Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


-§. Majburiyatni bajarish muddati



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

7-§. Majburiyatni bajarish muddati
va uni kechiktirish
Majburiyatni bajarish muddati, vaqti doimo tomonlar o‘rtasida
tuzilgan shartnoma asosida belgilangan. Majburiyat shartnomada
ko‘rsat-ilgan muddatda yoki vaqtda lozim darajada bajarilishi


138
qonuniy asosda  biriktirilgan. Agar majburiyatni bajarish muddati
ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoxud majburiyatning mohiyatidan ang-
lashilsa, qarzdor ijroni to‘xtatmasdan bajarishi shart bo‘lgan,
kreditor esa ijroni bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘lgan.
Bajarilishi mumkin bo‘lgan muddatlar, ya’ni shartnoma asosida
aniq tarzda majburiyatning bajarilish muddati ko‘rsatilmasligi ham
mumkin bo‘lgan. Lekin bu munosabatlarda oqilona, vijdonan
harakat qilish lozim hisoblangan.
Savdo munosabatlarining taraqqiy etishi, shartnomalar
doirasining kengayishi natijasida  shartnomalar to‘g‘risidagi qat’iy
normalarni biroz yumshatish yoki qulaylik tug‘dirish maqsadida
ko‘p hollarda majburiyatlarni bajarish muddatini ko‘rsatmasdan
shartnomalarning tuzilishiga ham yo‘l qo‘yilgan. Rim huquqshu-
noslarining fikricha, bugun tuzilgan Rimdagi shartnomani ertaga
Yegiðetda bajarish mumkin emas. Chunki bunday tuzilgan
shartnomalarda jimlik, rizolik asosida shartnomani bajarish mud-
datining aniqligini o‘rnatish qiyinligini e’tiborga olib, muddat
belgilamaganlar. Bunday hollarda ishni odilona hal qilishga ko‘proq
e’tibor qaratganlar. Hatto shartnomani bajarish muddati ko‘rsatil-
magan hollarda, sudga murojaat qilinganda sudya «odilona er» sifatida
(ya’ni, «sud protsessini odilona olib boruvchi shaxs» degan ma’noni
anglatgan) qanday muddat yoki qancha vaqt asosida bu shartno-
mani bajarishi mumkinligini aniqlash paytida shartnomani bajarish
uchun o‘zini qiynamasdan, kecha-yu kunduz, tabiat injiqligiga
qaramay  yilning fasli, o‘zining yoshi, sog‘lig‘i va  jinsini o‘ylamas-
dan tinmay harakat qilishlariga yo‘l qo‘ymasdan, oddiy holatda
majburiyatni yuqoridagi xususiyatlarni e’tiborga olib belgilagan.
Ana shu muddatni «oqilona asosda» belgilangan muddat deb
tushunilgan.
Qadimgi Rim quldorlik davlatida majburiyatlarni muddatidan
avval bajarishga dastlabki paytlarda yo‘l qo‘yilmagan. Lekin savdo
munosabatlarining taraqqiy etishi, bozor iqtisodiyoti munosabat-
larining gurkirab o‘sishi, Rim davlati hududining kengayishi,
jahon taraqqiyotidagi tutgan o‘rni shartnomalarning ko‘plab
tuzilishlariga olib keldi va ularni muddatidan avval bajarish ikkala


139
tomonning ham manfaatini ko‘zlab, o‘z oborotining tezroq amalga
oshishiga imkoniyat yaratib berganligi uchun bunga yo‘l qo‘yildi.
Rim davlatida majburiyatlarning bajarilishini kechiktirish, o‘z
vaqtida va lozim darajada bajarmaslik oqibatlari shartnomada
qatnashuvchi tomonlarning intizomsizligini bildirib, ular bilan
keyinchalik shartnoma tuzishda chegaralanish vakolatlarini keltirib
chiqargan. Majburiyatlarning bajarilishini kechiktirish, da’vo
talabining joriy etilishi, ya’ni da’vo arizasining yozilishi paytidan
boshlanadi. Da’vo arizasining yozilishidan oldin qarzdorga
majburiyatni bajarish yuzasidan ogohlantirish yuborilishi lozim
bo‘lgan va undan keyin qarzdorning ustidan da’vo arizasi yozilgan.
Qadimgi rim huquqida majburiyatlarning bajarilish muddati
shartnomada aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, qarzdorning yashash
joyiga ogohlantirish yuborilgan, ammo bajarilish muddati
shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa unda shuning o‘zi ogohlantirish
hisoblangan.
Qarzdor tomonidan o‘z qarzini to‘lash yoki majburiyatni
bajarish uchun qilingan harakatlarini, ya’ni ashyolar, pullar yoki
ekvivalentni kreditor qabul  qilmasa, bunday hollarda qarzdor
o‘z mulkini omonat asosda saqlab turish uchun depozitga qo‘yish
yo‘li bilan ham majburiyatni o‘z vaqtida bajarishga yo‘l qo‘yilgan.
Rim huquqining o‘ziga xos xususiyati shundaki, depozitga qo‘yish
ham kreditor hisobidan amalga oshirilgan. Bunday holda mulkning
tasodifan nobud bo‘lishi, ijroni qabul qilishni kechiktirgan kredi-
torga qaratiladi hamda keltirilgan zarar ham undan undiriladi.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish