Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev


-§. Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

8-§. Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash
Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash deb, qarzdor tomo-
nidan olingan va uning zimmasida bo‘lgan vazifani bajarishga
majbur qiladigan choraga aytiladi. Majburiyat bajarilishini
ta’minlashning mohiyati shundan iboratki, qarzdor zimmasida
bo‘lgan majburiyat belgilangan muddatda bajarilmasa, kreditorda
ziyonlarni undirishga qaratilgan huquq paydo bo‘ladi. Majbu-
riyatlarning bajarilishi har xil usullar bilan ta’minlanadi. Rim


140
huquqshunoslarining fikricha, majburiyatning bajarilishini
ta’minlash zakalat, kafolat, garov va neustoyka usullaridan iborat
bo‘ladi.
Zakalat. Zakalat berish rim huquqida «arra» yoki «arrxa» deb
atalgan va u qimmatbaho biror narsani garovga qoldirish degan
ma’noni bildirgan. Keyinchalik zakalat boshqa huquqiy
munosabatlarda, jumladan: oldi-sotdi va pudrat shartnomalarda
qo‘llanila boshlagan. Umumiy qoidaga ko‘ra, ilk davrlarda majburiyat
bajarilmasa zakalat qaytarib berilgan. Imperator Yustinian davriga
kelib, zakalat  jarima vazifasini o‘tay boshlagan. Agar xaridor
majburiyatni bajarmasa, u bergan zakalat sotuvchida qolgan. Agarda
sotuvchi majburiyatni bajarmasa, u holda u bergan zakalatni ikki
barobar qilib qaytarishi lozim bo‘lgan. Aslida zakalat tushunchasi
Rim davlatiga Sharqdan kelgan bo‘lib, bu odatni imperator
Yustinian 628-yilda qonunlashtirgan.
Kafolat. Majburiyatni ta’minlash usullaridan biri kafolat
hisoblanadi. Kafolat tushunchasiga huquqshunos Gay keng ta’rif
bergan. Agarda qarzdor majburiyatni bajarmasa yoki olingan qarzni
o‘z vaqtida to‘lamasa, boshqa biror shaxs ushbu majburiyatning
ijrosini o‘z zimmasiga olishi mumkin bo‘lgan. U qarzdor uchun
kafolat bergan. Kafolat asosan stiðulyatsiyada keng qo‘llanilgan.
Bunday kafolat Rim davlatining badavlat fuqarolariga nisbatan
ta’sir o‘tkazishda, hattoki ularni o‘zlariga tobe qilishning
shakllaridan biri hisoblangan. Majburiyat o‘z vaqtida ijro etilmagani
uchun kreditor nafaqat qarzdorga, balki kafolat bergan shaxsga
nisbatan ham chora ko‘rishga haqli bo‘lgan.
Agar qarzdorning o‘rniga kafolat bergan shaxs qarzni to‘lab
yuborsa, keyinchalik u qarzdorga nisbatan regress da’vo huquqiga
ega bo‘lgan. Qarzdor esa kafolat bergan shaxsga ikki barobar qilib
qarzini  qaytarishi lozim bo‘lgan.
Garov. Yustinian digestlarida aytilishicha, garovga narsa qo‘ygan
kishi o‘zini majburiyatlar bilan bog‘lab ko‘yadi. Shuning uchun
ham garov Rim davlatida pignus, ya’ni «kishan» deb atalgan. Garov
tushunchasini ko‘proq shartnomaga qo‘shimcha majburiyat deb
e’tirof etishgan. Garovning mohiyati shundan iboratki, majburiyat
qarzdor tomonidan ijro etilmaganida kreditor o‘zining talabini


141
garovga qo‘yilgan mulk hisobidan birinchi navbatda undirish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Rim davlatining yanada rivojlanishi
natijasida kreditorga garovni sotish huquqi berilgan. Ba’zi hollarda
garovga qo‘yilgan narsa bir necha kreditorga tegishli bo‘lgan. Unda
pretor, eng avvalo, birinchi kreditorning huquqini himoya qilgan.
 Rim davlatining sinfiy davriga kelib garovning usuli sifatida
iðoteka vujudga keldi. Ipoteka usuli Greklar va Yegiðet davlatlarining
huquqi ta’sirida takomillashib bordi. Ipoteka ko‘chmas mol-mulklarga
qo‘llanilgan.
Garov quyidagi holatlarda bekor bo‘lgan:
— garovga qo‘yilgan ashyo nobud bo‘lganida;
— garov bilan ta’minlangan majburiyatning bajarilishi
natijasida.
Neustoyka. Neustoyka deb, qarzdor shartnoma bilan belgilangan
majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda
kreditorga to‘lashi shart bo‘lgan pul summasiga aytiladi. Bunda
tomonlardan biri shartnomaga asosan qo‘yilgan shartni bajarmagan
taqdirda, jarima to‘lashni o‘z zimmasiga oladi. Kreditor uchun
buning ikki tomonlama foydasi bo‘lgan:
birinchidan, shartnomaning bajarilishi ta’minlangan;
ikkinchidan, unga yetkazilgan zarar qoplangan.
Yustinian digestlarida bu jarimani to‘lashga majbur qilish
mumkin emasligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan. Ammo bu odat
majburiyatni bajarmagan qarzdorlarga nisbatan qo‘llanilavergan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish