MUHAMMAD
AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
KOMPYUTER TIZIMLARI KAFEDRASI
KOMPYUTER ARXITEKTURASI FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Bajardi: Sattorqulova D . Davronova M
Xoldorova Sh
Guruh: 212-19
Tekshirdi: Hodjayev N.
Toshkent 2021
KOMPYUTER ARXITEKTURASI
IZOHLI LUG‘ATI
Aa
adapter ingl.: adapter rus.: адаптер
Ma’lumotlarni berishning turli usullari bilan qurilmalarni bir-biriga moslashtirishga imkon beradigan elektron sxema. Masalan, analog qurilmani raqamli qurilmaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash mumkin emas, buning uchun avvalo analog signalni raqamli signalga aylantirish lozim yoki aksincha. Apparatli vositalarning bir-biriga mos bo‘lmagan ikkita tarkibiy bo‘lakni bog‘lash uchun biriktirish qurilmasi zarur. Adapter bunday qurilmaning tarkibiy bo‘lagibo‘lib, odatda alohida plataga o‘rnatiladi.
ADC
qisq.: Analog to Digital Converter
Analog-raqamli o‘zgartirgich, ARO‘. Analog signalni raqamli kodga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan, ya’ni, analogli kirish signali kuchlanishining har bir qiymatiga, chiqishdagi raqamli kodning muayyan qiymati mos keladi. ARO‘ asosan, har bir tovush kartasida mavjud bo‘lib, u tashqi manbadan kelayotgan tovushni qattiq diskka yozish uchun ishlatiladi.
AGP
qisq.: Accelerated Graphics Port
Tezlashtirilgan grafik port, AGP-port. Videokartani shaxsiy kompyuterga ulash uchun interfeys spetsifikatsiyasi.
algoritm ingl.: algorithm rus.: алгоритм
Vazifani bajarishga qaratilgan aniq belgilangan qoidalarning tartiblangan chekli to‘plami.
Dastlabki ma’lumotlarni oxirgi natijaga o‘tkazuvchi hisoblash jarayoni orqali masala yechimini aniq ko‘rsatuvchi amallar mazmuni va ketma-ketligi.
Algoritm tavsifnomalariga quyidagilar kiradi:
- berilgan dastlabki ma’lumotlar bilan natijaning bir turliligi;
jarayonni inson yoki hisoblash mashinasi tomonidan bajarilishi mumkin bo‘lgan ayrim amallarning chekli soniga bo‘lish mumkinligi;
ko‘p sinfga oid masalalarga mos ko‘p
dastlabki ma’lumotlar uchun natija olish mumkinligi.
Hisoblash mashinasiga algoritm dastur shaklida beriladi. Bitta masalani yechishning bir necha algoritmi mavjud bo‘lishi mumkin. Ular orasida eng samaralisini, bajarilishi uchun eng kam amallar, mashina vaqti, xotira va h.k.ni talab qiluvchi algoritmni tanlash lozim. Samarali algoritmlar mavjud bo‘lishi shartlari va ularni qurish (ishlab chiqish)ni o‘rganish algoritmlar nazariyasi asosini tashkil etadi.
Algoritm atamasi o‘rta asrlarda yashab ijod etgan buyuk o‘zbek matematigi Al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan. U o‘zi kashf etgan o‘nli sanoq tizimida IX asrning 825 yilidayoq to‘rt arifmetika amallarini bajarish qoidalarini bergan. Arifmetika amallarini bajarish jarayoni esa alxorazm deb atalgan. Bu atama 1747 yildan boshlab algorismus, 1950 yilga kelib algorifm deb ham ataldi. Kompyuterlar paydo bo‘lishi bilan algoritm atamasi hozirgi ma’nosi bilan axborot texnologiyalari sohasida eng asosiy atamalardan biri bo‘lib qoldi.
ALU
qisq.: Arithmetic and Logic Unit
Arifmetik-mantiqiy qurilma, AMQ. Protsessorning arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradigan qismi.
amaliy maslak
ingl.: operating platform
rus.: операционная платформа
Amaliy dasturlarni turli operatsion tizimlar bilan o‘zaro aloqada ishlashini ta’minlovchi funksional blok. Operatsion maslak bir necha operatsion tizimlarni qamrab oladi va amaliy dasturlar bilan guruh yoki bir umumiy amaliy interfeysga egadir.
amaliy tizim
ingl.: operating system
rus.: операционная система
qarang: operatsion tizim
API
qisq.: Application Programming Interface
Amaliy dasturlash interfeysi. O‘zlarining dasturlarini tegishli operatsion tizimlar bilan uyg‘unlashuvi uchun dasturiy ta’minot ishlab chiquvchilar amal qilishlari kerak bo‘lgan vazifalar yig‘masining spetsifikatsiyasi.
apparat ta’minoti
ingl.: hardware
rus.: аппаратное обеспечение
Hisoblash tizimi tarkibiga kiruvchi uning faoliyat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan jami apparat vositalari. Apparat ta’minotiga kompyuter, tashqi qurilmalar, aloqa tarmoqlari va h.k. kiradi. Ular texnik nuqtai nazardan tizimning samarali ishini, uning foydalanuvchiga ma’lum xizmat turlarini ko‘rsatishni ta’minlaydi. Ushbu atama hisoblash tizimining dasturiy ta’minot bo‘lmagan qismini bildiradi.
apparat vositalar
ingl.: hardware tools
rus.: аппаратные средства
Axborotga ishlov berish tizimining barcha fizikaviy tarkibiy bo‘laklari yoki ularning qismi.
Hisoblash tizimining moddiy qismini tashkil qiluvchi elektr, elektron va mexanik tizimlar, bo‘laklar, moslama va qurilmalar. Apparat vositalar, masalan, kompyuterning o‘zi va uni tashkil qiluvchi mikrosxemalar, shuningdek, displey, disk yurituvchi va printerlar ham kiradi.
ARLL
qisq.: Advanced RLL
Takomillashtirilgan RLL. Qattiq magnit disklarga yozish usuli.
arxitektura ingl.: architecture rus.: архитектура
Murakkab obyektning tuzilishi, bajarilayotgan vazifalari va tarkibiy bo‘laklarining o‘zaro bog‘liqligini belgilovchi konsepsiya. Tarmoq me’moriy tuzilmasi uning asosiy elekmentlari va ularning o‘zaro ishlash tavsifi va topologiyasini belgilaydi. Axborot tizimi tarkibiy tuzilmasi uning umumiy mantiqiy tuzilishi, dasturiy-apparat ta’minotini, kodlash uslublarishi ta’riflaydi va foydalanuvchining tizim bilan interfeysini belgilaydi.
arxiv
ingl.: archive rus.: архив
Arxivator yordamida ochish mumkin bo‘lgan, tarkibida bir yoki ko‘p (odatda kompressiyalangan) fayllar va axborot bo‘lgan fayl. Arxivlar odatda dasturiy mahsulotlar yoki rezerv nusxalarni tarqatish uchun yaratiladi. tar, gzip formatidagi arxivlar UNIX; zip, rar, arj formatidagi arxivlar esa Windows amaliy tizimlarida ishlatiladi.
ASCII
qisq.: American Standard Code for Information Interchange
Axborot almashuvi uchun amerika standart kodi, ASCII kodi.
ASIC
qisq.: Application-Specific Integrated Circuit
Ixtisoslashgan mikrosxema.
asinxron uzatish
ingl.: asynchronous transmission rus.: асинхронная передача
Ma’lumotlarni bittama-bitta belgi bilan uzatish uchun qo‘llaniladigan uzatish uslubi. Bunda belgilarni uzatish orasidagi muddat teng bo‘lmasligi mumkin. Har bir belgidan oldin boshlanish bitlari keladi, belgi uzatishning tugashi esa to‘xtash bitlari bilan belgilanadi. Ba’zan ushbu uzatish uslubini boshla-to‘xta uslubi deyiladi (start-stop transmission).
asosiy xotira qurilmasi
ingl.: main storage device
rus.: основное запоминающее устройство
qarang: tezkor xotira qurilmasi
Assembler tili
ingl.: Assembly language rus.: язык Ассемблера
Tushunchalari kompyuter me’moriy tuzilmasini aks ettiradigan quyi pog‘ona dasturlash tili. Assembler tili tarkibiga jumlalar, buyruqlar va ma’lumotlar formatlari kiradi, ular muayyan kompyuter imkoniyatlariga bir qiymatli tarzda mos keladilar. Boshqacha qilib aytganda, har bir operatorga kompyuterning biror buyrug‘i mos keladi. Assembler tilidan mashina tiliga o‘girishni avtomatlashtirish uchun yaratilgan dasturlar assemblerlar deb ataladi.
Assemblerning kirishiga Assembler tilida yozilgan dastlabki dastur kiritiladi. Assembler chiqishida, mashina buyruqlaridan tarkib topgan dastur beriladi. Disassembler deganda, mashina kodidan Assembler tilida yozilgan dasturga o‘zgaruvchi dastur nazarda tutiladi.
ATA
qisq.: Advanced Technology Attachment, AT Attachment
ATA interfeysi. Shaxsiy kompyuterlarda diskli to‘plovchiga ulanish va undan erkin foydalanish uchun ishlatiladigan interfeyslar va bayonnomalar yig‘masi.
ATM
qisq.: Asynchronous Transfer Mode
ATM bayonnomasi, uzatishning asinxron rejimi. Yuqori tezlikda ma’lumotlarni uzatuvchi tarmoqlarni qurish texnologiyasi, ITU standarti. Ma’lumotlar qaydlangan uzunlikdagi (53 bayt)
paketlarga («uyalarga») o‘zgartiriladi, bu esa ularni yuqori tezlik bilan uzib-ulash imkonini beradi.
ATM asosiy funksional profili (kasbiy yo‘nalish)
ingl.: ATM basic functional profile
rus.: базовый функциональный профиль ATM Asinxron usulda uzatishning asosiy funksional kasbiy yo‘nalish.
ATM Forum konsorsiumi
ingl.: ATM Forum consortium rus.: консорциум ATM Forum
Uzatishning asinxron usulini ishlatadigan tarmoqlar uchun xalqaro standartlar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan tashkilot. ATM Forum konsorsiumi 1991 yilda katta korporatsiyalar guruhi tomonidan tuzilgan.
ATM uzib-ulagichi
ingl.: ATM switch
rus.: коммутатор ATM
Uzatishning asinxron usuli standartlariga mos ravishda, ma’lumotlar bloklarini tezkor qayta uzatishni ta’minlaydigan uzib-ulagich. ATM uzib-ulagichi ma’lumotlarni ming Mbit/s li tezlikkacha uzatadigan kanallar bilan ishlaydi. Bu mahalliy tarmoqlar, asosiy kompyuterlar va yuqori tezlikdagi ishchi stansiyalarni bir–biri bilan aloqasini ta’minlaydi. ATM uzib- ulagichlarining o‘tkazish qobiliyati o‘nlab Gbit/s.ga yetishi mumkin. Bunga erishish uchun qayta uzatish faqat apparat vositalar bilan amalga oshiriladi. Uzib-ulagichlar «qaynoq
almashtirish» imkoniyatlariga ega, ya’ni, undagi modullarni uzib-ulagichni tarmoqdan o‘chirmay almashtirish mumkin.
axborot muhofazasining dasturiy vositasi
ingl.: information protection software tools
rus.: программное средство защиты информации
Dasturiy ta’minot tarkibiga kiruvchi va axborot muhofazasi uchun mo‘ljallangan maxsus dastur.