O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND
DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA BO`LIMI
FIZIOLOGIYA, GENETIKA VA BIOKIMYO KAFEDRASI
5420100-biologiya
Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanidan
KURS ISHI
Mavzu: “Ichki sekresiya bezlari fiziologiyasi”
Bajardi: 401 -guruh Abdullayeva Yu.
Tekshirdi: b.f.n. Ismayilova M.A.
SAMARQAND – 2014
Ichki sekretsiya bezlari fiziologiyasi
Reja:
1. Ichki sekresiya bezlarining umimiy tavsifi
2. Endokrin bezlar faoliyatini o`rganish usullari
3. Qalqonsimon bez
4. Qalqonsimon bez faoliyatining boshqarilishi
ICHKI SEKRETSIYA BEZLARI FIZIOLOGIYASI
Organizmdagi barcha bezlar sekretsiya xiliga qarab katta ikki
guruhga: tashqi sekretsiya bezlari, ya'ni ekzokrin bezlar va ichki
sekretsiya bezlari, ya'ni endokrin bezlarga bo'linadi.
Tashqi sekretsiya bezlari deb mustaqil chiqaruv yo'llari bo'lgan,
o'zida hosil bo'ladigan suyuqliklar, shiralarni tana yuziga, ovqat hazm
qilish kanali, siydik-tanosil yo'llariga yoki tashqi muhit bilan tutashgan
boshqa bo'shliqlarga ajratadigan bezlarga aytiladi. Ichki sekretsiya
bezlari, ya'ni endokrin bezlar deyilganda esa mustaqil chiqaruv yo'llari
bo'lmagan bezlar tushuniladi. Shu sababli bu bezlar o'zida hosil
bo'ladigan oz miqdordagi biologik faol moddalarni bevosita qonga,
limfaga yoki to'qima oraliq suyuqlilariga ajratadi. Shu bilan birga, ba'zi
organ yoki hujayralar guruhi ham ichki sekretsiya bezlari qatoriga
kiradi. Organizmning boshqa organlari singari ichki sekretsiya bezlari
odam va hayvonlarda evolyutsion taraqqiyotning ma'lum bosqichida,
jumladan, qurtlar va yumshoq tanlilardayoq paydo bo'lgan va asta-sekin
rivojlanib, takomillashgan, bu bezlar umurtqali hayvonlarda yuksak
darajada taraqqiy qilgan. Odam va hayvonlarning ichki sekretsiya
bezlari quyidagilardir: gipofiz, qalqonsimon bez, qalqonsimon oldi
bezchalari, me'da osti bezining orolcha apparati, buyrak usti bezilari,
jinsiy bezlar, platsenta, epifiz, ayrisimon (timus) bez, GEP tizim,
gipotalamus. Bulardan tashqari, organizmdagi turli organlarning maxsus
hujayralari ham har xil biologik faol moddalarni ajratadilar. Ichki
sekretsiya bezlaridan ishlanib chiqadigan mahsulotlar, ulardan
ajraladigan suyuqliklarga - gormonlar (horman - qo'zg'ataman) deyiladi.
Gormonlar qonga yoki boshqa suyuqliklarga chiqarilganidan so'ng, ular
bilan organizmning to’rli organ va to'qimalariga tarqaladi hamda
ma’lum nishon organ yoki to'qimalardagi hayotiy jarayonlarga belgili
ta'sir qilib, ular faoliyatini o'zgartiradi. Gormonlar ta'siri uch xil
yo'nalishda amalga oshadi:
Birinchidan,
ularning
ba'zilari
to'qimalardagi
moddalar
almashinuviga ta'sir ko'rsatsa, Ikkinchidan, organizmning shakllanishiga,
metamorfozga, to'qima va organlar ixtisoslashishining jadallashuviga
ta'sir ko'satadi.
Uchinchi xillari esa, organlar yoxud organizm faoliyatini
o'zgartiradi. Masalan, buyrak usti bezidan ishlanib chiqiladigan
adrenalin gormoni, me'da osti bezining insulin va glyukogon gormonlari
organizmda uglevod almashinuviga, uning boshqarilishiga faol ta'sir
ko'rsatadi. Qalqonsimon bez gormoni esa organizmda organik
moddalarni parchalanishini jadallashtiradi. Bu bezning gormoni
metamorfozga ham faol ta'sir ko'rsatadi. Uning bu xususiyatini ayniqsa,
baqalarda yaxshi kuzatsa bo'ladi. Adrenalinning yurak ishini
tezlashtirish, vazopressinning (gipofizdan ishlanib chiqadigan gormon)
qon tomirlarini toraytirishi gormonlarning organlar faoliyatini
o'zgartirishiga ularning ishini boshqarishiga misol bo'la oladi va hakozo.
Demak, endokrin bezlar nerv tizimi bilan hamkorlikda organizm
funksiyalarini boshqarishda (regulyatsiya qilishda) ishtirok etadi. Bu
jarayonda asab tizimi yetakchi o'rinni egallaydi. Shunday bo'lsada,
funksiyalarning gormonlar yoki boshqa biologik faol moddalar bilan,
ya'ni gumoral yo'l bilan boshqarilishi nihoyatda muhim.
Gormonlar bir qancha o'ziga xos xususiyatlarga ega va shu jihatdan
nerv impulslaridan farq qiladi. Jumladan, qanday bo'lmasin ma'lum bir
gormon organizmdagi muayyan organ faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi va
unda tegishli o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Gormonlar tegishli
bezlarda uzluksiz ravishda hosil bo'lib, tegishli organlarda uzluksiz
parchalanadi.
Odam va har turdagi hayvonlarning bir-xil turdagi gormonlari o'z
xossalari jihatidan bir-biridan odatda ko'p farq qilmaydi. Shu sababli
zaruriyat tug'ilganda bir turdagi hayvonning ko'pchilik gormonlarini
boshqa bir turdagi hayvonlarga yuborish mumkin.
Gormonlar
bevosita
qonga
yoki
boshqa
suyuqliklarga
chiqarilganidan keyin ular organizmning barcha organ va to'qimalariga
yetib boradi va shu tariqa hosil bo'lgan joydan ancha uzoqdagi organ va
to'qimalar faoliyatiga ham ta'sir ko'rsata oladi. Biroq, ayrim organlardagi
maxsus hujayralarda hosil bo'ladigan gormonsimon moddalar "hujayra
gormonlari" boshqa organlarga o'tmaydi. Shu sababli ular hosil bo'lgan
joydagina o'z ta'sirini namoyon qiladi. Bunday "hujayra gormonlari"dan
tashqari "to'qima gormonlari" ham bor. Ular organizmning belgili
qismlarida, muayyan to'qimalarda hosil bo'ladi va hosil bo'lish
jarayonida qo'shni to'qimalarga sizilib o'tib turadi, shunday yo’l bilan
mahalliy ta'sir ko'rsatadi.
Gormonlar nerv impulslariga qaraganda sekin tarqaladi, biroq,
uzoqroq ta'sir ko'rsatadi. Gormonlar, ferment emas. Ammo ular
fermentlarni faollash yo'li bilan o'z tasirini namoyon qilsa kerak. Shu
sababli ular hujayralardagi jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatib, hujayralar
membranasi o'tkazuvchanligini, ulardagi oksidlanish va qaytarilish
reaksiyalarini, ularning ion tarkibini o'zgartira oladi. Hujayra va
to'qimalarga bevosita ta'sir qilish bilan birgalikda, gormonlar tegishli
retseptorlarga ham ta'sir ko'rsatib, murakkab reflektor jarayonlarda
ishtirok etadi. Ular nerv markazlarining funksional holatiga ham ta'sir
ko'rsatadi. Gormonlar organizmning irsiy belgilariga, xromosomalariga
ham ta'sir ko'rsatadi, degan ma'lumotlar bor. Estrogenlar, testosteronlar,
kortizon, somatotropin, insulin va boshqalar oqsil biosintezining
boshqarilishida va u orqali irsiy belgilarning nasldan-naslga o'tishida
ishtirok etadi. Jumladan, bu gormonlar, xromosomalardagi DNKga ta'sir
ko'rsatib, uning tegishli qismlarini maxsus oqsil, qoplovchi modda-
gistonlardan xolos bo'lishiga yordam beradi. Informatsion RNKning har
bir yangi molekulasi faqatgina DNKning o'sha gistonlardan xolos
bo'lgan qismidagina hosil bo'ladi. Informatsion RNK esa oqsil
biosintezini, demak, irsiy xususiyatlarini belgilaydi. Shu tariqa
gormonlar organizmning irsiy xususiyatlariga ta'sir ko'rsatadi.
Organizmdagi barcha endokrin bezlar fuksional jihatdan bir-biriga juda
aloqador, ular asab tizimi faoliyati bilan ham mahkam bog'langan. Ichki
sekretsiya bezlari asab tizimining eng yaqin hamkori sifatida
organizmdagi barcha jarayonlarning boshqarilishida ishtirok etgani
bilan, o'zining faoliyati ham neyrogumoral ravishda boshqariladi va
organizmning uzluksiz o'zgarib turgan ehtiyojiga moslanib boradi.
Markaziy asab tizimi, birinchi navbatda, gipotalamus va undagi tegishli
yadrolar organizmdagi turli organlarning holati, to'qimalardagi tegishli
moddalarning miqdori to'g'risida muntazam ravishda axborot olib turadi.
Zaruriyatga qarab gipotalamus yadrolari gipofizga nerv impulslari
yuboradi va u orqali ko'pchilik endokrin bezlar faoliyatiga ta'sir
ko'rsatadi. Gipotalamus bilan gipofiz bir-biriga shu qadar bog'liqki,
gipofizning bez qismi boshdan-oyoq nerv to'qimalaridan tuzilgan va
gipotalamusning ajralmas qismi sifatida ishlaydi. Gipofiz esa, o'z
navbatida, organizmdagi ichki sekretsiya bezlarining eng asosiy,
"rahnamosi" hisoblanadi. Jumladan, uning oldingi qismidan ajraladigan
gormonlar qalqonsimon bez, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari va boshqa
bezlarning faoliyatiga faol ta'sir ko'rsatadi. Gipotalamusdan tashqari
markaziy asab tizimining boshqa qismlari va hatto bosh miya yarim
sharining po’stlog’i ham ichki sekretsiya bezlari faoliyatining
boshqarilishida ishtirok etadi.
Muayyan ichki sekretsiya bezi uning gormoni bilan idora etiladigan
organlar faoliyati bilan muntazam ravishda o'zaro aloqada, qaytar
bog'lanishida bo'ladi. Boshqacha aytganda, tegishli endokrin bezlardan
nechog'li ko'p gormon ajralishi o'sha bez ta'siri o'tadigan organ holatiga
bog'liq va aksincha. Modomiki shunday ekan, ya'ni bezning gormoni
boshqasining holatiga ta'sir qiladi va aksincha. Endokrin bezlarning
o'zaro aloqadorligini tushuntirish uchun 1941 yilda M.M.Zavodovskiy
o'zaro musbat-manfiy ta'sir to'g'risidagi prinsipini olg'a surdi. Bu
tamoyilgaqa ko'ra, o'zaro bog'liq bo'lgan ikkita endokrin bezdan birining
gormoni ikkinchisining faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatsa, ikkinchisining
gormoni birinchisining faoliyatiga ijobiy ta'sir qiladi. Masalan, gipofizni
oldingi qismining gormonlari qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va
jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi. Ammo, bu bezlarning ayrim
gormonlari gipofizning oldingi qismidan molekulalar yetilishini
tezlashtiruvchi gormon ajralishini susaytiradi.
Biroq, organizmdagi hamma endokrin bezlar ham bu tamoyilga
bo'ysinavermaydi. Shunday bo'lsa-da, endokrin bezlarning qaytar
bog’lanishda ishlashi ular faoliyatining neyrogumoral yo'l bilan
boshqarilishida salmoqli o'rin egallaydi. Bir endokrin bez bir necha xil
gormon ajratadi. Bu gormonlarning ayrimlari bir funksiyaga bir xil
yo'nalishda ta'sir qilsa, boshqalari bunga qarama-qarshi ta'sir qiladi.
Masalan,
gipofizning
lyuteinlovchi
va
follikulalar
yetilishini
jadallashtiruvchi gormonlari tuxum hujayralarining etilishiga ijobiy ta'sir
qiladi. Me'da osti bezining insulin va glyukogon gormonlari bir-biriga
qarama-qarshi ta'sir ko'rsatadi. Ularning birinchisi qonda qand miqdorini
kamaytirsa, ikkinchisi esa ko'paytiradi. Shunday bo'lishidan qat’iy nazar,
endokrin bezlardan tegishli gormonlar organizmning ehtiyojiga
nihoyatda mos keladigan bir ravishda ajraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |