JALOLIDDIN RUMIYNING
“Ichingdagi ichingdadir”
ASARI
Bajardi:
Kuvvatov Abdulaziz
Botirov Murodjon
Al Buxoriy universiteti
12-Dekabir 2021 yil
Reja:
1, Jaloliddin Rumiyning xayoti va ijodi
2, Jaloliddin Rumiyning asar va xadislari
3, Jaloliddin Rumiy asar va xadislarining mazmun va moxiyati.
Jaloliddin Rumiy
(1207-1273)
Jaloliddin Rumiy yoki Movlono Rumiy nomi bilan mashhur bo’lgan zot dunyoning ulug’ donishmandlaridan biri bolib u 1207-yil Avg’onistonning Balx tumanida dunyoga kelgan. Xozirgi Tojikistonning Vaxsh shaxri Xorazimshoxlar mamlakatida, sultonal ulamo laqabini olgan ulug’ shayx Muhammad Balovaddin Valad xonadonida dunyoga kelgan. Balovuddin Valad Muhammad xorazimshox bilan kelisholmay, oilasi muridlarini olib Balxdan chiqib ketadi va Makka safaridan so’ng Iroqu-Ajam shaxarlarini kezib ahiri Turkiyaning Koniya shahrida qo’nim topadi. Saljuq sultonlari tarafidan izzat-ikrom bilan qabul qilingan
Balovuddin Valad shu yerda muqin bo’lib qoladi. Bu orada mo’g’ul bosqini boshlanib Movvorounaxir va Xuroson o’t ichida qoladi. Balxning to’rt yuz ulamosi qatil qilinadi. Jaloliddin ota yurtiga qaytib kelmadi va o’zini anatoylik hisoblab Rumiy degan taxallus oldi. Jaloliddin Rumiy ko’plab asarlar yozib kelgan. Ilmiy doirada uni gox Kant, goh Spinoza, goh Hegel kabi faylasuflar bilan qiyoslaydilar. Ammo Movlono Rumiy xech kimga o’xshamadi. U muazzam Sharq taffakurining mo’jizali bir haykalidirxam anda tasavvuf taraqiyoti ham, ilmu xikmat va falsafa xam, sheriyat va manaviyat xam birlashib namoyon bo’ladi.
ICHINGDAGI ICHINDADIR ASARI
Payg’ambar Sallaloxu alayxi Vassalam buyuradiki: Olimlarning yomoni amitlarni ziyorat qilgani amirlarning yaxshisi olimlarni ziyorat etganidir. Faqirning eshigiga kelgan amir naqadar xush va amirning eshigiga brogan faqir naqadar noxushdir.
Aslida fikirning xaqiqiy manosi xalq o’ylaganday emas balki shunday: Olimlarning yomoni amiridan yordam olgan va ular vositasidan o’z axvolini yaxshilagani, kuchga kirganidir. Amirlar menga inom beradilar meni izzat ikrom qiladilar va yaxshi joy exson etadilar, degan tushuncha bilan ularning qo’rquvi ostidao’qigan kimsa olimlarning eng yomonidir. Shu xolida bu kimsa amirlar tarafidan islox bo’lgan, bilimsizliklardan biladigan axvolga kelgan xisoblanadi. Olim bo’lganda xam amirlar qo’rquvdan va uularga yomonlik qilmaslikdan tarbiya ko’rgan bir insonga aylangandir. Endi istasa-istamasa, hamma vaqt bu yo’lga uyg’un tarizda xarakat etmog’I kerak bo’ladi. Xullas, bu vajdan zoxirin xox u amirni ko’rgani borsin, xox amir uning xuzuriga kelsin, baribir, u ziyorat qilgan, amir esa ziyorat qilingan bo’ladi.
Olim agar amirlar soyasida olim bo’lishni o’ylamasa uning bilimi ibtido va intixoda Ollox uchun qilingan bo’ladi. Uning tutgan yo’li va ko’rsatgan faoliyati savolidir. Chunki yaratilishi shundaydir, baliq suvdan boshqa yerda yashay olmaganidek u xam bunday o’zgasini qilolmaydi. Uning qo’lidan kelgani shu bunday bir olim xarakatlarini boshqarib yo’lga solib turgan narsa aqildir. Xamma undan qo’rqadi va insonlar bazan bilib, bazan bilmasdsan kigin u taratgan nurdan baxra oladilar. Xullas, bunday bir olim amir xuzuriga borsa, zoxiran ziyorat qilgan amir esa ziyorat qilingan bo’ladi. Ammo amir o’limdan xamma vaqt yuksalishga chorlovch bir quvvat - yordam oladi, o’limning esa amirga extiyoji yo’q. chunki u badavlatdir nur sochayotgann quyosh kabidir.
Arabning <> maqoldagi singari olim xam beradi-yu birovdan olmaydi. Nixoyat, bunday olimlar xaqiqattan ziyorat etilgan, amirlar esa ziyorat etgan bo’ladilar aytilganlarga uncha uyg’un bo’lmasa xam xayolimga ushbu oyatni tabsir etmoq fikri keldi. Ulug’ tangri: << Ey Payg’ambar, qo’l ostingizdagi asirlarga aytingki: OlloxuAkbar ko’nglizdagi yaxshi niyyatlar borligini bilsa sizdan olinganidan xam ko’prog’ini sizga beradi. Sizni yorlagaydir, Ollox yorlaguvchi va kechirguvchidir >>- deya buyuradi. Ushbu oyatning nozil bo’lishi sababi shudir: Mustafo (Ollox marxamat qilsin) kofirlarni kirib o’ldirgan mollarini g’animat ( qilich xaqqi o’laroq dushmandan olingan mol, pul, asir va x.k.) sifatida olgan.
Ulug’ Ollox buyuradi: asirlarga bildiringki siz avval askar to’pladingiz, o’z martligingizku paxlavonlaringizga quvvat va qudratingizga tamoman ishondingiz, o’z-o’zingizga<< biz unday qilaylik musulmonlarni bunday qilaylik shunday yo’q etaylik>> dedingiz. Lekin o’zingizdan qudratliroq bir soxib borligini ko’ra olmadingiz. Maqsadni ko’zlab qancha ishladingiz, qancha tadbir oldingiz, ammo hammasi aksincha bo’ldi. Endi qo’rquv ichida qolganingiz xolda tavba qilyapsiz sizda umit yo’q va tepangizda bir qudrat soxibi mavjudliginni ko’ryapsiz. Sizni qo’rquvdan qutqarmoqqa va xavfsizligingiz to’la ishonch bilan taminlanganini sizga bildirmoqqa qudratim yetadi. << Ollox kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur>>. Oq sigirdan qora sigirni vujudga keltirgan, qora sigirdan xam oq sigirni paydo qiladi. Buning uchun asir bo’lgan shu xolingizda mening xozir va nozir bo’lganimdan umidingizni uzmangki men xam sizning qo’lingizdan tutay. Chunki <>. Ulug’ Ollox buyuradiki: Ey asirlar qorquv va barcha paytlaringizda menga taslim bolganingizda men sizni qutqaraman, talanganu ziyon ko’rgan barcha narsangizni sizga qaytarib beraman. Sizni Oxirat saodatiga yaqinlashtiraman
Abbos: <>. Dedi.
Mustafo << Ollox bu aytgan gaoin uchun dalil ko’rsatmog’ingni istaydi>>, dedi.
Payg’ambar: qo’lingdagi barcha mollarni askarlarga tarqat, agar musulmon bo’lsang yaxshilikni istamog’ing lozim deb buyuradi. Shunda Rasulullox mening nimam qoldi, axir xamma narsamni talon taroj qildilar deydi. Shunda Rasulullox << ko’rdingmi tuzalmading, qanday bo’lsang o’shandaysan tuzalmading>>. Men senga aytaymi qayerda qancha moling borligini va qanday saqlayotganingni deyishi bilan, Abbos: << Xudo saqlasin>> deydi. Payg’ambar molingdan shunchasini onanga shunchasini falon devorni tagiga ko’mmadingmi va onanga men qaytmasam falonchasini falonchasiga va falonchasi sanga deb buyurmadingmi dedi. Abbos bularni eshitishi bilan - << Ey Payg’ambar xaqiqattan men seni xam eski maliklar Xoman va namrudlar kabi faqat dunyoviy bir davlatning soxibi deb bilardim. Bularni buyurgan vaxtingda mazkur davlatni gilzi iloxiy va rabboniy bir davlat ekanligi anglashildi>> dedi.
Sen o’z fikringa ishonib Xudoni ko’rmay qolding va barcha narsani Oliox Taolodan bilmaganing uchun Tangri bu sayin xarakatlaring kuchsizlanishiga sabab qildi. Shuning uchun bunday axvolda yuzingni Olloxga o’gir. O’zingni yomon yo’ldan qutqarmoq niyatida saadaqa ber va Olloxdan umidingni uzma
Agar xar bir narsa ko’ringann kabidek bo’lganida edi juda o’tkir va ziyrak ko’zlar soxibi Payg’ambar: << Narsani menga bo’lgani kabi ko’rsat >> deb faryod etmas edi . u bu bilan shunday demoxchi bo’ladi: xamma narsani boricha ko’rsat goxo biz tuzoqqa tushmaylik va yo’limizni xechqachon yo’qotmaylik.
Sening fikrin qanchalar porloq va go’zal bo’lmasin unikidan yaxshiroq bo’lolmaydi. O’zingdagi xar bir farq va tasavvurga ishonma, yolvor-da qo’rq. Chunonchi qancha qo’shinlar yuborgan taqdirimizdaq xam talofatga uchrab qo’rquv va ojizlik domiga tushgan vaqtimizda xam Olloxdan umidumizni uzmasligimiz kerak.
Inson xayolidagi narsa uni o’z orqasidan yetaklaydi. Masalan : bog’ xayoli boqqa, do’kon xayoli do’konga yetaklaydi. Faqat bu xayollar xaqiqatni yashiradi. Qachonki xayollar yo’qolib xaqiqat yuz ko’tarsa pushaymonlik xissi xam seni tark etadi. Bundan anglashiladiki o’ng va yuz sonlari yo’q, faqat bir bordir.
Masalan, bunga <>,narigilariga esa <> deydilar, yani valiy uchun <> va xalq uchun <> deydilar. Bu katta gunoxdir. Valiyni bir, boshqalarni ko’p ko’rmoq ko’rish va anglash yo’lini yo’qotmoqdir, ulkan fitnadir.
Podshox bir askarga yuz kishilik maosh tayin etgandi. Bundan qolgan askarlar norizo bo’ldilar. Podshox o’z-o’ziga; <>, derdi. Jang kuni keldi. Askarlarning hammasi qochdi, yolg’iz u kishigina jang qildi. Podshox; <>,- dedi.
Sen tanani boqding, ammo unda farqlash xossasi yo’qdir. Farq etish bir sifat . Axir ko’rmayapsanmi , jinning qo’l - 0yog’i bor , faqat farqlash xususyati yo’q. Farqlash sendagi kechayu kunduz maxrum bo’lgan narsani boqishga xarakat etmoqdasan. Uning bu bilan tirik ekanligini baxona qilmoqdasan. Sen uni boqding voyaga yetkazding va farq etish qudratiga parvossiz bo’lding. U nur yani latif mano berguvchi ko’z, quloq, va boshqa derzalardan, agar bular bo’lmasa, yani boshqa tirqishlardan o’zini ko’rsatuvchi bu xuddi: << Quyoshni chiroq bilan ko’ryapman>> deb, quyosh qarshisiga chiroq keltirib qo’yishga o’xshaydi. Aslida chiroq bo’lmasa xam quyosh o’zini senga ko’rsataveradi. Chiroqqa nima xojat. Olloxdan umidni uzmaslik keraqk. Umid- ishonch yo’lining boshi. Yo’lda yurmasang xam doim yo’lning boshini ko’zla. <>. Shunda xech qachon egrilik qolmaydi. To’g’rilik musoning xassasi kabidir, egrilik esa sexirgarning sexriga o’xshaydi. To’g’rilik xar doim yutadi. Agar yomonlik qilsang uni o’zinga o’zin qilgandirsan.
Sen extiyot bo’l va xech qachon umid uzma. Shoxlarga yaxshi yurmoq unchalik taxlikali emas gox bugun, gox ertaga bo’lsin baribir erraga baribir kallasi ketadi. Shoxlarning nafsi ajdaxo kabi bo’ladi. Chunki modomiki sen u tarafni ximoya etarkansan, natijada uni o’z boshingga balo qilajakdir.
Dengizga borib faqat birgina suv olish achinarli. Dengizdan olish mumkin bo’lgan dur,javoxir va boshqalar bo’la turib birgina suv olishning nima qimmati bor. Aqilli odamlar bu bilan qanday maqtanadilar va nima degan odam bo’ladilar. << Olam - bir ko’pik, Avliyolar bilimlari-dengiz , Dengiz duri qayerda>>.
Bu olam bir xas xashak bilan to’lgan ko’prikdir, dengiz chayqalishiva ko’pirib qaynashidan poklanadi. Ulug’ Ollox insonni bilimli ilimli va olim qilib yaratgani uchun Ollox tajallisini va benazar va porloq bir xolda ko’radi. Va bu go’zallik xech qachon tark etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |