Bb
BASIC tili
ingl.: BASIC language
rus.: язык BASIC
BASIC (Beginner's All-purpose Symbolic Instruction Code), «boshlovchilarga barcha maqsadlar uchun buyruq kodlari» deb atalgan til. 1960 yil o‘rtalarida Dartmut kollejida talabalar uchun John Kemeney va Thomas Kurtz tomonidan ishlab chiqilgan. Til sodda va qulay bo‘lib chiqdi va foydalanuvchilarning uncha katta bo‘lmagan tizimlar bilan muloqot maromida ishlashida katta shuhrat qozondi. O‘zining soddaligiga qaramay BASIC ko‘pgina qo‘llanmalarni ishlab chiqishda qo‘llaniladi. BASIC tili tavsifining ANSI standarti mavjud bo‘lsa ham, BASICning ko‘pchilik rusumlari kengaytmalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, Microsoft kompaniyasining Visual Basic mahsuloti, BASIC tilining standartiga qo‘shimcha ravishda, obektga - yo‘naltirilgan funksiyalar to‘plamini o‘z ichiga olgan. Hozirgi kunda, BASIC tilining turli xillari qo‘llanmalarning makrotillari sifatida qo‘shilmoqda. Masalan, Microsoft Word va Excel foydalanuvchiga shu qo‘llanmalarni sozlash va avtomatlashtirish uchun dasturlar yozish imkonini beradigan BASIC tilining rusumini qo‘shadilar.
bayt ingl.: byte rus.: байт
Sakkiz bitga teng bo‘lgan axborot miqdorining asosiy o‘lchov birligi. Keng ishlatiladigan qisqartirishlar: Kb = Kilobayt = 210 bayt, Mb = Megabayt = 220 bayt, Gigabayt (Gb) =230 bayt, Terabayt (Tb) =240 bayt, Petabyte (Pb), Exabyte (Eb), Zettabyte (Zb), Yottabyte (Yb).
BCD
qisq.: Binary Coded Decimal
Ikkilik-o‘nlik sanoq tizimida ifodalangan son. Sonlarni, bir baytda ikki xonali o‘nlik sonlar razradi bilan kodlashga asoslangan ifodalash usuli.
belgi
ingl.: symbol rus.: символ
Kodlashtirilishi, kompyuterga kiritilishi va uning displey ekranida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan hisoblash tizimi tomonidan ruxsat
etilgan belgilar to‘plami elementi. Belgilarga harf, raqam, qavs va ayirish belgilari hamda arifmetika amallari belgilari, shuningdek maxsus, boshqaruv va soxtagrafik belgilar kiradi. Hisoblash tizimi erkin foydalanish mumkin bo‘lgan deyarli barcha belgilar kompyuter xotirasiga klaviatura yordamida bitta yoki bir guruh tugmalar bosilishi orqali kiritilishi mumkin. Hisoblash tizimlarining aksariyati belgilarni taqdim etish uchun alohida shakllar bilan birga ASCII (American standard code for information interchange) kodidan foydalangan. Ushbu kodlarda 256 belgi 0 dan
255 gacha bo‘lgan sonlar sifatida aks etgan. Matnlarni tuzish va choplash uchun maxsus dasturlar – matn muharrirlari va matnga ishlov beruvchilar xizmat qiladi. Ularning ko‘pi standart ASCII to‘plamida yo‘q bo‘lgan belgilarni, masalan, grek alifbosi belgilarini, kiritish va ekran va printerga chiqarish imkonini beradi.
Biror narsani belgilash uchun ishlatiladigan bitta yoki birin-ketin joylashgan belgilar ketma- ketligi.
BGA
qisq.: Ball Grid Array
BGA tanasi. Mikrosxemaning tutashmalar guruhini zo‘ldirlar matritsasi shaklidagi tuzilishi. Mikrosxema plataga payvandlanadi.
BIOS
qisq.: Basic Input/Output System
Kiritish-chiqarishning asosiy tizimi. Shaxsiy kompyuterning ona platasidagi DXQ (doimiy xotira qurilmasi) yoki QDDXQ (qayta dasturlanadigan doimiy xotira qurilmasi) mikrosxemasiga yozilgan dastur. BIOS kompyuterning operatsion tizimdan kelayotgan kirish-chiqish, qurilmalarni boshqarish so‘rovlariga xizmat ko‘rsatadi. Shuningdek, kompyuter yoqilganda uskunalarni boshlang‘ich tekshirish (POST tartiboti), MBR ni yuklash va
operatsion tizimga boshqaruvni uzatish ham BIOS vazifasiga kiradi, BIOS da shaxsiy kompyuterni ona platasining tarkibiy tuzilmasini asosiy ko‘rsatkichlarini qo‘lda sozlash uchun o‘zaro faol nimdasturi ham mavjud.
BIOS ni o‘z ichiga olgan mikrosxema.
Do'stlaringiz bilan baham: |