Ss
sabj ingl.: subj rus.: сабж
Inglizcha Subj qisqartmasi. Subject ya’ni mavzu, nom, predmetni bildiradi.
SAS
qisq.: Serial Attached SCSI
Ketma-ket SCSI. Diskli jamlovchilarni ulash uchun SCSI interfeysining evolutsiyasi. Ma’lumotlarni ketma-ket uzatishuslubidan foydalanadi. SATA qurilmalarini qo‘shishni ham ko‘zlaydi.
SATA
qisq.: Serial ATA
Ketma-ket ATA. Diskli jamlovchilarni ulash uchun ATA interfeysining evolutsiyasi. Ma’lumotlarni ketma-ket uzatish uslubidan foydalanadi.
SCA
qisq.: Single Connector Architecture
Bitta ulash uyasiga ega bo‘lgan arxitektura - Wide SCSI interfeys signallari hamda oziqlantirish shinalarini birlashtiradigan qattiq diskni ulash uyasi. Odatda bunday ulash uyasi qattiq disklarni «issiq» almashtirish imkonini berib, serverlarda ishlatiladi.
SCSI
qisq.: Small Computer Systems Interface
Kichik kompyuter tarmoqlari tizimlari interfeysi, SCSI interfeysi. Yuqori tezlikdagi parallel interfeys standarti, jamlovchi va chekka qurilmalarni kompyuterga ulash uchun ishlatiladi (masalan, qattiq disk yoki skanerni).
«Skazi» deb talaffuz qilinadi.
SDRAM
qisq.: Synchronous Dynamic RAM
Sinxron dinamik TXQ. SDRAM mikrosxemalarida ketma-ket tanlash paytida ma’lumotlarni olish vaqti nanosoniyalarda ko‘rsatiladi. Aslida esa sinxron xotira mikrosxemalari qobiqlaridagi raqamlar ushbu xotira ishlay oladigan tizim shinasining eng ko‘p takt chastotasini ta’minlaydi. SDRAM tezkorligi va shina takt chastotasi muvofiqligi jadvalda quyida keltirilgan:
Xotira tezkorligi, ns: 12, 10, 8, 7
Shinaning eng ko‘p chastotasi, MGs: 83, 100, 125, 133
SGRAM
qisq.: Synchronous Graphics RAM
Sinxron grafik TXK. Videokartalarda mahalliy xotira sifatida qo‘llaniladigan oddiy sinxron xotira turi. Yozuvni bir paytning o‘zida bir necha manzilga yozish imkonini beruvchi sahifa registri borligi bilan farq qiladi. Bu ekran maydonlarning tez to‘ldirilishi yoki tozalanishi imkonini beradi.
SIMD
qisq.: Single Instruction, Multiple Data
Bitta ko‘rsatma, ko‘p ma’lumotlar. Mikroprotsessorlar uchun MMX buyruqlarni qurishning asosiy tamoyili. Ushbu buyruqlar operandlar sifatida operandlarni 80-xonali setkada saqlash uchun mo‘ljallangan hamprotsessor registrlaridan foydalanadi.
SIMM
qisq.: Single In-line Memory Module
Chiqish bog‘ichlarning bir qatorda joylashgan xotira moduli. Bozorda asta-sekin yo‘qoluvchi xotira moduli. Har tomondan 72ta chiqishga ega bo‘lsa ham, ikkala tomonda ham chiqish juftlari o‘zaro tutashgan va shuning uchun birtomonlama hisoblanadi. SIMMda xotira xonalari 32 (juftligi 36) bit bo‘lib, u Pentium protsessorlariga ega bo‘lgan kompyuterlarda faqat juft bo‘lib foydalanilishi mumkin
sinxron
ingl.: synchronous rus.: синхронный
Muntazam vaqt muddatlarida ro‘y beruvchi. Sinxronning teskarisi asinxrondir. Kompyuterlar va qurilmalar orasidagi ko‘pchilik aloqalar asinxron – ular xohlagan paytda va muntazam bo‘lmagan muddatlarda ro‘y berishi mumkin. Biroq, kompyuter doirasidagi aloqa odatda sinxron bo‘lib, mikroprotsessor soati tomonidan boshqariladi. Port orqali uzatiladigan signallar, masalan, faqat soat davridagi ma’lum nuqtalarda ro‘y berishi mumkin
SIP
qisq.:
Single-In-line Package – Chiqishlari bir qatorda joylashgan qobiq.
SCSI-3 Interlocked Protocol – O‘zaro to‘sish bayonnomasi SCSI-3.
SISD
qisq.: Single Instruction, Single Data
Bitta ko‘rsatma. Bir xil ma’lumotlar. Raqamli imzoning an’anaviy arxitekturasi, bir takt davomida bir yoki bir necha operandlar ustidan buyruqlar bajarish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |