114- . Til va hiqildoqqa kirish qismi.
1–rima glottidis; 2–plica vacalis; 3–plica vestibularis; 4–plica aryepiglottica; 5–epiglottis; 6–plica
glossoepiglottis lateralis; 7–tonsilla palatina; 8–foramen caecum linguae; 9–papillae foliatae; 10–papilla vallatae; 11–papillae conicae; 12–papillae filiformes; 13–apex linguae; 14–sulcus
medianus linguae; 15–dorsum linguae; 16–corpus linguae; 17–papillae fungiformes; 18–sulcus terminalis; 19–folliculi linguales; 20–tonsilla palatina; 21–radix linguae; 22–plica glossoepiglottica mediana; 23–vallecula epiglottica; 24–recessus piriformis; 25–tuberculum cuneiforme; 26–tuberculum cornicularum; 27–incisura interarytenoidea.
1.
Ipsimon so‘rg‘ichlar – papillae filiformes et conicae tilning ust yuzasida duxobasimon tus berib joylashgan. Bu so‘rg‘ichlar
ovqatni qabul qilishda, chaynashda va halqumga yo‘naltirishda hamda ovqat luqmasining yumshoqligi va uning mexanik xususiyatlarini sezishda qatnashadi.
2.
Zamburug‘simon so‘rg‘ichlar – papillae fungiformes tilning uchi va yonlarida joylashgan bo‘lib, ta’m bilishda xizmat qiladi.
3.
Halqa bilan o‘ralgan (tarnovsimon) so‘rg‘ichlar – papillae vallatae 7–12 ta bo‘lib, tilning ildizi va tana chegarasida, ko‘r teshikning ikki yonboshida rimcha “V” raqami shaklida joylashgan. Ularda ta’m bilish so‘g‘onlari juda ko‘p.
4.
Varaqsimon yoki bargsimon so‘rg‘ichlar – papillae foliatae kitob varaqlari kabi tilning yonlarida joylashib, ta’m bilishda qatnashadi.
Tilning pastki yuzasi faqat oldingi qismidagina erkin, qolgan qismi til ildiziga qo‘shilib ketgan. Pastki yuzadagi shilliq qavat hisobiga ikkita g‘ijim burma (plica sublingualis) hosil qilgan.
Til murtagi – tonsilla lingualis tilning shilliq qavatida yakkama -yakka yoki to‘planib joylashgan limfoid to‘qimadan iborat. Murtaklar ko‘proq til ildizi sohasida uchraydi.
Til muskullari xususiy va skelet muskullaridan iborat. Uch juft skelet muskullari skeletning biror joyidan boshlanib, tilga tutashadi.
1. Engak-til osti muskuli – m. genioglossus pastki jag‘ suyagining engak o‘simtasidan boshlanib, tilga tutashadi. Muskul qisqarib tilni pastga va orqaga tortadi (126- ).
2. Til osti-til muskuli – m. hyoglossus
til osti suyagidan boshlanib, tilning yon tomonlariga tutashadi. Tilni pastga va orqaga tortadi(115- )..
3. Bigiz-til muskuli – m. stylogossus chakka suyagining bigizsimon o‘sig‘idan boshlanib, tilning yonboshiga tutashadi. Muskul qisqarib, tilni yuqoriga va orqaga tortadi(126- )..
115- . Til va halqum muskullari.
1–m. tensor veli palatini; 2–lamina lateralis processus pterygoidei; 3–m. levator veli palatini; 4–m.
constrictor pharyngis superior; 5–m. stylopharyngeus; 6–lig. stylohyoideum; 7–m. hyoglossus; 8–m. constrictor pharyngis medius; 9–membrana thyrohyoidea; 10–m.
constrictor pharyngis inferior; 11–esophagus; 12–trachea; 13–m. cricothyroideus (pars obliqua); 14–m. cricothyroideus (pars recta); 15–cartilago thyroidea; 16–m. thyrohyoideus; 17–os hyoideum; 18–m. geniohyoideus; 19–mandibula; 20–m. genioglossus; 21–m.
longitudinalis inferior; 22–lingua; 23–maxilla; 24–m. buccinator; 25–m. styloglosus; 26–tuber maxillae.
Tilning xususiy muskul tolalari turli tomonga yo‘nalgan. Bu holat tilda ustki va pastki bo‘ylama muskul m. longitudinalis superior et inferior, ko‘ndalang (m. transversus) va tikka yo‘nalgan (m. verticalis) muskullar borligini ko‘rsatadi. Bu muskul tolalari o‘zaro tutashib, chirmashib ketgan. Buning natijasida til turli tomonga burilib, o‘z shaklini o‘zgartirish xususiyatiga ega. Tilning muskullari ensa miotomlaridan rivojlanganligi sababli bitta – til osti nervi – n. hypoglossus (XII juft) hisobiga innervatsiya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: