U
l
=
3
U
f
. Kichik quvvatli
transformatorlarning chulg‘amlari ko‘pincha yulduz-yulduz usulida ulanadi.
Katta quvvatli transformatorning chulg‘amlari odatda, yulduz–uchburchak
usulida ulanadi. Bunda yuqori kuchlanish chulg‘ami (masalan, yuqori
kuchlanishi 35, 110 va 220 kV bo‘lganda) yulduz usulida va past kuchlanish
chulg‘amlari (6,10 kV li) uchburchak usulida ulanadi. [1,4]
Uch fazali transformatorking transformatsiya koeffitsienti, salt ishlash
sharoitida, asosan birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar faza kuchlanishlarining
nisbati bilan aniqlanadi:
208
.
ПК
U
U
К
юк
ao
AO
(4.2.1)
Umuman, uch fazali transformatorsing transformatsiya koeffitsientini ikki
usulda aniqlash mumkin: a) fazali transformatsii koeffitsienti: yuqori kuchlanish
chulg‘amining faza kuchlanishini past kuchlanish chulg‘ami faza kuchlanishiga
nisbati yoki yuqori va past kuchlanish chulg‘amlarining o‘ramlari soni nisbati
bilan aniqlanadi, ya’ni:
,
.
.
ПК
юк
ПК
ф
юк
ф
ф
U
U
К
(4.2.2)
b) salt ishlash sharoitida yuqori va past kuchlanish chulg‘amlari liniya
kuchlanishlarining nisbati bilan ham aniqlash mumkin, ya’ni
;
ab
AB
л
U
U
K
(4.2.3)
Y/Y va
Δ
/
Δ
ulanish sxemalari uchun fazali kuchlatsishlar bo‘yicha va
liniya kuchlanishlari bo‘yicha transformatsiya koeffitsientlari o‘zaro teng, ya’ni:
K
l
= K
f
.
Y/
Δ
ulanish sxemasi uchun K
l
=
3
K
f
va
Δ
/Y sxemasi uchun
3
ф
л
К
K
bo‘ladi.
Bir fazali transformatorning turli ish sharoitlari (masalan, salt ishlashi va
yuklama
bilan
ishlashi)
uchun
qurilgan
vektor
diagrammalarda
transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarida hosil bo‘ladigan E
1
va E
2
EYuK lar vektorlarining yo‘nalishi bir xil deb olingan edi. Haqiqatda esa
ular yo bir tomonga yoki qarama–qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Ularning
qanday yo‘nalganligi transformator chulg‘amlarining ulanish gruppalari bilan
aniqlanadi.
Bir va uch fazali transformator chulg‘amlarining ulanish guruhi yoki
Ė
1
va
Ė
2
vektorlarning bir–biriga nisbatan qanday yo‘nalganligi birinchidan, birlamchi
va ikkilamchi chulg‘amlarni o‘rash yo‘nalishiga; ikkinchidan, chulg‘amlarning
bosh va oxirgi uchlarini (qismlarini) qanday belgilanishiga bog‘liqdir.
Oldin bir fazali transformator chulg‘amlarining ulanish guruhini aniqlaymiz.
Agar bir transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlari sterjenlarga
209
bir xil yo‘nalishda o‘ralsa va ularning bosh va oxirgi uchlari bir xilda
ifodalansa (4.2.2.–rasm,
a
), EYUK lar E
1
va E
2
ning vektorlari bir tomonga
yo‘nalgan bo‘ladi, ya’ni ular orasida siljish burchagi nolga teng. Agar
transformatorning ikkilamchi chulg‘ami uning birlamchi chulg‘amiga nisbatan
teskari tomonga o‘ralsa yoki ikkilamchi chul–g‘am uchlari teskari ifodalansa
(masalan, bosh uchi «x» bilan; oxirgi uchi «a» bilan),
E
1
va
E
2
vektorlar
qarama–qarshi yo‘naladi, ya’ni vektorlar orasida siljish burchagi 180° bo‘ladi
(4.2.2.–rasm,
b
).
4.2.2-rasm. Transformatorning ikkilamchi chulg‘ami uning birlamchi
chulg‘amiga nisbatan teskari tomonga o‘ralgan xolat.
Chulg‘amlarnnng ulanish guruhi birlamchi va ikkilamchi chulg‘am
EYuK larining vektorlari orasidagi siljish burchagiga qarab aniqlanadi. Odatda,
chulg‘amlarning ulanish guruhini aniqlashda soat siferblatidagi rakamlardan
foydalaniladi. Soat siferblatidagi raqamlar orasidagi burchak 30° ga teng.
Ulanish guruhlari ham 30° ga bo‘linadigan graduslarda (masalan, 60°, 150°,
210°, 270° va hokazo) aniqlanadi. Ulanish guruhini aniqlashda birlamchi
chulg‘am EYUK ining vektori soatning katta, ya’ni minut strelkasi bilan
belgilanadi. Soatda minut strelkasi doim 12 raqamida turadi deb qabul qilinadi.
Ikkilamchi chulg‘am EYUK ining vektori soatning kichik, ya’ni soat strelkasi
bilan belgilanadi va chulg‘amlarning ulanish guruhlariga qarab bu strelka 1 dan
12 gacha bo‘lgan turli raqamlarni ko‘rsatishi mumkin. SHunday qilib soat
kichik strelkasining uning minut strelkasiga nisbatan holati ikkilamchi chulg‘am
210
EYUK vektorining birlamchi chulg‘am EYUK vektoriga nisbatan holatini
aniqlaydi.
Bir fazali transformatorda chulg‘amlariing ulanish guruhi ikki xil bo‘ladi.
Masalan, 4.2.2–rasm,
a
da birlamchi chulg‘am EYUK ning vektori 12 raqamini
ko‘rsatsa, ikkinchi chulg‘am EYUK ning vektori ham 12 ni ko‘rsatadi. Bu
holda transformatorning ulanish guruhi 12 yoki 0 gruppa bo‘ladi. Bu shartli
ravishda 1/1–12 yoki 1/1–0 bilan belgilanadi.
4.2.2-rasm,
b
da ikkilamchi chulg‘am birlamchi chulg‘amga iisbatan teskari
o‘ralgan, bunda EYuK lar orasidagi siljish burchagi 180° bo‘ladi. Bu holda
E
1
vektori 12 raqamini ko‘rsatsa,
E
2
vektori 6 ni ko‘rsatadi. Bunda transformator
chulg‘amlarining ulanish guruhi 6 bo‘ladi va shartli belgi 1/1-6 bilan
ko‘rsatiladi. SHunday qilib, bir fazali transformatorda ikkita ulanish guruhi 12
yoki 0 va 6–gruppalar bo‘lar ekan. Agar shu rasmdagi transformator ikkilamchi
chulg‘amining bosh va oxirgi uchlari teskari ifodalansa, chulg‘amlarning
ulanish guruhi yana 12–gruppa bo‘ladi.
Uch fazali transformatorlarda chulg‘amlarning ulanish guruhi, yuqorida
keltirilgan ikki shartdan tashqari, chulg‘amlarning ulanish sxemalariga ham
bog‘liq bo‘ladi. Uch fazali transformatorlarda ulanish guruhlari 12 xil, ya’ni 1
dan 12 gacha (yoki 30° dan 360° gacha) bo‘lishi mumkin. Uch fazali
transformatorlarda chulg‘amlarning ulanish guruhlari birlamchi va ikkilamchi
chulg‘amlarga tegishli bir xil liniya kuchlanishlari vektorlarining o‘zaro siljish
burchagini. [4,8]
Do'stlaringiz bilan baham: |