Icmailov Astan Ibragimovich Bokiyev Abdujolol Abdulxamitovich



Download 9,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/229
Sana03.03.2023
Hajmi9,5 Mb.
#915982
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   229
 
 
 
2.3.4. Suv xo‘jaligi va melioratsiyada elektr va noelektrik kattaliklarni 
elektr usulda o‘lchash. 
Ilmiy tadqiqotlarda. texnologik jarayonlarda, yangi mashina va
apparatlarni yaratish va ularni sozlash hamda ishlatish jarayonida ko‘pgina
noelektr kattaliklarni elektr usulida o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Noelektrik
kattaliklar bo‘lmish mexanik, issiqlik va boshqa kattaliklarni o‘lchash uchun 
xizmat qiluvchi elektr asboblari va usullari bir qancha afzalliklarga ega. Ular 
noelektrik kattaliklarning qiymatinigina emas, balki ularning sifatini ham
aniqlash, o‘lchash va belgilash imkonini beradi. [1] 
Elektr o‘lchash usullari va asboblarining afzalliklari quyidagilar: 

asbob sezgirligini katta oraliqda osongina o‘zgartish;

juda tez hamda juda sekin o‘tuvchi jarayonlarni o‘lchash va yozib 
olish mumkinligi;

olisda turib o‘lchash va o‘lchash natijalarini olis masofaga 
uzatish mumkinligi;

noelektr asboblar bilan o‘lchash mumkin bo‘lmagan joylardagi 
kattaliklarni ulchash va kuzatish mumkinligi;

o‘lchash natijalarini markazlashtirish va o‘lchash ob’ektiga 
qaytadan avtomatik ravishda ta’sir etish imkoniyati va boshqalarni
kiritish mumkinligi. 
Hozirgi 
vaqtda 
noelektr 
kattaliklarni 
o‘lchash 
axborot-o‘lchash
texnikasining kattagina sohasini tashkil egadi, bu kattaliklarni o‘lchash
uchun kerak bo‘ladigan asboblarni ishlab chiqarish esa asbobsozlik sanoatining
yirik tarmogiga aylangan. 


120 
Noelektr kattaliklarni o‘lchaydigan elektr asboblar elektr kattaliklarni
o‘lchaydigan asboblardan farq qiladi. Ularning tarkibida noelektr
kattaliklar(aemperatura, bosim, siljish, tezlik, tezlanish, sath, sarf va
boshqalar) ni elektr kattaliklar (tok, kuchlanish, quvvat)ga yoki elektr 
parametrlari (qarshilik, induktivlik, sig’im, magnit qarshiligi va
boshqalar)ga aylantirib beruvchi bir yoki bir nechta o‘lchash o‘zgartirgichlari
bo‘ladi. O‘lchash o‘zgartirgichini, odatda, datchik deb ataladi. 
2.3.5-rasm. Noelektr kattalikni elektr usulida o‘lchashning oddiy struktura
sxe masi 
 
2.3.5- rasmda noelektr kattalikni elektr usulida o‘lchashning oddiy
struktura sxe masi ko‘rsatilgan. O‘lchanadigan noelektr kattalyk x
o‘lchash o‘zgartirgichi (O’O’) ning kirishiga beriladi. O‘lchash
o‘zgartirgichining chiqishidagi elektr kattalyk u elektr o‘lchash asbobi
(EO’A) yordamida bevosita yoki bilvosita usullarda o‘lchanadi. Elektr
o‘lchash asbobining shkalasi o‘lchanadigan noelektr kattalyk birligida
darajalanadi, bu esa
o‘lchashni tezlatadi va o‘lchash xatoligini kamaytiradi. 
Ishlashiga qarab hamma o‘lchash o‘zgartirgichlarini parametrli yoki
generatorli turlarga ajratish mumkin. Quyida kuch, sath, siljish, tezlik,
temperatura kabi noelektr kattaliklarni o‘lchash uchun xizmat qyluvchi
sxemalariy keltiramiz. 


121 
Kuchni o‘lchash uchun ko‘mir shaybali datchik va teplodatchiklardan
foydalaniladi. Har ikkala datchikning ham ishlash prinsipi kuch ta’siridan
o‘z qarshiliklarini o‘zgartirishga asoslangan.
Bosimni o‘lchash uchun suyuqlikli, membranali, silfonli, prujinali va
boshqz datchiklar ishlatiladi. Ushbu datchiklarda bosim yoki bosimlar
farqi kichik mexanik burchakli yoki chiziqli siljishga aylantiriladi,
Mexanik siljishni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki mexanik silji
щ
datchyklari
yordamida o‘lchash mumkin.
2.3.6-rasmda bosimni membranali bosim datchigi va induktiv
datchik yordamida o‘lchash uchun xizmat qiluvchi qurilmaning printspial
sxemasi ko‘rsatilgan, 
2.3.6-rasm. Bosimni membranali bosim datchigi va induktiv datchik
yordamida o‘lchash qurilmasining printspial sxemasi
2.3.6-rasm a da jamlangan parametrli induktiv datchik berilgan. Bu
datchik qo‘zg‘aluvchan o‘zak 5 va induktivligi bir xil bo‘lgan g‘altak 2
va 3 dan iborat. G‘altak chulg‘ami magnitlanuvchanlik xossasiga ega
bo‘lmagan naycha 4 ustiga o‘ralgan va transformator 6 ning ikkilamchi
chulg‘ami uchiga differensial sxema bo‘yicha ulangan. Induktiv g‘altaklar 
bilan transformator ikkilamchi chulg‘amining o‘rta nuqtalari orasiga
o‘lchash asbobi O’A ulangan. [1] 


122 
2.3.6-rasm b da bosim datchigi ko‘rsatilgan. O‘lchanayotgan bosim r
membranaga ta’sir etib, uni yuqoriga yoki pastga ezadi. Natijada membranaga
ulangan o‘zak siljiydi. Agar bosim bo‘lmasa, membrana o‘rta holatda 
bo‘ladi, shuning uchun qo‘zg‘aluvchan o‘zak, induktiv g‘altak chulg‘amining
o‘rtasida turadi. Bu vaqtda g‘altakning induktivligi va induktiv qarshiligi
bir-biridan farq qilmaydi, natijada elektr o‘lchash asbobi U A dan
o‘tuvchi tok .nolga teng, bo‘dadi.
Agar bosim ta’sir etsa, membrana va unga mahkamlangan o‘zak
yuqorida siljiydi (ra mda punktir chizik bilan qo‘rsatilgan). Natijada
g‘altakning induktivligi biror qiymatga oshadi, shu vaqtda g‘altak 3 ning
indukgivligi esa o‘shancha qiymatga kamayadi. Natijada o‘lchash asbobi
O’A dan mexanik siljish qiymatiga, ya’ni o‘lchanayotgan bosim qiymatiga
mos tok oqib o‘tadi. Asbobning shkalasi millimetr yoki bosim birligida
darajalanadi. Mazkur qurilma yordamida bosimlar farqini ham o‘lchash
mumkin. Buning uchun mambrananing yuqori qismiga Rl bosim, pastki
qismiga esa Rg beriladi. 
Siljishni o‘lchash uchun siljish datchiklaridan foydalaniladi. Bunda
turli fizik kattaliklar, chunonchi, bosim, temperatura, gaz yoki suyuqlik
sarfi, zichlik va boshqalar mexanik siljishga.aylangiriladi va siljish
datchyklari yordamida o‘lchanadi. Siljish datchiklari reostatli datchik, 
sig‘imli datchik, induktiv dagchik va boshqa turlarga bo‘linadi. 
Induktiv siljish datchiklari jamlangan va taqsimlangan parametrli
bo‘lishi mumkin. 2.3.6-raem, a da kichik (0,5 — 20 mm gacha)
mexanik siljishlarni o‘lchash uchun xizmat qiluvchi jamlangan parametrli
induktiv siljish datchigining konstruksiyasi ko‘rsatilgan. Katta (0,2 — 100
sm va bundan ham ortiq) mexanik siljishlarni o‘lchash uchun
taqsimlangan parametrli induktiv datchikdan foydalaniladi. 2.3.7- rasmda
taqsimlangan parametrli induktiv datchik konstruksiyasining sxemasi
berilgan. 
Magnit o‘tkazgichning asosida bittadan teshik bor, asoslaridagi induktivlik 
g’altaklari 2, 3, 4 va 5 larni hosil qilishda simlar shu teshiklardan
o‘gkaziladi, induktivligi bir xil L
u
L
1
, L
3
, L
t
bo‘lgan bu g‘altaklardan


123 
tashqari, magnit o‘tkazgichga uyg‘otish chulg‘amlari 6 va 7 ham
o‘ralgan.
Magnit o‘tkazgichning o‘rta o‘zagida harakatlanuvchi mis yoki
alyuminiy ekran 8 bor. Bu ekran mexanik siljishi o‘lchanadigan ob’ektga
mahkam biriktiriladi. Uyg‘otish chulgamlari o‘zaro ketma-ket tutashtirilib, 
keyin o‘zgaruvchan tok manbaiga ulanadi.
2.3.7-rasm Taqsimlangan parametrli induktiv datchik
konstruksiyasining sxemasi 
Uyg‘otish chulg‘amlaridan o‘tayotgan toq ta’sirida parallel sterjenlar 
orqali tutashuvchi magnit oqimlari F
u1
va F
Ua
hosil bo‘ladi, ularning
miqdori ekranning holatiga bog‘liq. 
Induktiv g‘altaklarning to‘rtalasi ham ko‘prik sxemasida ulanadi.
Ko‘prikning bir diagonaliga o‘zgaruvchan kuchlanish manbai ulanganda
ikkinchi (chiqish) diagonalida ekranning siljishiga proporsional ravishda
kuchlanish hosil bo‘ladi.
Ekran magnit o‘tkazgichning o‘rtasida turganida g‘altak induktivliklari 
o‘zaro tenglashadi, ya’ni L
1
= L
2
= L
3
= L
t
(ko‘prik muvozanatda
bo‘ladi) va ko‘prikning chiqish diagonalidagi kuchlanishi nolga teng
bo‘ladi. Ekran o‘rta holatdan o‘ngga yoki chapga qancha siljisa, bir
asosdagi magnit oqimi Fa shuncha oshib, ikkinchisida shuncha kamayadi.


124 
Binobarin, L
t
va L
2
induktivliklar qanchata oshsa, L
3
va L
4
induktivliklar shunchaga kamayadi. Natijada ko‘prik diagonalida chiqish
kuchlanishi U
t
hosil bo‘ladi: 
(2.3.1) 
bu erda U
K
- ko‘prik diagonaliga ulangan o‘zgaruvchan tok 
manbaining kuchlanishi. 
SHunday qilib, ko‘prikning chiqish diagonaliga millivoltmetrni ulab, 
ekran mahkamlangan ob’ektning mexanik siljishini o‘lchash mumkin. 
Tezlikni o‘dchash uchun taxogenerator va tezlik datchiklaridan
foydalaniladi. Taxogenerator aylanish tezligini ulchash uchun xizmat
qiladi. Quyida chiziqli tezlikni o‘lchash uchun xizmat qiluvchi chiziqli
tezlik datchiklarining konstruksiyasi keltiriladi. 
Tezlik datchiklari ishlash prinsipiga qarab bir necha turga bo‘linadi:
induksion tezlik datchigi; magnit-modulyasion tezlik datchigi; Xoll
elementli tezlik datchigi va boshqalar. Bu datchiklar qo‘zg‘aluvchan
qismining turiga qarab, qo‘zg‘aluvchan chulg‘amli, qo‘zg‘aluvchan
magnitli, qo‘zg‘aluvchan o‘zakli va qo‘zg‘aluvchan ekranli bo‘lishi
mumkin. Sanoat korxonalarida ish jarayonini avtomatlashtirish vaqtida
ysh mexanizmi harakatlanuvchi qismlarining siljish tezliklarini o‘lchash va
qayd qilishda, metall kesuvchi va yog‘ochga ishlov beruvchi 
dastgohlarning tezligini tekshirishda, dastgohda metallarni kavsharlash
tezliklarini yozib borish va boshqa harakat tezliklarini o‘lchashda tezlik
datchiklaridai foydalaniladi. 
Qo‘zg‘aluvchan chulg‘amli induksion tezlik datchigi 2.3.8-rasmda
ko‘rsatilgan.
Datchik P shakldagi qo‘zg‘almas magnit o‘tkazgichdan iborat.
O‘zgarmas (doimiy) magnit 2 magnit o‘tkazgichniig asosi bo‘lib xizmat
qilady. Uning uzaytirilgan ixtiyoriy bitta sterjyoniga qo‘zg‘aluvchan
o‘lchash chulg‘ami 3 o‘ralgan.


125 
2.3.8-rasm. Qo‘zg‘aluvchan chulg‘amli induksion tezlik datchigi. 
O‘zgarmas magnit ikkita parallel sterjen orasida deyarli bir xil
magnit induksiyasini hosil qiladi. Qo‘zg‘aluvchan o‘lchash chulgami
sterjen bo‘yicha qandaydir V tezlik bilan siljisa, uning o‘ramlari
sterjenlar orasidagi magnit' kuch chiziqlarini kesib o‘tishi natijasida
chulg‘amda EYUK hosil bo‘ladi. EYUK ning qiymati o‘lchash 
chulg‘amining siljish tezligiga proporsionaldir: 
(2.3.2) 
Datchkning sezgirligi Sv qo‘zg‘aluvchan o‘lchash chulg‘amining V -
o‘ramlar soniga 1 sterjenlyar orasidagi magnit induksiyaga bog’liq.
Qo‘zg‘aluvchan o‘lchash chulg‘amli induksion tezlik datchi yordamida
0,05 — 50 mm/s oraliqdagi chiziqli tezliklarni o‘lchash mumkin. Agar
datchikning o‘lchash chulg‘amiga o‘ziyozar asbob ulansa, asbob ob’ekt
tezligini qog‘ozga yozib boradi. Ushbu datchik juda sezgir hisoblanadi.
Uning kamchiligi - qo‘zg‘aluvchan o‘lchash chulg‘ami, uchlarining osilib
turishida. SHuning uchun qo‘zg‘aluvchan o‘lchash chulg‘amining harakat 
oralig‘ini oshirish uning osilib turgan uchlarining tez uzilishiga qisman
sababchi bo‘ladi. Bunday datchik o‘lchash cho’lg‘amining harakat
oralig‘i 20— 30 sm dan oshmaydi. 
Haroratni o‘lchash uchun termopara va tarmoqarshiliklardan foydalaniladi. 
Harorat eng muhim texnologik parametrdir. Termopara va


126 
term
щ
arshiliklar haroratnigina o‘lchash uchun emas, balki boshqa fizik 
kattaliklar (gaz tarkibi, bosim, zichlik va sarflar) ni bilvosita o‘lchash
uchun ham ishlatiladi.
Termopara ikki xil metalldan tayyorlangan o‘tkazgichlar A va B
dan yasalgan. O‘tkazgichlarning bir uchi 1 bir-biriga kavsharlanadi,
ikkinchi uchi 2 va 3 esa elektr o‘lchash asbobiga ulanadi (2.3.9- rasm). 
O‘tkazgichning kavsharlangan va asbobga ulanadigan uchlarining
haroratlari har xil bo‘lsa, termopara va o‘lchash asboyoidan iborat
zanjirda EYUK hosil bo’ladi. [1] 
2.3.9-rasm. Termoparaning tuzilish sxemasi. 
O‘tkazgichlarning asbobga ulangan uchlarida temperatura doimo bir
xil 'bulsa, EYuK hamda asbobning ko‘rsatishi termoparaning
kavsharlangan uchlari haroratiga bog‘liq buladi. Termopara EYuK ining
qiymati o‘tkazgichlarning kavsharlangan nuqta temperaturasiga va termopara
o‘tkazgichlarining materialiga bog‘liq bo‘lib, o‘tkazgichlarning uzunligi va 
diametriga, haroratning o‘tkazgichlarda taqsimlanishiga bog‘liq emas.
SHuning uchun termopara ba’zan juda ingichka (millimetrning bir
necha ulushncha) va juda uzun (yuz metrlarcha) kilinadi. Termopara 


127 
tayyorlash uchun juda ko‘p materiallar ishlatiladi. SHulardan mis bilan
konstantasi (300°S gacha), mis bilan kopel (600°S gacha), xromel bilan
kopel (800°S gacha), xromel bilan alyumel (13009S gacha) va platina
bilan platinoradiy (1600°S gacha) dan yasalgan termoparalar juda ko‘p 
qo‘llaniladi. 
Termoparada hosil bo‘lgan EYUK qiymati juda kichik bo‘lib, har
gradusga bir necha (materialiga qarab) mikrovolt to‘g‘ri keladi. Lekin
bu qiymat o‘lchash uchun etarli hisoblanadi. Mazkur EYUK ni o‘lchash
uchun 2.3.9 - rasmda ko‘rsatilgan magnitoelektrik yuqbri sezgir
millivoltmetr yoki 2.3.10 - rasmda ko‘rsatilgan avtomatik elektron
potensiometr dan foydalaniladi. 
2.3.10-rasm. Avtomatik elektron potensiometr sxemasi. 


128 
Potensiometr yordamida o‘lchanayotgan termopara EYUK kiymagi
E, bilan a va b nuqtalar orasidagi potensiallar farqi solishtiriladi.
Reoxord daetasi R
p
ni reversiv dvigatel 3 yordamida surib, nuqta a ning
holati E, va U
a6
orasidagi farq (E = U
a6
) nolga tenglashguncha
o‘zgartiriladi. Agar bu farq (u nomuvozanat kuchlanishi 
Uab
ham deyiladi) 
nolga teng bo‘lmasa, u kuchaytirgich 2 yordamida o‘zgaruvchan tokka 
aylantirilib, mikrovoltdan bir necha voltgacha kuchaytirilgandan so‘ng 
reversiv dvigatel 3 ning boshqarish chulg‘amiga beriladi.
Dvigatel ishga tushib, reoxord dastasini U nolga tenglashguncha suradi.
Dvigatelning aylanish tezligi o‘lchanayotgan termopara EYUK ining
qiymati E
t
ga bog‘liq. Reoxord dastasi bilan birgalikda unga
mahqamlangan kareta 4 strelka va pero nam suriladi.
Peroning surilishi sinxron dvigatel 5 yordamida o‘zgarmas tezlik
bilan harakag qiluvchi diagrammaga o‘lchanayotgan qiymatni yozib olish
imkonini beradi. Demak o‘lchanayotgan haroratni strelka ko‘rsatishi 
bo‘yicha shkaladan yoki diagramma lentasidan olish mumkin. 
Termoqarshilik o‘tkazgich (yoki yarim o‘tkazgich) elektr
qarshiligining haroratga bog‘liqligiga asoslangan. Termoqarshilik, odatda,
mis va platinadan yasalgan bo‘lib. termopara kabi termoelektr yurituvchi
kuch (EYuK) ishlab chiqarmaydi, balki harorat o‘zgarganda o‘z 
qarshiligini o‘zgartiradi. Metall qarshiliklarda harorat bilan elektr qarshilik
o‘rtasida mutanosib bog‘lanish bor Termoqershilik harorati o‘lchanadigan
muhitga joylashtiriladi va termoqarshilik qarshiligining o‘zgarishi
avtomatik ko‘prik sxemasi yordamida o‘lchanadi. [1] 
Elektr qarshiligiga aylantirish mumkin bo‘lgan har qanday kattalikni
o‘lchash uchun xizmat qiluvchi muvozanatli avtomatik elektron ko‘prik
sxemasi 2.3.11- rasmda ko‘rsatilgai. 
Avtomatik potensiometrlardagi kabi, o‘lchash ko‘priklarida ham
kuzatish tizimi mavjud. Mazkur tizim o‘lchash tizimidagi ko‘prikni uzluksiz
muvozanatlash uchun xizmat qiladi.


129 
2.3.11-rasm. Muvozanatli avtomatik elektron ko‘prik sxemasi. 
Ko‘prik ikkita (ab o‘lchash va cd manba) diagonaldan va to‘rtta
elkadan iborat. Ikkita elkaning qarshiligi o‘zgarmas, qolgan ikkitasiniki esa 
o‘zgaruvchan. Haroratning o‘zgarishi bilan termoqarshilik qarshiligi R
t
o‘zgarishi ko‘prikni muvozanat holatidan chiqaradi. [1] 
Bunda ko‘prikning o‘lchash diagonalida signal, ya’ni nomuvozanat
kuchlanishi paydo bo‘ladi. Bu signal kuchlanish va quvvag
kuchaytirgichi 2 va reversiv dvigatel 3 ning boshqarish cho’lg‘amidan
o‘tib, dvigatelni ishga tushiradi va u reoxord dastasini ko‘prik
muvozanatga kelguncha suradi. Bu vaqtda kareta 4 ham surilgani uchun
o‘lchanayotgan haroratni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shkaladan yoki diagramma
lentasidan olish mumkin. 

Download 9,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish