Qo’rboshilar



Download 44 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi44 Kb.
#86285
Bog'liq
yangi qoʻrboshi


Qo’rboshilar

Fuzayl maxdum - Abdugʻafurbek oʻgʻli, Hoji Abdulkarim (19-asrning soʻnggi choragi, Karmana — 20-asrning 30-yillari) — Turkistonda sovet rejimiga qarshi qurolli harakat rahbarlaridan biri. Yirik ulamo sifatida Buxoro amirligida shuhrat qozongan. 20-asr boshlaridan Qorateginda beklik qilgan. Buxoro bosqinidan soʻng Sharqiy Buxoroga qizil armiya qismlari bostirib kelganida Fuzayl maxdum Qorategin qoʻrboshisi sifatida Ibrohimbeknint asosiy oʻrinbosari hisoblangan. 1921 yilda uning koʻl ostida 3 ming yigitdan iborat 26 ta qoʻrboshilar dastalari harakat qilgan. U Qorategin va Sherobod muzofotlarida qizil armiyaga qarshi kurash olib borgan. Fuzayl maxdum 1921 yil martda Darvoz (markazi — Qalʼayi Xumb)ni ozod etib, bu yerda bolsheviklar hukmronligiga barham bergan. Fuzayl maxdum Garm shahrida miltiqsozlik, oʻqdori yasash, harbiy kiyimlar tikish ustaxonalari ochgan. U oʻzi boshqargan viloyat hududida mustaqil siyosat yuritgan. Sadriddin Ayniynint yozishicha, " Fuzayl maxdum oʻz davlatini mustahkamlash uchun qogʻoz aqcha ham bosib chikargan". Qorategin va Darvoz qizil askarlar tomonidan bosib olingach, 1923 yil avg . oyida Fuzayl maxdum kichik miqdordagi askarlari bilan Afgʻonistonga oʻtib ketgan. Keyinchalik u bir necha marta Sharqiy Buxoro hududiga qaytib, qizil askarlarga keskin zarbalar bergan. Keyinchalik Hoji Abdulkarim nomi bilan Sharqiy Turkiston (Qashqar)dagi milliy ozodlik kurashida faol qatnashgan. 20-asrning 30-yillari oʻrtalarida u Qashqardagi sovet elchixonasiga topshirilgach, sovet rejimi tomonidan qatl qilingan.



Ibrohimbek, Ibrohimbek laqay, Mulla Muhammad Ibrohimbek Chaqaboy toʻqsabo oʻgʻli (1889, Dushanba atrofidagi Koʻktosh qishlogʻi — 1932.31.8, Toshkent) — Shoʻro xukumatiga qarshi kurash harakati raxbarlaridan biri. Ibrohimbek mahalliy madrasada saboqolgan. 1919 y.da Hisor begi huzurida qilgan xizmatlari evaziga qorovulbegi, keyinchalik Buxoro amiri tomonidan devonbegi, toʻpchiboshi va lashkarboshi lavozimlariga koʻtarilgan. Sobiq amir Olimxon 1921 y. boshlarida Ibrohimbekni butun qoʻshinlariga qoʻmondon qilib tayinlagan. Buxoro qoʻrboshilarining qurultoyi (1921.17.09) da Ibrohimbekka "Islom lashkarboshisi" degan unvon berilgan. U qisqa muddat ichida 10.000 nafardan ortiq askar toʻplab, Koʻlob, Baljuvon, Qorategin, Darvoz, Hisor viloyatlarini qizil qoʻshindan tozalagan. 1922 y. Dushanba sh. ni bosqinchilardan ozod etishda qatnashgan. 1923 y. bahorda Ibrohimbek qoʻl ostida faqat Sharqiy Buxoroda 47 ta qoʻrboshi dastalari harakat qilar, as-karlarining soni Hisorning oʻzida 20000 kishi edi. 1923 y. yozida u Hisor vodiysi va Panj daryosi atrofida qator muvaffaqiyatli qarbiy harakatlarni oʻtkazdi. 1925 y. yanvarda Ibrohimbek Surxon vohasida, Sherobod — Boysun atroflarida shoʻro qoʻshinlariga qarshi mu-vaffaqiyatli kurash olib borgan. Oʻrta Osiyo respublikalari tuzilgach, Ibrohimbek Tojikiston va Oʻzbekistonning , asosan, togʻlik viloyatlarida kurashni davom ettirgan. 1926 y. 21 iyunda keskin janglardan soʻng Afgʻoniston hudu-diga oʻtib ketgan. Ibrohimbek 1926 — 29 y. larda Kobul yaqinidagi Qalʼai Fotuda — sobiq amir Sayd Olimxonning qarorgohida yashagan. Ibrohimbek boshchiligidagi muho-jirlar Afgʻonistondagi siyosiy kurashga, harbiy mojarolarga qatnashishga majbur boʻlishgan (1928—29). 1928 y. ning oxirlarida Ibrohimbek Kobuldan Shim. Afgʻonistonga kelib, oʻz mavqeini mustahkamladi. 1929 y. 15 aprel — 31 mayda sovet qoʻshinlari Afgʻonistonga bostirib kirdi. Sovet qoʻshinlari 19 aprel Mozori Sharifni, 22 aprel da Toshqoʻrgʻon shaharlarini bosib olishdi. 1930 y. 24—25 mayda qoʻrboshilar qurultoyi chaqirilib, boʻlgʻusi jang harakatlari va chegaraning turli nuqtalaridan Tojikiston SSR hududiga oʻtish masalalari kelishib olindi. SSSRga qarshi yalpi hujum muddati qilib 3 iyul kunini belgiladi. Birok josuslar orqali bu rejadan vo-qif boʻlgan sovet rejimi rahbarlari zudlik bilan qarshi zarba uyushtirdilar. 1930 y. 20 iyunda 2-marta Afgʻonistonga bostirib kirishdi. Bir hafta davom etgan janglarda Ibrohimbek ning 839 jangchi-si, shuningdek, koʻplab tinch aholi vakillari oʻldirildi. Kuchlar teng boʻlmagan jangda Ibrohimbek magʻlubiyatga uchrab, oʻzining yaqin safdoshi Oʻtanbek qoʻrboshi va qarbiy kuchlari bilan Qora Botir togʻlariga chekindi. 1931 y. boshlariga kelganda Ibrohimbek oʻz harakatini faollashtirib, muhojirlarning tarqoq kuchlarini yana birlashtirdi. Ibrohimbek 1500 kishilik saralangan qoʻshini va 8 ta qoʻrboshisi bilan 1931 y. 30 martda Tojikiston Respublikasi hududiga kirgan. Ibrohimbek qoʻshini bilan shoʻro askarlari oʻrtasida aprel—iyun oylarida shiddatli janglar boʻlgan. 12 iyunda Oqbosh togʻidagi soʻnggi jangda Ibrohimbek yaralanib, magʻlubiyatga uchragan. 1931 y. 23 iyunda chekistlar tomonidan qoʻlga olinib, Toshkentga olib kelingan. 1932 y. mart oyida I. sud qilinib, 31 avg . da qatl qilingan.

Ochilbek, Ochil dev (taxminan 1883, Samarqand yaqinidagi Qoʻshtamgʻali qishlogʻi — 1923.10.5, Kitob atrofidagi Varganza qishlogʻi) — Samarqand viloyatida sovet rejimiga qarshi harakat rahbarlaridan biri. Oʻzbeklarning nayman urugʻidan boʻlgan. Samarqand va Toshkentdagi jadid maktablarida tahsil olgan. Gʻuzor beki Sayd Akram toʻra (Buxoro amiri Olimxonnnng amakisi) xizmatida boʻlib, harbiy ishni oʻrgangan. 1918 yil oxirida u boshchilik qilgan guruh Samarqand viloyatida qizil askarlarga qarshi hujum boshlagan. 1921 yildan Turkiston milliy birligi siyosiy tashkiloti koʻrsatmalari asosida ish olib borgan. Validiy uning qarorgohida boʻlib, bolsheviklarga qarshi kurashga gʻoyaviy rahbarlik qilgan (1922). Ochilbek boshchiligida 10 ta qoʻrboshi (Kattaqoʻrgʻonda Qoraqulbek, Urgutda Hoji Abdulqodir, Jizzax atrofida Maʼmur Niyozbek va Toʻrabek, Matcho bekligida Asrorxon, Nusratshoh, Hamidbek, Oʻratepada Xolboʻtabek va boshqalar) va 4000—5000 yigit faoliyat koʻrsatgan. U Samarqand viloyatidagi boshqa yirik qoʻrboshi — Bahrombek (vafoti 1922) bilan hamkorlikda harbiy hara-katlarda qatnashgan. Ochilbekning hujumlari oqibatida Samarqand—Zarafshon hududidan Matcho togʻlari etaklariga qadar boʻlgan joylarda sovet xrkimi-yati agʻdarilgan. 1923 yil may oyining boshlarida Ochilbek oʻz guruhi bilan Shaxrisabzdagi vatanparvarlarga yordamga borgan. Kitob atrofida qizil askarlar bilan boʻlgan jangda halok boʻlgan, uning omon qolgan (130 yigit) dastasiga Ziyovuddin boshchilik qilgan.

Yormat maxsum (taxminan 1882— 1929) — Fargʻona vodiysida mustabid sovet rejimi va bosqinchi qizil armiyaga qarshi kurashgan istiqlolchilarning soʻnggi bosh qoʻmondoni (1923—29). Ulamo oilasida tugʻilib,yoshligida mukammal diniy tarbiya olgan. Yo. m. 1920 y.dan boshlab qizil armiyaga qarshi janglarda qatnashib, mohir qoʻrboshi sifatida nom chiqardi. KoʻproqOʻsh uyezdida Olay vohasida harakat qilgan. 1923 y. 17 iyulda Oltiariqdagi Shunkmozor qishlogʻida boʻlgan Fargʻona vodiysi qoʻrboshilarining qurultoyida u Fargʻona istiqlolchilarining bosh qoʻmondoni etib saylandi. Unga amir lashkarboshi unvoni berildi. Ahmad polvon, Qoraboy, Umar Ali, Mama Roʻzi kabi qoʻrboshilar va ukasi Hoji ponsod uning eng yaqin yordamchilari edi. Yormat maxsum murakkab bir davrda istiklolchilarga rahbarlik qildi. 1923 y. avg .da Soʻx qishlogʻida boʻlgan qurultoydan keyin u oʻz harbiy kuchlarini 2 qismga ajratib, birini Soʻxda qoldiradi, ikkinchi qismini esa Olay vohasiga joʻnatadi. Yormat maxsum 1924 y.da boʻlgan janglarda asosiy kuchlardan ajralsa ham, u 1925—29 y.larda Margʻilon, Qoʻqon, Soʻx tomonlarda kurashni davom ettirdi. Bu paytda uning ixtiyorida 2000 yigit va 10 ta qoʻrboshi boʻlgan. 20y.larning oxirida uning asosiy qarorgohi Soʻx yaqinidagi Haydarkon qishlogʻi (hoz. Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh viloyati hududida) edi. 1929 y. Haydarkonda boʻlgan janglarning birida Yormat maxsum mardlarcha halok boʻldi.

Islom polvon, Islomqul Sultonqulov (?—Qoʻqon—1923) — Fargʻona vodiysida Sovet tuzumiga qarshilik koʻrsatish harakatining bosh qoʻmondoni (1923). Mutasavvif shayx va polvon sifatida Fargʻonada mashhur boʻlgan. Turkiston mustaqilligi uchun chor Rossiyasiga qarshi koʻtarilgan gʻalayonlarda qatnashgan (1909—16). Islom polvon rahbarligida Qoʻqon va Oʻsh uyezdlaridagi Qoraboy, Mirza Umar, Eshmat boyvachcha, Madumar va Madali lashkar-boshilar, Hojixon Toʻra va b. qoʻrboshilar harakat qilgan. 1921—22 y.larda u Shermuhammadbekning oʻrinbosari edi. 1923 y. 1 yanvarda Shahrixonda boʻlgan qurultoyda Fargʻona vodiysida Sovetlarga qarshi harakatni boshqarish va qoʻrboshilar faoliyatini yagona maqsad sari yoʻnaltirib turish uning zimmasiga tushdi. Bu paytda Islom polvon qoʻl ostida 8000 yigit va 200 dan oshiq qurboshilar toʻplangan. Uning eng yaqin yordamchilari Qoraboy qoʻrboshi va Yormat maxsum edi. Bir qator muvaffaqiyatli jang harakatlaridan soʻng u Soʻx atro-fidagi jangda yengiladi (1923 y. avg .) va toqqa chiqib ketadi. Biroq Margʻilonga qaytib, yana kurashni davom ettiradi. 1923 y. 3 okt.da Islom polvon qizillar tomonidan asirga olinadi va 1923 y. dek.da Turkiston harbiy tribunale sayyor guruhi tomonidan (Qoʻqonda) otib tashlanadi.

Omon polvon [1856, Namangan viloyati Xizrobod (Qizil Rabot) qishlogʻi — 1923.13.6, Namangan] — Fargʻona vodiysida sovet rejimiga qarshi harakatning rahbarlaridan biri. 1918 yilgacha Qizil Rabot qishlogʻida ariq oqsoqoli vazifasini bajargan. 1918 yil boshlarida Fargʻona vodiysida qizil armiyaga qarshi qurolli harakat boshlagan 9 harbiy qoʻmondonning biri, Madaminbek va Shermuhammadbekning harbiy topshiriqlarini bajarib, 2500—3000 yigitga rahbarlik qilgan. Dadaboy (Toʻraqoʻrgʻon) va Maqsud (Uychi) uning eng yaqin qoʻrboshilari sanalgan. 1922 yilda Omon polvon Norin daryosidan Chustgacha boʻlgan xududni oʻz nazoratiga olgan. 1923 yil mayda qizil askarlar tomonidan qoʻlga olinib, keyinchalik otib tashlangan.

Parpi qoʻrboshi, Parpi [taxminan 1882, Andijon atrofidagi Qoʻqonqishloq (hozirgi Paxtaobod shahri) — 1921.9.4] — Fargʻona vodiysida sovet rejimiga qarshi harakat rahbarlaridan biri. 1918 yil boshlarida Fargʻona vodiysida qizil armiyaga qarshi harakat boshlagan 9 harbiy qoʻmondonning oltinchisi. Koʻqonqishloqdagi Kiziloyoq qishlogʻida qarorgohi joylashgan. Oʻz nomidan pul bosib, muomalaga chiqargan (1919 yil boshidan). Madaminbek va keyinchalik Shermuhammadbekning asosiy oʻrinbosarlaridan biri sifa-tida 3600 yigitga raxbarlik qilib, sovet rejimiga qarshi murosasiz ku-rash olib borgan. 1918—20 yillarda Andijon uyezdi Parpi qoʻrboshi yigitlari nazorati ostida boʻlgan. Jangda jasurligi va dushmanga nisbatan shafqatsizligi bois Parpi botir nomini olgan. Parpi qoʻrboshi qarorgohida koʻplab rus ofitserlari, jumladan, K. Osipov ham boʻlib, qizil armiyaga qarshi kurashganlar (yana q. Osipov isyoni). Qoʻqonqishloq bilan Boʻtaqora oʻrtasidagi Xayrobod qishlogʻida qizil askarlar bilan boʻlgan jangda ularni magʻlubiyatga uchratgan (1920). 1920 yil 24 noyabrda Qoʻqonqishloqda qizil askarlar bilan boʻlgan jangda ham gʻolib chiqqan va dushmanning 2 ta zambarak, 4 ta pulemyot va koʻplab qurol-aslahalarini oʻlja olgan. Qizil askarlarning 8-otliq brigadasi 1921 yil boshlarida shiddatli janglardan soʻng Parpi qoʻrboshi yigitlarini magʻlubiyatga uch-ratib, Qoʻqonqishloq va Omonchoʻrani egallashgan. Parpi qoʻrboshining 1000 kishilik guruhiga Isroil qoʻrboshi oʻz odamlari bilan koʻmakka kelsa ham, miqdor jihatdan ustun qizil askarlar Jalolobod va Uchqoʻrgʻonda boʻlgan janglarda ham gʻolib chiqishgan. 1921 yil aprel da boʻlgan ana shunday toʻqnashuvlarning birida Parpi qoʻrboshi ogʻir yarador boʻlib, vafot etgan.

Muhiddinbek, Moʻydinbek, Muhiddinbek Kattabek Usmon Aliyev (taxminan 1877, Olay vohasidagi Navqat qishlogʻi —1922.26.8, Oʻsh) — Fargʻona vodiysida sovet rejlmiga qarshi harakat rahbarlaridan biri. Turkiston muxtoriyati hukumatini faol qoʻllab-quvvatlab, bolsheviklarga qarshi kurashning sarchashmasida turgan. Katta Ergash, Madaminbek va Shermuhammadbeknint oʻrinbosarlaridan biri (1918—22). Mingtepada Yoʻlchi, Usmon Ponsod, Buloqboshida Yangiboy, Ahmad Polvon, Aravonda Shermat qirgʻiz, Oʻzganda Jonibek qozi kabi qoʻrboshilar M.ning eng nufuzli sardorlari edi, ixtiyorida 4500 yigit boʻlgan. Uning yigitlari 1918—21 yillarda qizil askarlarga zarbalar berib, Oʻsh uyezdini dushmandan muhofaza qilishgan. 1922 yil fevralda unga qarshi bolsheviklar faol jang harakatlarini boshladi. Oʻsh uyezdi atrofida bir oy davom etgan shiddatli janglarda Muhiddinbek lashkari magʻlubiyatga uchradi. Muhiddinbek va uning 7 ta safdoshi Oʻsh shahridagi Azret masjidida boʻlgan Inqilobiy harbiy tribunal majlisining hukmi bilan otib oʻldirildi.



Mulla abdulqahhor, Qahhorbek (1884, Gʻijduvon tumanidagi Saidkent qishlogʻi — 1924, Qizilqum) — Buxoroda kizil armiyaga qarshi harakat rahbarlaridan biri, yirik ulamo. Buxorodagi Mir Arab madrasasida tahsil olgan. Buxoro bosqinip&n soʻng , sobiq xukmdor Sayd Olimxonnint farmoni bilan M.A. Gʻarbiy Buxorodagi 15000 nafar askarga Bosh qoʻmondon qilib tayinlandi (1920 yil kuzi). Uning rahbarligida Buxoro, Karmana, Nurotadagi 20 dan ortiq qoʻrboshi guruxlari birlashtirildi. 1921 yilda M.A. Gʻijduvon, Shofirkon, Vobkent, Romitanda oʻz hokimiyatini oʻrnatgach, Nurota viloyatiga yurish qildi. Oʻz qarorgohini Nurotada joylashtirgach, bu yerdan atrof tumanlarga vakillarini joʻnatib, aholini qizil askarlarga qarshi kurashga koʻtardi. Sayd Olimxonning yozishicha, bu paytda uning qoʻl ostida 25000 yigit toʻplangan. M.A. Buxoroga yurish qilib uning bir kismini egalladi, Bahouddin Naqshband ziyoratgohini qizil askarlardan ozod qildi (1922 yil mart). Biroq, Turkiston fronti jangchilari, Zakaspiydan yetib kelgan S. M. Budyonniynnng otliqarmi-yasi va qizil askarlarning boshqa kuchlari M.A. qoʻshinini Buxorodan siqib chiqardi. Bu magʻlubiyatdan soʻng u 1923— 24 yillarda oʻz harakatlarini Karmana va Nurota viloyatlarida yana faollashtirdi. M.A. bilan Ibrohimbek va Sayd Olimxon oʻrtasida doimiy aloqalar boʻlgan. M.A. va Sayd Aʼzam Xoʻja imzolari bilan "Buxoro, Turkiston va Kavkazning barcha musulmonlariga" murojaatnoma chiqariltan (1924 yil mart). Kizil askarlar bilan boʻlgan toʻqnashuvlarning birida (1924.21.6) u ogʻiryarador boʻldi va magʻlubiyatga uchradi. 1924 yil yozi va kuzida Gʻijduvon tumanining Gʻishti va Katta Gʻamxoʻr qishlokdarida, Nurota togʻlarida, Shofirkon tumaniga tutash Kizilqumning Jilvon qumliklarida qattiq toʻqnashuvlar boʻldi. Kizilqumda boʻlgan ana shunday janglarning birida M.A. halok boʻldi.
Download 44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish