1-rasm. Gipofiz bezidan somatotropin ko’p ishlanib chiqqanda odam
bo’yining normadan ortiqcha o’sishi-gigantizm, bu gormon kam hosil
bo’lagnda bo’y o’smay qolishi-nonizm (pakana) holatining ko’rinishi.
Odamlarda bu bezlarning bolalikdan sust ishlashi (gipofeoz)
kretinizm kasalligini paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Bu paytda bo'y
o'smaydi, uning og'zi doimo ochiq bo'lib, tili chiqib turadi. Chunki til
haddan tashqari o'sib ketib og'izga sig'may qoladi. Voyaga etmagan
hayvon va odamlarning qalqonsimon bezi yetarlicha ishlamasa,
Miksedema kasalligi paydo bo'ladi. Bu vaqtda asosiy almashinuv
pasayadi, oqsillar almashinuvi buziladi, onkotik bosim oshib ketadi,
to'qimalarda suv ushlanib qoladi, suv shishlari paydo bo'ladi.
Organizmda yod kamchiligi paytida bo'qoq kasalligi avj oladi. Bu
paytda bez to'qimasining yetarlicha ishlamayotganligi tufayli u
gipertrofiyalanib, katta bo'lib ketadi, follikulalari ko'payadi, ammo,
ajralayotgan gormonlarning miqdori kam bo'ladi. Chunki ularning
sintezlanishi uchun yod yetishmaydi. Infitireoid, ya'ni qalqonsimon bez
gormonlarining faolligini susaytiradigan, moddalar bor. Bular qatoriga
tiomochevina, tionratsil, metiltionratsil va qalqonsimon bezda
gormonlarning hosil bo'lishini tormozlaydigan ko'pgina sulfanilamid
preparatlar kiradi. Ular anorganik yod molekulalarini yodgacha
oksidlovchi, tirozining yodlanishuvida, uning triyodtironin va tiroksinga
aylanuvida ishtirok etadigan fermentlarning faolligini pasaytiradi. Bu
moddalar ta'sir qilganda organizmda, xuddi qalqonsimon bez olib
tashlanganda kuzatiladigan o'zgarishlar ro'y beradi. Ammo bu moddalar
qonda mavjud bo'lgan va tashqaridan kiritiladigan gormonlarga ta'sir
qilmaydi. Tireoid gormonlar organizmga kiritilganda oqsillar, yog'lar va
uglevodlar tez parchalanib, ko'p sarf bo'ladi. Oqibatda ajralayotgan
suyuqlikda azot asosan mochevina hisobiga ko'payadi. Manfiy azot
muvizanati kuzatiladi. Jamg'arilgan yog' ko'p miqdorda kamaya boradi.
Tiroksin kiritlganda, yog' depolaridagi yog'ning miqdori 70% gacha
kamayib ketadi, qonda xolesterin ozayadi. Jigar va muskullardagi
glikogenning parchalanishi tezlashib, qonda qand miqdori bir oz
ko'payadi. Oqibatda organizmning fizik vazni kamayib, ozib ketadi.
Diurez ko'payadi. Ma'lum normada tiroksin kiriturish, sut beruvchi
hayvonlarning sut mahsuldorligini, sutning yog’liligini oshiradi.
Tovuqlar patining o'sishini yaxshilaydi, tuxum ko'payadi.
2-rasm. Odam qalqonsimon bezi.
O’sayotgan bolalar tishining normal o'sib chiqishi, to'qimalarning
regeneratsiyasi, yaralarning tuzalib bitib ketishi ham shu gormonlarga
bog'liq. Bu gormonlarning markaziy asab tizimining funksional holatiga
ta'sir qilishi diqqatga sazovordir.
Organizmga uzoq vaqt davomida tiroksin kiritilib turgan hayvonlar
qo'zg'aluvchan, tinch turmaydigan, oyoq muskullari tinmay titraydigan
bo'lib qoladi. Qalqonsimon bezi olib tashlangan hayvonlarda shartli
reflekslarning hosil bo'lishi qiyinlashadi. Narkoz yuborilib, miya
po'stlog'idagi qo'zg'alish jarayonlari pasaytirilsa, organizmga tiroksin
yuborilishi asosiy almashinuvni oshirmaydi. Bu tireoid gormonlar miya
po'stlog'i faoliyatiga katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Tiroksin
bosh miya retikulyar formatsiyasida to'planadi degan ma'lumotlar bor.
Tiroksin bevosita bosh miyaga yuborilganda asosiy almashinuv, uni
qonga yuborgan paytdagidan ko'proq kuchayadi. Normada qalqonsimon
bez faoliyatining kuchayishi, ya'ni fizologik giperfunksiyasi hayvonning
bo'g'ozlik, laktatsiya (sut berish) davrlarida kuzatiladi. Bu bezning
giperfunksiyasi buyrak usti bezining faolligini bir muncha tormozlaydi.
Fiziologik gipofunksiya (bez faoliyatining normadan pasayishi), qishda
uyquga kiradigan hayvonlarda ularning qishki uxlash vaqtida kuzatiladi.
Tireokalsitonin. Qalqonsimon bezda tireokalsitonin degan gormon
ham hosil bolishi keyingi paytlarda isbotlandi. Tirekalsitonin ichiga
o'tmaydigan bo'lgani uchun ularning ichidagi kolloid suyuqlikning
tarkibida uchramaydi. Bu gormon 32 aminokislotadan tashkil topgan
polipeptid bo'lib, tarkibidagi aminokislotalarning joylashish tartibi turli
hayvonlarda har xildir. Tireokalsitonin qonda kalsiy va fosforning
miqdorini kamaytiradi. U suyaklardan qonga kalsiy chiqarilishiga
to'sqinlik qilib, siydik bilan fosforning ko'p chiqarilishiga sabab bo'ladi
va parotireoid bezlarning gormoni bo'lmish paratgormonning antogonisti
hisoblanadi. Tireokalsitonin qonda kalsiy ko'payib ketganda sezilarli
miqdorda ajralib, qon ion tarkibining ma’lum miqdorda saqlanishida
katta rol o'ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |