299
5.3.14-rasm. Ko’p rotorli asinzron motor
Ko‘p rotorli asinxron motor paxta terish mashinasining
asosiy ish organi
bo‘lmish shaindellarning yuritmasi uchun maxsus yaratilgan. Bunday motorning
statori faza rotorli asinxron motorning rotori tuzilishiga o‘xshabsh bo‘lib, uning
pazlariga
AA
chizig‘i bo‘yicha bo‘lingan ikkita uch fazali chulg‘am o‘rnatiladi.
Stator atrofidagi silindr shaklli barabanga o‘rnatilgan shpindellarning uchi bu
motorning qisqa tutashtirilgan rotorlari bilan tugaydi. Demak, motor
rotorlarining soni paxta terish mashinasining barabaniga o‘rnatilgan shpindellar
soniga teng qilib olinadi.
Stator chulg‘amlari elektr tarmog‘iga ma’lum tartibda ulansa,
ularda
qarama-qarshi yo‘nalishdagi yuguruvchi deb atalmish magnit maydonlari hosil
bo‘ladi. Bu magnit maydonlar bilan qisqa tutashtirilgan rotorlarni kesilishi
natijasida hosil bo‘luvchi elektromagnit kuchlar ta’sirida
AA
chizig‘ining chap
tomonida joylashgan rotorlar bir tomonga, o‘ng tomonidagilar teskari tomonga
aylanadi. Bunda paxtani terish zonasida joylashgan shpindellar bir tomonga,
shpindellarga o‘ralgan paxtani chuvib yig‘ishtirish
zonasida joylashgan
shpindellar esa teskariga aylanib, paxtani terish texnologiyasiga muvofiq
300
harakat olinadi. Har bir shpindel ham o‘z o‘qi atrofida,
ham baraban bilan
birga berilgan o‘zgarmas chastotada aylanish sababli, uning terish va
yig‘ishtirish zonalari bilan aniqlanuvchi AA chizig‘idan o‘tishi bilan
shpindelning aylanish yo‘nalishi kontaktsiz ravishda o‘z-o‘zidan o‘zgaradi.
SHuning uchun ham bunday motor ko‘p rotorli
reversiv elektroplanetar
asinxron motor deb atalgan. Hozirgi paxta terish mashinalarining shpindellari
tasmali uzatma bilan harakatga keltiriladi. shpindellarning aylanish yo‘nalishi
0,5÷0,7 sek davomida o‘zgarishi sababli tasmalarni 30÷40 soatdan so‘ng
almashtirish kerak. Tasmalarni yangilab turish vaqti amalda mo‘ljaldagidan
ancha kam bo‘ladi. bundan tashqari, tasmali uzatma bilan terish va yig‘ishtirish
zonalarida joylashgan shpindellarni turli optimal chastotalarda aylantirish va
bunda ularning aylanish mo‘‘tadilligini saqlash to‘la ta’minlanmaydi.
Paxta terish mashinasining shpinellari yuritmasi uchun ko‘p rotorli reversiv
elektroplanetar asinxron motordan tashkil topgan elektr yuritma qo‘llanilsa, bu
yuritmaning ishlashdagi mo‘‘tadilligi
hamda ishonchliligi ortadi, uni avtomatik
boshqarish, shpindellar chastotasini elektr usulda rostlash imkoni olinadi.
Motor statori chulg‘amlarini tok bilan ta’minlashda hosil qilingan
asimmetriya asosida shpindellar (rotorlar) ni o‘z o‘qi atrofida aylantirishdan
tashqari, ular o‘rnatilgan barabanni ham berilgan o‘zgarmas
chastotada
aylantirish mumkin.
Bunda paxta terish mashinasining kinematikasi ancha soddalashib, uning
texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlari keskin ravishda ko‘tariladi. Ko‘p rotorli
asinxron motordan tashkil topgan elektr yuritmadan to‘qimachilik
mashinalari
va shu kabilarda ham foydalanish mumkin. Bunday elektr motorining foydali
ish koeffitsienti
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: