Ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y a s. Isxakov, V. Topildiyev



Download 1,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/136
Sana30.12.2021
Hajmi1,33 Mb.
#152516
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   136
Bog'liq
Rim huquqi. Isxakov S., Topildiyev V., Raxmanov A. Darslik. (1)

3-§. Legisaksion protsess
Qadimgi Rim jamiyatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri
legisaksion jarayonning hayotga tatbiq etilishi bo‘ldi. Legisaksion
jarayon eng ko‘p qo‘llaniladigan universal xarakterli sud
protsessidir.
Legisaksion protsess qadimgi fuqarolik protsesslaridan biri
bo‘lib, bu protsess ikki bosqich, ya’ni in jure (in yure) va in
judicio (in juditsio) bosqichlaridan iborat.
Birinchi bosqichda huquqi buzilgan shaxs sudda ish qo‘zg‘atish
haqida magistratga arz qiladi. Shikoyat qilgan shaxsning arizasini,
da’vosini sudda ko‘rilishi mumkinligi ko‘rib chiqiladi.
Legisaksion jarayon—ariza talablarini ko‘rib chiqishning turli
shakllari bo‘lib, ular quyidagilardan tashkil topgan:
— protsessda ishtirok etuvchi da’vogar va javobgarlarni
aniqlash;
— sudya tayinlashni talab qilish;
— ma’lum pul miqdori va narsalarni talab qilish, garovga
qo‘yish yoki magistratga topshirib qo‘yish.
Bu protsessda asosan da’vogar javobgarni da’vo qilinayotgan
nizo va uning predmeti bilan tanishtirgan. Pretor tomonidan
tayyorlanishi lozim bo‘lgan formulalar uchun  asos yaratilishi,
ayniqsa da’voning obyekti, uning jinsiy belgilarini ko‘rsatish va
boshqa dalillarning hozir bo‘lishi lozim bo‘lgan.
Da’vogar o‘z da’vosini amalga oshirish uchun pretordan da’vo
formulalarini berishni talab etgan va bu formulalar pretor
tomonidan berilgan.Javobgar esa da’vo bilan tanishish uchun
da’vogar bilan kelish, pretor tomonidan tuzilgan formulalarni
ko‘rib chiqish, sudyani tanlash, nizoni tasdiqlash kabi harakatlarni
amalga oshirishi lozim.
Agar da’vodagi zararning pul miqdori qat’iy belgilangan bo‘lsa,
javobgar uni to‘lash yoki ishni sudda ko‘rmaslik imkoniyatlarini
o‘ylardi. Agarda magistrat tomonidan yoki da’vo arizasi orqali
aniqlangan summa ma’lum bo‘lsa, uni to‘lash - qoplash uchun
javobgarga murojaat etilardi, vaholanki javobgar uni o‘z roziligi
asosida qoplasa, bu nizo sud protsessida ko‘rilmasdan qoldirilar va
nizo hal qilingan deb hisoblanardi.


41
Pretor da’voning predmeti va summasini aniqlab, yozma
ravishda da’vogarga beradi, da’vogar esa javobgarga olgan
formulaning nusxasini o‘qib eshittiradi. Javobgar bu formulani
eshitib, hech narsa demasa, u o‘zini sud protsessiga yoki ishni
sudda ko‘rib chiqish uchun topshirgan deb hisoblanardi.
Gay institutsiyalarida ko‘rsatilganidek, sud tomonidan ishni
mazmunan ko‘rib chiqish uchun muddat belgilangandan keyin,
ular uchinchi kuni sudyaga kelishlari lozim bo‘lgan.
Sud protsessi erkin og‘zaki shaklda bo‘lib, unda dalillarni
baholash munosabatlari amalga oshirilgan. Dalillar esa guvohlar
ko‘rsatmalari, voqea joyini ko‘zdan kechirish, hujjatlar va
qasamyod qabul qilinishi (yoki qasamyod) hisoblangan. Da’vogar
o‘z da’vosini asoslash va dalillar taqdim etish majburiyatini,
javobgar tomonidan esa o‘zining e’tirozini asoslaydigan faktlar va
ularning taqdim etilishi talab etilgan. Sudya ushbu protsess yuza-
sidan mashhur huquqshunoslar bilan maslahat qilishi mumkin
edi, ammo hal qiluv qarori va verdiktni chiqarishda o‘zi mustaqil
javobgar bo‘lardi.
Pretor sud qarorlarining ijrosi uchun ham mas’ul bo‘lib,
sud qarorining aynan Rim shahrida yoki javobgarning turar joyida
bajarilishini majburiy normalar bilan tartibga solishi mumkin edi.
Qadimgi Rim davlatida sud tomonidan qabul qilingan qarorlar
bekor qilinmagan, ammo sud qarorlaridan norozi bo‘lgan tomon
pretorga murojaat qilib, sud qarori asosida kelib chiqqan yuridik
oqibatlarni yo‘qqa chiqarish va harakatni dastlabki holatiga keltirish,
yoki qaytadan tiklash kabi iltimosnoma yoki murojaatlar qilgan.
Bu esa, pretorga katta imkoniyatlarni yaratib, hatto bu voqelikka
huquqiy normalarni qo‘llash mumkin emas deb hisoblab, iqtisodda
hukmron bo‘lgan sinfning erkini, irodasini va manfaatini himoya
qilgan.
Rim xususiy huquqida voqelikni dastlabki holatiga keltirish,
uni qaytadan tiklash restitutsiya deb atalgan.  Restitutsiyani qo‘llash
quyidagi hollarda amalga oshirilgan:
birinchidan, voqelik yoki sodir etilgan harakat orqali, yoki
vaqtni o‘tkazib yuborish asosida mulkiy yoki mulkiy xarakterga
ega bo‘lmagan shaxsiy zararning yetkazilishi natijasida;


42
ikkinchidan, restitutsiyani talab qilayotgan shaxsning asoslari
bo‘lsa (ya’ni,  shartnomani qo‘rqitish, aldash yoki yanglishish
kabi usullarda tuzilganligini isbotlasa);
uchinchidan, o‘z vaqtida (kechiktirmasdan) qilingan  iltimoslar
asosida.
Yuqorida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lgan hollarda pretor
ularni asosli deb topsa, sodir etilgan harakat bo‘yicha yuridik
oqibatlar to‘xtatiladi va barcha harakat dastlabki holatiga qaytariladi
yoki qaytadan tiklanadi.
Rim fuqarolik protsessida dastlabki vaqtlarda vakillik instituti
qo‘llanilmagan. Lekin, alohida hollarda, ya’ni «ozodlik uchun,
xalq uchun, vasiylik va homiylik» bilan bog‘liq munosabatlarda
vakillikka yo‘l qo‘yilgan. Vakilning harakatini vakolat bergan shaxs
qo‘llab-quvvatlashi lozim bo‘lgan. Sudyalar o‘z qarorlarini vakilga
asoslanib qabul qilganlar. Vakil esa vakolat bergan shaxsga
tushuntirib, to‘lanishi lozim bo‘lgan summalarni to‘lash, ashyo-
larni qaytarish kabi masalalarni amalga oshirgan.
Keyinchalik esa vakillik tomonidan voyaga yetmagan shaxslar
o‘rtasidagi munosabatlar, xotin-qizlar bilan bog‘liq harakatlar,
davlat ishlari yuzasidan safarga ketgan shaxslarning o‘rniga, kasalligi
tufayli o‘z huquqlarini himoya qila olmaydigan yoki sudda qatnasha
olmaydigan shaxslarning ishlarida ham vakilning qatnashishiga
ruxsat berilgan. Rim fuqarolik protsessida prokuratura instituti—
ya’ni javobgar nomidan vakillik qilish rasmiy ravishda, ba’zan
esa norasmiy asosda amalga oshirilgan.
Ulardan tashqari vakil qilib olinmasdan, tomonlarga yoki
protsess ishtirokchilariga og‘zaki ravishda yuridik yordam beruvchi
(advosati) advokatlar ham qatnashgan.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish