131- . Burun bo‘shlig‘i.
1–sinus frontalis; 2–concha nasalis superior; 3–meatus
nasi superior; 4–os nasale; 5–atrium meatus medii; 6–concha nasalis media; 7–meatus nasi medius; 8–vestibulum nasi; 9–concha
nasalis inferior; 10–meatus masi inferior; 11–labium superius; 12–palatinum durum; 13–ostium pharyngeum tubae auditivae; 14–palatum molle; 15–axis; 16–arcus
anterior atlantis; 17–tonsilla pharyngea; 18–labium pasterius torus tubarius; 19–meatus nasopharyngeus; 20–
sinus sphenoidalis; 21–apertura sinus sphenoidalis; 22–recessus sphenoethmoidalis; 23–crista galli.
Burun bo‘shlig‘ida uchta turtib chiqqan chig‘anoq bo‘shliqni uch yo‘lga bo‘ladi. Ularning yuqori yo‘li (meatus nasi superior) g‘alvir suyakning tepa va o‘rta burun chig‘anoqlari orasida joylashgan. Bu yo‘lga g‘alvir suyakning orqa kataklari (cellulae ethmoidales) va ponasimon suyak tanasidagi bo‘shliq (sinus sphenoidalis) ochiladi.
Burun bo‘shlig‘ining o‘rta yo‘li (meatus nasi medius) o‘rta va pastki chig‘anoqlar oralig‘ida joylashgan bo‘lib, unga g‘alvir suyakning o‘rta va oldingi havo saqlaydigan kataklari (cellulae ethmoidales anteriores et media) va sinus maxillaris ochilib turadi.
Bundan tashqari, g‘alvir suyakning piyozsimon o‘simtasi (bulla ethmoidalis) bo‘lib, uning oldidagi voronkasimon kanal (infundibulum ethmoidale) orqali burun bo‘shlig‘ining o‘rta yo‘li (cellulae ethmoidales anteriores) peshona suyagi (sinus frontalis) bilan qo‘shilib turadi. Yo‘lning orqa tomoni ponasimon tanglay teshigi (foramen sphenopalatinum) orqali ponasimon tanglay chuqurchasiga qo‘shiladi. Burun bo‘shlig‘ining pastki yo‘li (meatus nasi inferior) pastki burun chig‘anog‘i bilan burun bo‘shlig‘i pastki chegarasi orasida joylashgan. Bu yo‘lning oldingi qismiga ko‘z yoshi-burun kanali (canalis nasolacrimalis) ochiladi.
Burun bo‘shlig‘i qon tomir va bezlarga boy bo‘lgan shilliq qavat bilan qoplangan. Bundan tashqari, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatida kiprikli epiteliy ham bo‘ladi. Shuning uchun burun bo‘shlig‘iga kirgan havo
qon tomirlar yordamida isib, bez suyuqliklarida namlanadi, kipriklar yordamida ushlangan havo tarkibidagi chang zarrachalarini bezlar qamrab oladi. Shilliq qavat ostida qon tomirlari, ayniqsa vena chigallari yaxshi rivojlangan. Burun bo‘shlig‘ining yuqori qismidagi shilliq qavatda (hidlash sohasida) hidlash nervlarining oxirlari joylashgan. Burun bo‘shlig‘i shilliq qavati shamollab shishadigan bo‘lsa, qon tomirlar devori yorilib,
qon oqishi, nafas olish qiyinlashishi mumkin. Odatda, burun bo‘shlig‘ining o‘rta va pastki qismiga nafas olish bo‘lagi deyiladi. Burun bo‘shlig‘i yon devoridagi chig‘anoqlar va uning atrofida joylashgan kovaklar burun bo‘shlig‘i yuzasini oshirib, nafas olganda burunga kirgan havoning tozalanishini, namlanishini va ilishini ta’minlaydi. Burunga kirish qismi – noksimon teshik (apertura piriformis) oldindan burun suyaklari va tog‘aylari bilan chegaralanib, burunning old devorini hosil qiladi. Burunning qanot tog‘aylari (cartilago nasi lateralis)
uchburchak shaklli, bir juft bo‘lib, yonbosh qismida burun qanotlarini, pastda burun qirrasini hosil qiladi. Tog‘aydan tuzilgan o‘rta devor (cartilago septi nasi) burun teshigini ikkiga bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: