qobiqsiz integral sxema
ingl.: bare integrated circuit
rus.: безкорпусная интегральная схема Muhofazalovchi qobig‘i bo‘lmagan integral sxema. Ularning chiqarilishi sharofati bilan, apparatura ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining ko‘pmikrosxemali komplekslarini (mikroprotsessorlar, elektron xotira qurilmalari, maxsus mantiqiy modullar, mikrokontrollerlar, modemlar) yaratish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunda ko‘pmikrosxemali kompleks avval seriyalab ishlab chiqarilgan tarkibiy qismlardan yig‘ilib, so‘ngra biror bir qobig‘ga yoki boshqa muhofazalovchi g‘ilofga joylashtiriladi.
quyi pog‘ona tili
ingl.: Low-Level Language (LLL) rus.: язык низкого уровня
Ma’lumotlarni boshqarish va tuzilmasi bevosita muayyan kompyuter arxitekturasini aks ettiradigan dasturlash (Assembler tili yoki mashina tili) tili.
Do'stlaringiz bilan baham: |