bo‘linmaydigan elementlar – diskretlarga, uyalarga yoki rastr nuqtalariga bo‘lish) natijasida paydo bo‘ladigan eng kichik tarkibiy qism. To‘g‘ri to‘rt burchak shakliga va tasvirning makonga oid ajrata olishini belgilovchi o‘lchamlarga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |