Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


-§. Majburiyat munosabatlarining vujudga



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

3-§. Majburiyat munosabatlarining vujudga
kelish asoslari
Qadimgi Rim davlatining qonunlarida majburiyat huquqining
rivojlanishiga muhim e’tibor qaratilgan. Ayniqsa, tovar-pul muno-
sabatlarining yanada taraqqiy etishi natijasida majburiyatlar o‘zining
avvalgi rasmiyatchiligini yo‘qotib, bir tomonlamalikdan ikki
tomonlamalikka aylangan, unda ishtirok etuvchi subyektlar ham
huquqqa,  ham majburiyatga ega bo‘lganlar.
Rim fuqarolik huquqi majburiyatlarning vujudga kelish asos-
larini ikki qismga bo‘lganlar. Ayniqsa, huquqshunos Gay


132
majburiyatlarni shartnomalar asosida vujudga  kelishini, hamda
deliktlardan (huquqni buzishdan) kelib chiqadigan majburiyatlarga
bo‘lgan.
Majburiyatlarni keltirib chiqaradigan muhim huquqiy asoslar-
dan biri shartnoma hisoblangan. Ayniqsa, shartnomalar instituti-
ning rivojlanishi va takomillashishiga Rim davlatining sinfiy davrida
katta e’tibor qaratilgan. Shartnomalar fuqarolik huquqining marka-
ziy institutlaridan biri bo‘lib, ular doimo da’volar orqali himoya
qilingan, lekin Rim huquqshunoslari majburiyatlarni boshqa
asoslardan kelib chiqishini ham isbotlab berganlar. Masalan,
kvazikontrakt va kvazideliktlar asosida, ya’ni shartnomalarga
o‘xshash hamda majburiyatlarni buzishga o‘xshash asosda vujudga
kelganligini ham tushunib yetganlar.
Deliktlar asosan huquqni buzish, mulkka zarar yetkazish
yoki qonun tomonidan man etilgan munosabatlarni amalga oshirish
asosida kelib chiqqan. Deliktlar haqida qadimgi rim huquqining
dastlabki rivojlanish davrlarida ham tasavvur mavjud bo‘lib, ular
majburiyatlar bajarilmagan taqdirda jarimalar solish va undirish,
umuman fuqarolik huquqiy javobgarliklarning mavjud ekanligini
e’tirof etib, o‘sha normalarni, qoidalarni majburiyat huquqiy
munosabatlariga qo‘llaganlar. Ulardan tashqari, shartnomalar va
deliktlarning bir-biridan yana bir farqi shartnomalar asosida kelib
chiqadigan majburiyatlarning meros tariqasida merosxo‘rlarga
o‘tkazilishi, deliktlar asosida vujudga kelgan majburiyatlar esa
bunday vakolatga ega bo‘lmaganliklarini qayd qilganlar.
Rim huquqshunoslari majburiyat huquqiy munosabatlari
shartnomalar hamda deliktlar asosida vujudga kelishidan tashqari,
bu munosabatlar shartnoma va delikt bo‘lmagan taqdirda ham
vujudga kelganliklarini tushunib yetganlar. Ularni yuridik faktlar,
paktlar, harakat va hodisalar natijasida ham kelib chiqishini
tasavvur qilganlar. Hatto huquqshunos Gay majburiyatlarni
vujudga keltiruvchi asoslarni turlarga bo‘lishdan voz kechgan.
Lekin  Yustinian digestlariga muvofiq Gay majburiyatlarning
vujudga kelishini quyidagi to‘rt asosga bo‘lgan:
1) kontraktlar asosida — (ex contractu);
2) deliktlar  asosida, — (ex delicto);


133
3) kontraktlarga o‘xshash asosda — (qvasi ex contractu);
4) deliktlarga o‘xshash asosda — (qvasi ex delicto).
Mashhur huquqshunos Yustinian kodifikatsiyasining asos-
chilaridan biri — professor Teofil VI asrga kelib, to‘rtta asosda
majburiyat huquqiy munosabatlarining vujudga kelishini isbotlab
berdi va bu asoslar birinchi marotaba Napoleon fuqarolik kodeksida
(1804) o‘z ifodasini topdi, keyinchalik esa barcha burjua  davlatlariga
tarqalib, hozirga qadar to‘liq qo‘llanilib kelinmoqda.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish