Son kanali (canalis femoralis). Sonning serbar fasciyasi son uchburchagi sohasida, son arteriyasi tashqi qirrasida ikkita, ya'ni yuzaki hamda chuqur varaqlarga bo‘linadi. Bularning birinchisi- son arteriyasi va venasining oldingi tomonidan, ikkinchisi ularning orqa tomonidan o’tadi. Bu ikkala varaq son venasining ichki yuzasida, undan 1,5 - 2 sm ichkarida ya'na o‘zaro birlashadi. Natijada ikkala varaqlar orasida, son venasidan ichkarida, uchburchaksimon bo‘shliq – son kanali (canalis femoralis) hosil bo‘ladi. Kanalning uzunligi 1,5 - 3 sm bo‘lib, u oldindan - serbar fastsiyaning yuzaki varag‘i, orqadan – shu fastsiyaning chuqur varag‘i va tashqaridan – son venasining ichki devori bilan chegaralanadi. Bu kanalning ichki teshigiga son xalqasi (anulus femoralis interna) deyilib, u tomir kovagining medial burchagiga to‘g‘ri keladi. Son xalqasi medial
tomondan chov boylamining davomi – lig. lacunare Gimbernati bilan, pastdan- lig.pectinale Cooperi, ya'ni qov suyagining taroqsimon qirrasi bilan, lateral tomondan- son venasi va oldindan (ustidan) chov boylami bilan chegaralanib turadi. Bu teshik- fascia transversaуe deb ataluvchi biriktiruvchi to‘qima yoki qorinning ko‘ndalang fastsiyasi va Pirogov – Rozenmyuller limfa tuguni bilan yopilan bo‘ladi. Son kanalining ichki teshigi (18 - rasm) orqali son churrasi chiqadi. Bu teshikning kengligi ayollarda 1,8; erkaklarda 1,2 sm ga teng kelib, buning sababi shundaki, ayollar chanog‘i erkaklarnikiga qaraganda keng bo‘ladi. Shuning uchun ham son churrasi erkaklarda ayollarga qaraganda 5 - 6 marta kam uchraydi.
Chov boylamidan bir oz pastda sonning teri osti venasi serbar fastsiyaning yuzaki varag‘ini teshib o’tadi va son venasiga ochiladi. Bundan tashqari, ko‘p sonli yuzaki limfa yo‘llari ham serbar fastsiyani shu уerdan teshib o’tib, chuqur chov limfa tugunlariga ochiladi. Buning natijasida serbar fastsiyaning yuzaki varag‘ida juda ko‘p teshiklar hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham bu joyni g‘alvirsimon fastsiya (fascia cribrosa) deb aytadilar. Undagi teri osti venasi kirgan teshikka shu venaning darvozasi (hiatus saphenus) deyiladi. Agar fastsiya olinsa, yuzaki varaqda ovalsimon (tuxumsimon) chuqurcha (fassa ovalis) ko‘rinadi.
Ovalsimon chuqurchaning tashqi qalinlashgan qirrasi yarimoysimon shaklga o‘xshaganligi uchun unga o‘roqsimon qirra (margo falciformis) deb nom berilgan. O‘roqsimon qirraning ikkita, ya'ni yuqorigi (corni superior) va pastki (corni inferior) shoxlari tafovut qilinadi.
Chiqayotgan son churrasi son kanalining ichki teshigidan hamda kanalning o‘zidan o’tib, sonning ovalsimon qurrasi sohasiga boradi. U уerda churra shu chuqurchani yopib turgan g‘alvirsimon fastsiyani teshib, yoki undagi teshiklarning biridan (masalan, hiatus saphenusdan) teri ostiga chiqadi. Churra chiqqan teshikka esa son kanalining tashqi teshigi (anulus femoralis externa) deyiladi.
Yopqich kanali (canalis obturatorius). Bu kanal son uchburchagining chuqur qavatlarida joylashgan. Ma'lumki chanoqdagi yopqich teshik (foramen obturatorium) membrana bilan yopilgan bo‘ladi. Shu membrana yopqich teshigining yuqori sohasida ikki varaqqa bo‘linib, ular yopqich egatchalarining (sulcus obturatorius) ikkala tomonlariga birikadi. Membrananing tashqi yuzasidan tashqi yopqich mushagi, uning ichki yuzasidan – ichki yopqich mushagi boshlanadi. Yopqich membrana varaqlari hamda yopqich egatchasi orasida hosil bo‘lgan torgina egatchaga – yopqich kanali deyiladi. Uning uzunligi 1,5 – 2 sm cha bo‘lib, tashqi teshigining teridagi tasviri chov boylamidan 1,2 -1,5 sm pastda va qov do‘mbog‘idan 2 – 2,5 sm tashqarida bo‘ladi. Kanal yuqori
tashqaridan, pastga ichkariga qarab qiyshiq holda o’tadi. Uning ichidan yopqich arteriyasi va venasi (a. et.v.obturatoriae) o’tib, ularni shu nomdagi nerv kuzatib boradi. Bundan tashqarida va oldindan nerv, undan ichkarida va orqada – arteriya, uning ichkarisida – vena joylashadi.
Yopqich arteriyasi kanalning o‘zidayoq oldingi va orqa tarmoqlariga (r.r.anterior et posterior) bo‘linadi. Bular yaqinlashtiruvchi mushaklarni qon bilan ta'minlab, son suyagini o‘rab turuvchi ichki arteriya hamda dumbaning pastki arteriyasi va sonning chuqur arteriyasini teshib o’tuvchi tarmoqlari bilan anastomoz hosil qiladi. Yopqich nervi ham oldingi va orqa tarmoqlarga (r.r.anterior et posterior) bo‘linadi. Birinchisi - oldingi yaqinlashtiruvchi mushakning oldingi yuzasidan, ikkinchisi – orqa yuzasidan o’tib, hamma yaqinlashtiruvchi va taroqsimon mushaklarni innervatsiya qiladi. Undan sonning medial yuzasiga teri tarmog‘i chiqadi.
Sonning orqa sohasi (regio femoralis posterior). Sohaning terisi yupqa, harakatchan, sonning orqa teri nervi bilan innervatsiyalanadi. Teri osti yog‘ to‘qimasi yaxshi rivojlangan bo‘lib, yuzaki fastsiyasi ikki varaqdan iborat.
Serbar fastsiyadan chiquvchi orqa medial mushaklararo to‘siq, shu уerdagi mushaklar yotqichini hosil qilishda qatnashadi. Yotqichda boldirni bukuvchi uchta mushaklar joylashadi. Bundan eng ichkarida yarimpay (m.semitendinosus), undan keyin yarimparda (m. semimembranosus) va sonning ikki boshli (m. bicepis femoris) mushaklari yotadi. Sonning ikki boshli mushagidan boshqa hamma mushaklar quymich suyagining do‘mbog‘idan boshlanadi. Ikki boshli mushak esa – son suyagi bilan tashqi to‘siqdan boshlanadi. Yarimpay va yarimparda mushaklari katta boldir suyagi do‘mbog‘iga, ikki boshli mushak – kichik boldir suyagining boshchasiga (caput fibulae) birikadi. Katta yaqinlashtiruvchi mushakni teshib o’tuvchi arteriyalar son orqa sohasidagi mushaklarni qon bilan ta'minlaydi. Ularning innervatsiyasi esa quymich nervi tarmoqlari hisobiga amalga oshadi. Quymich nervi, sonning orqa sohasiga dumba sohasidan o‘zining kuzatib tushuvchi arteriyasi (a.commitans ae n. ishiadici) bilan birga kirib keladi, sonning yuqori uchligida yuzaroqda, xususiy fastsiya ostida yotib, ikki boshli mushak uzun boshchasidan tashqarida o’tadi.
Sonning o‘rta uchligida, nerv ikki boshli mushak uzun boshchasining tagida yotadi va sonning pastki uchligida esa mushakdan ichkarida – shu mushak bilan yarimpay va yarimparda mushaklar orasida joylashadi. Quymich nervining tashqi tasviri
quymich do‘mbog‘i bilan katta ko‘stning o‘rtasidan, tizza osti chuqurchasining cho‘qqisiga o’tkazilgan chiziqqa to‘g‘ri keladi.
Sonning orqa sohasidagi mushaklar orasida joylashgan yog‘ to‘qimalari yuqoridan – dumba sohasining chuqur yog‘ to‘qima bo‘shliqlari bilan, pastdan – tizza osti chuqurchasidagi yog‘ to‘qimalari bilan aloqa qiladi. Bundan tashqari, Gunter kanalining chiqish teshigi orqali sonning oldingi sohasidagi yog‘ to‘qima bo‘shliqlari va teshib o’tuvchi qon tomirlar orqali yaqinlashtiruvchi mushaklar yotqichidagi yog‘ to‘qimalari bilan ham aloqa qiladi. Yiringli yallig‘lanish jarayonida bu aloqalar orqali yiringning bir sohadan ikkinchi sohaga tarqalish xavfi tug‘iladi.
Agar son yuqori uchligining ko‘ndalang kesimi ko‘zdan kechiriladigan bo‘lsa, ichida 6 ta mushak joylashgan eng katta medial mushak yotqichini payqash mumkin. Bu yotqichning ichidan yotqich qon tomir nerv tutamlari va ularning tarmoqlari ham o’tadi. Sonning oldingi yuzasida oldingi mushak yotqichidan tashqari, uning medial mushak yotqichi ham joylashib, undan son nervi va bel – yonbosh mushagining oxirgi qismlari ham joy oladi. Tikuvchilar mushagidan ichkarida, sonning serbar fastsiyasining ostida, sonning qon tomir va nerv tutamlari joylashadi. Bunda, son nervi tashqarida, venasi ichkarida, arteriyasi esa ularning o‘rtasida joylashadi. Uchburchakning pastki qismida son arteriyasidan tashqarida son nervining o‘rnida, teri osti nervi o’tadi. Son venasi esa arteriyaning bir oz ichkarisida va orqasida yotadi. Bu qon tomir nervlarining ostida va medial tomonida, sonning chuqur qon tomirlari va ularning tarmoqlari yotadi. Sonning orqa sohasida katta dumba mushagining pastki qismlari yotib, uning pastki qirrasi bilan ikki boshli mushak uzun boshchasining tashqi qirrasi orasidan quymich nervi o’tadi.
Sonning o‘rta uchligida uning orqa-oldingi sohasini asosan bukuvchi mushaklarning yotqichi egallaydi (19-rasm). Yaqinlashtiruvchi mushaklarning yotqichi esa bu sohada, aksincha, uncha ko‘p joyni egallamaydi. Sonning uzun yaqinlashtiruvchi mushagi bilan medial serbar mushaklar orasidagi chuqurchada son arteriyasi bilan venasi teri osti nervi bilan birga o’tadi. Bularning ustidan tikuvchilar mushagi yopib turadi. Sonning chuqur qon tomirlari yaqinlashtiruvchi mushaklar ostida, son suyagiga yaqin yotadi. Ikki boshli mushakning uzun boshchasi orqasida, bukuvchi
mushaklar yotqichida, quymich nervi o’tadi.
Sonning pastgi uchligi ko‘ndalang kesimini asosan yozuvchi va bukuvchi mushaklarning yopqichi egallaydi. Yaqinlashtiruvchi mushaklarning yopqichi esa, bu sohada kam hajmda bo‘ladi. Son arteriyasi bilan son venasi va teri osti nervi bu уerda yaqinlashtiruvchi kanalda (Gunter kanalida) o’tadi. Bunda son arteriyasining oldida nerv, uning orqasida - vena yotadi. Son chuqur tomirlarining oxirgi tolalari bu уerda orqa mushaklar yopqichida o’tadi. Shu уerning o‘zida ikki boshli mushak bilan (lateral tomonidan) yarimpay va yarimparda mushaklari (medial tomondan) oralig‘ida quymich nervi o’tadi.
Tizza sohasi (regio genus). Sohani tizza qopqog‘i asosidan 3 - 4 sm yuqorida va katta boldir suyagi do‘ngligi o‘rtasidan o’tkazilgan gorizontal chiziqlar chegaralab turadi. Tizza sohasi o‘z navbatida uchta sohaga bo‘linadi. Bular: tizzaning oldingi va orqa sohalari
hamda tizza bo‘g‘imi sohalaridir. Oldingi soha bilan orqa sohalar o‘rtasidagi chegara, son suyagining medial va lateral do‘mboqchalarining orqa yuzasidan o’tkazilgan vertikal chiziqqa to‘g‘ri keladi.
Tizzaning oldingi sohasi (reg.genus anterior). Sohada tashqi belgilardan tizza qopqog‘i, son suyagining do‘mboqchalari, katta boldir suyagining do‘ngligi, hamda katta va kichik boldir suyaklarining boshchalari yaxshi paypaslanadi.
Terisi qattiq, kam harakatchan bo‘lib, sonning oldingi teri nervining tarmoqlari hamda teri osti nervining tizza qopqog‘i osti tolalari (r.infrapatellaris) bilan innervatsiyalanadi.
Teri osti to‘qimasi siyrak, yaxshi rivojlangan, xususiy fastsiyasi son serbar fastsiyasining davomi bo‘lib hisoblanadi.
Bularning ostida son to‘rt boshli mushagining payi joylashadi. U tizza qopqog‘ini ustidan yopib o’tib, katta boldir suyak do‘ngligiga, tizza qopqog‘i boylami sifatida birikadi. Shu boylamning qalinlashgan yon tomonlari tizza qopqog‘ini ikki tomondan yopib o’tib, uning lateral va medial ushlab turuvchi boylamlarini (retinaculum patellaуe mediale et laterale) hosil qiladi. Bu boylamlar ko‘ndalangiga va uzunasiga yo‘nalgan pay tolalaridan tashkil topib, tizza qopqog‘ini ushlab turishda katta ahamiyatga ega. Ularning uzunasiga yo‘nalgan pay tolalari katta boldir suyagining do‘mboqchalariga, ko‘ndalangiga yo‘nalganlari esa, son suyagining do‘mbog‘iga birikadi.
Shu boisdan ham, tizza qopqog‘ining yulduzsimon sinishlarida suyak bo‘laklari bir-biridan ajralib ketmaydi. Ammo qopqoqning ko‘ndalang sinish hollarida uning xususiy boylami uzilishi mumkin. Bunda suyak bo‘laklari joyidan chiqib, ularni faqat operatsiya yo‘li bilan joyiga o‘rnatish mumkin.
To‘rt boshli mushak payining ostida, tizza bo‘g‘imining qobig‘i yotadi. Shunday qilib, tizza bo‘g‘imi oldindan uncha ko‘p bo‘lmagan yumshoq to‘qimalar bilan qoplanib turganligi sababli, bo‘g‘imdagi jarrohlik operatsiyalarini shu tomondan olib borish maqsadga muvofiqdir.
Tizzaning orqa sohasi (reg. genus posterior). Sohaning tashqi belgilaridan – tizza osti chuqurchasi (fossa poplitea), oyoqni tizza bo‘g‘imidan bir oz bukkanda ko‘zga yaqqol ko‘rinadi. Chuqurchaning shakli rombsimon bo‘lib, uni yuqori va tashqaridan – ikki boshli mushakning payi, yuqori va ichkaridan – yarimpay va
yarimparda mushaklarning paylari, hamda pastdan – ikrasimon mushakning medial va lateral boshchalari chegaralab turadi. Bundan
tashqari, sohaning pastki lateral tomonida kichik boldir suyagining boshchasini ham paypaslab topish mumkin.
Sohaning terisi yupqa, harakatchan, sonning orqa teri nervi bilan innervatsiyalanadi. Teri osti yog‘ to‘qimasi siyrak, uncha ko‘p emas. Ayrim vaqtlarda bu уerdan oyoqning kichik teri osti venasi (v.saphena parva) o’tib, tizza osti (taqim) venasiga quyiladi.
Yuzaki fastsiya bu уerda juda yupqa. U teri osti yog‘ to‘qimasi bilan sonning serbar fastsiyasining davomi bo‘lmish xususiy fastsiyani (fascia poplitea) bir –biridan ajratib turadi. Xususiy fastsiyaning ostida, chuqur yog‘ to‘qimalari orasida orqa sohaning katta qon tomir va nerv tutamlari o’tadi.
Tizza ostining yuqori burchagidan quymich nervi kirib keladi. U ko‘pincha shu sohada ikkiga: umumiy kichik boldir (n. peroneus communis) va katta boldir (n.tibialis) nervlariga bo‘linadi. Umumiy kichik boldir nervi chuqurchaning lateral tomoniga yo‘nalib, son ikki boshli mushagi payining ichki tomonida – xususiy fastsiya ostida yotadi.
Nervning tashqi tasviri tizza osti chuqurchasi cho‘qqisini kichik boldir suyagi boshchasi bilan birlashtiradigan chiziqqa to‘g‘ri keladi. Chuqurcha sohasida umumiy kichik boldir nervi o‘zidan boldirning tashqi teri nervi tarmog‘i (n. cutenus suraуe lateralis) ni berdadi.
Katta boldir nervi quymich nervining yo‘lini davom ettirib, tizza osti chuqurchasining cho‘qqisidan to‘g‘ri pastga taqim arteriyasi (a. poplitea) va venasi (v.poplitea) bilan birga yo‘naladi. Bunda, taqim venasi – o‘rtada, uning ustida – katta boldir nervi, ostida - taqim arteriyasi joylashadi. Bularning tashqi tasviri tizza osti chuqurchasining o‘rtasidan o’tkazilgan vertikal chiziqqa to‘g‘ri keladi. Bu sohada katta boldir nervidan boldirning medial teri nervi (n. cutenus surae medialis) chiqib, boldir mushagining (m. gastrocnemius) boshchalari orasidan o’tgach, boldirga tushadi. Taqim osti venasi, boldir orqa katta venasining (v. tibialis posterior) davomi bo‘lib, bu уerda unga kichik teri osti venasi ochiladi.
Son arteriyasining davomi bo‘lgan taqim arteriyasi, tizza osti chuqurchasiga sondagi yaqinlashtiruvchi mushaklar kanalidan o’tib, katta yaqinlashtiruvchi mushak payidagi yoriqdan (hiatus tendineus addictorius) kirib keladi. Bu sohada undan mushaklarga boradigan tarmoqlardan tashqari quyidagi tarmoqlar tizza bo‘g‘imiga boradi: 1) tizzaning yuqorigi medial va lateral arteriyalari (a.a.genus superioris
medialis et lateralis) son suyagi do‘mboqchalaridan yuqoriga qarab ko’tariladi; 2) tizzaning o‘rta (toq) arteriyasi (a. genus media) bir – biri bilan kesishgan tizzaning boylamlariga (lig. cruciatum genus) boradi; 3) tizzaning pastki medial va lateral arteriyalari (aa. genus inferioris medialis et lateralis) boldir mushagining boshchalari ostidan o’tadi.
Taqim arteriyasi son suyagiga, ayniqsa katta boldir suyagiga yaqin o’tadi. Shuning uchun ham son suyagining do‘mboqchalari sohasidan sinishi, singan suyakning yuqori bo‘lagini tortish ta'siri ostida ichki tomonga (yaqinlashtiruvchi mushaklarning tortish ta'siri) qarab qiyshayishiga, paski bo‘lagini esa – orqa tomonga (boldir mushagining tortish ta'siri) qarab qiyshayishiga va natijada bo‘laklar orasida qolgan taqim arteriyasining jarohatlanishiga olib kelishi mumkin.
Tizza osti chuqurchasining tubini taqim mushagi (m. popliteus) va son suyagining taqim yuzasi (fasciуes poplitea) hosil qiladi (20-rasm).
Tizza osti chuqurchasi yog‘ to‘qimasi, boldirning chuqur joylashgan yog‘ to‘qimalari bilan, sonning orqa sohasidagi yog‘ to‘qimalari bilan va yaqinlashtiruvchi mushaklardagi qon tomirlar yo‘li orqali, sonning oldingi sohasidagi yog‘ to‘qimalari bilan aloqa qiladi. Bu aloqalar yiringli jarayonning bir sohadan ikkinchi sohaga tarqalishiga yo‘l ochib beradi.
Tizza osti chuqurchasidan uning katta qon tomir va nerv tutamlari o’tib, bulardan eng yuzada n. tibialis, chuqurda – a. poplitea va ularning o‘rtasida v.poplitea o’tadi. Ularning tashqi tasviri chuqurchaning o‘rtasidan o’tkazilgan vertikal chiziqqa to‘g‘ri keladi.
Tizza osti chuqurchasida limfa tugunlari (nodi lumphatici poplitealis) joylashib, ular 3 guruhni tashkil qiladi. Birinchi guruhdagi limfa tugunlariga yuzaroqda – xususiy fastsiya ostida joylashgan limfa tugunlari kiradi. Ikkinchi guruhdagi limfa tugunlari – chuqurroqda, taqim qon tomirlari bo‘ylab joylashadi va nihoyat, uchinchi guruhdagi limfa tugunlari tizza bo‘g‘imi qobig‘ining orqa yuzasida joylashadi. Bu limfa tugunlariga oyoq panjasi hamda boldirning hamma chuqur limfa yo‘llaridan limfa suyuqligi kelib quyiladi.
Tizza bo‘g‘imi (articulatio genus). Barcha bo‘g‘imlar ichida eng kattasi va murakkabi tizza bo‘g‘imidir. U uchta suyakning, ya'ni son suyagi, katta boldir va tizza qopqog‘i (patella) ning o‘zaro birlashishidan hosil bo‘ladi. Bunda kichik boldir suyagi bo‘g‘imining hosil bo‘lishida qatnashmaydi. Odatda son suyagining bo‘g‘im yuzasi, katta boldir suyagining ustki uchidagi uncha chuqur bo‘lmagan bo‘g‘im yuzasiga mos kelmaydi. Shuning uchun ham ikki suyak o‘rtasidagi bu kamchilik tolali tog‘aydan tuzilgan maxsus yarimoy shakldagi plastinkalar – meniskalar (menisci) yordamida to‘ldiriladi va shu yo‘l bilan bu ikkala suyaklarning bo‘g‘im yuzalari bir- biriga moslashadi.
Bunday meniskalar bo‘g‘imda ikkita bo‘lib, tashqi (meniscus lateralis) va ichki (meniscus medialis) meniskalar deyiladi. Birinchisining shakli “O” harfini, ikkinchisi – “C” harfini eslatadi. Meniskalarning o‘rtasidagi kamtik old tomondan meniskalarning bir- biri bilan bog‘lab turuvchi ko‘ndalang tizza boylami (lig. transversum genus) bilan to‘lib turadi. Bu boylam o‘z navbatida meniskalarni ham ushlab turadi.
Bu boylamdan tashqari, tizza bo’gimi bir nechta kuchli boylamlar vositasida mustahkamlanadi. Bular oldindan orqa
tomonga qarab bir - biri bilan kesishgan ikkita boylamlardir. Shuning uchun ham ularni kesishgan boylamlar deb, oldingisini –
oldingi kesishgan (lig. cruciatum anterius), orqangisini - orqangi kesishgan (lig. cruciatum posterius) boylamlari deb ataydilar.
Oldingi boylam, son suyagi tashqi do’ngining ichki yuzasidan (fossa intercondylaris femoris) boshlanib, boldir suyagi do’ngliklari oraligining oldingi soxasi (area intercondylaris tibiae) ga kelib yopishadi. Orqa boylam esa, aksincha, son suyagi medial do’ngining ichki yuzasidan boshlanib, boldir suyagi do’ngliklari oralig’ining orqa tomoniga borib yopishadi.
Bu boylamlar tizza bo’g’imi xaltasining ichida joylashgani uchun ularga - ichki boylamlar deyiladi. Bulardan tashqari, tizza bo’g’imida tashqi boylam xam mavjud. Bular tizza bo’gimi xaltasidan tashkarida joylashib, juda pishiq tizimchaga o’xshash yumaloq shaklga ega yonlama boylamlardir. Ularning biri katta boldir yonlama boylami (lig. collaterale tibiale) deb atalib, son suyagining ichki do’ngidan katta boldir suyagiga tortilgan, ikkinchisi - kichik boldir yonlama boylami (lig. collaterale fibulare) deyilib, son suyagining tashqi do’ngidan, kichik boldir suyagining boshchasiga tortilgandir. Yonlama boylamlar suyaklarning ikki yon tomonga surilishiga to’sqinlik qiladi.
Bo’g’imning orqa tomonida qiyshiq taqim boylami (lig. popliteum obliquum) va ravoqsimon taqim boylami (lig. popliteum arcuatum) degan boylamlar bo’lib, ular bo’g’im xaltasi bilan birlashib ketadi.
Yuqorida aytilganidek, oldingi tomonda katta boldir suyagining g’adir-budurida tizza qopqog’ining cho’qqisiga qarab tortilgan yo’g’on va mustahkam qopqoq boylami (lig. patellae) bo’lib, u aslida sonning to’rt boshli mushak payidan hosil bo’ladi.
Tizza bo’g’imi boshqa bo’g’imlardan yana katta xajmdagi sinovial qobig’i bilan ham ajralib turadi. Bu qobiq son suyagining bo’g’im sohasidan 1,5 - 2,5 sm yuqorida o’tadi, ayrim hollarda bo’g’im sohasining o’rta qismlaridan 4 sm gacha yuqorida o’tadi. Shunday qilib, son suyagining epifizi butunlay bo’g’im ichida qoladi. Sinovial qobiq son suyagidan to’rt boshli mushak payining ichki yuzasiga, tizza qopqog’iga, meniskalarga, ulardan keyin katta boldir suyagiga o’tib, uning bo’g’im yuzasidan 1 - 2 sm pastroqqa birikadi. Boldir suyagining epifizar kismi bo’g’im bo’shlig’idan tashqarida qoladi.
Bo’g’im qobig’i son suyagidan meniskalarga va ulardan katta boldir suyagiga o’tayotib burmalar hosil qiladi. Bu burmalar tizza bo’g’imi bukilgan paytda yozilib, cho’zilib, tizza bo’g’imining to’la
xajmda bukilishiga imkon tug’diradi. Sinovial qobig’I cho’zilib, yozilib turuvchi bunday burmalariga tizza bo’g’imining xaltachalari yoki cho’ntaklari deb atalib, bunday cho’ntaklarning soni 9 tadir.
Bularning 5 tasi tizza bo’g’imining oldingi yuzasida, to’rttasi - orqa sohasida joylashadi (21- rasm).
Oldingi cho’ntaklar ichida eng kattasi oldingi yuqori cho’ntak (resessus genus anterior superior) - son suyagi bilan to’rt boshli mushak orasida anchagina yuqoriga davom etib, tizza bo’g’imi bo’shligi bilan tutashgan bo’ladi. Qolgan to’rttasi: oldingi, yuqorigi, medial va lateral cho’ntaklar (recessus genus anterior, superior, medialis et lateralis) - son do’ngliklari bilan meniskalar orasida, oldingi pastki medial va lateral cho’ntaklar (resussus genus anterioris inferioris medialis et lateralis) meniskalar bilan boldir do’ngligi orasida hosil bo’ladi. Bo’g’im bo’shlig’ining orqa sohasida, orqa yuqori medial va lateral cho’ntaklari (resussus genus posterioris
superioris medialis et lateralis) - meniskalar bilan son suyagi medial va lateral do’ngliklari orasida hosil bo’ladi. Va oxirgi ikkita cho’ntaklar – bo’g’im bo’shlig’ining orqa sohasidagi pastki medial
va lateral cho’ntaklar ( resussus genus posterioris inferioris med. et lat.) - meniskalar bilan katta boldir suyagining do’nglari orasida hosil bo’ladi. Shunday qilib, tizza bo’g’imining bu bo’shlig’i va cho’ntaklarida har xil kasallik (tuberkulez, revmatizm va h. k.) yoki patologik suyuqliklar (zardob, qon, yiring va h. k.) yig’ilishi mumkin.
Tizza qopqog’ining pastki tomonidagi bo’g’im bo’shlig’iga sinovial qobiqqa o’ralgan yog’ qatlami taqalib turadi. Sinovial qobiq bu erda qanotsimon burmalarni (plica alaris) hosil qiladi. Bu burmalar suyaklarning bo’g’im yuzalarini to’ldirib, har xil jarohatlarda amortizatorlik vazifasini o’taydi. Qanotsimon burmalar bir - biri bilan qo’shilishib, yagona toq burmani - tizza qopqog’i osti sinovial burmasini (plica synovialis infrapatellaris) hosil qiladi. Bu burma keyinchalik son suyagining do’ngliklararo chuqurchasiga (fossa infracondylaris femoris) borib birikadi.
Ayrim vaqtlarda qopqoq osti sinovial burmasi serbar bo’lib, kesishgan boylamlargacha borib etadi. Bunday hollarda bo’g’im bo’shlig’i ichki va tashqi hamda oldingi va orqa bo’laklarga bo’lingan bo’ladi. Meniskalar bo’g’im bo’shlig’ini ustki va pastki bo’limlarga bo’ladi.
Bordi - yu, bo’g’im bo’shlig’ida yallig’lanish jarayonlari sodir bo’lsa, undagi sinovial qobiq qalinlashib, bo’g’imni yuqorida aytilgan bo’limlarga to’liq bo’lishi mumkin.
Tizza bo’g’imining yaqinida bir nechta shilliq xaltalar joylashgan. Ammo bularning hammasi ham bo’g’im bo’shlig’i bilan aloqada bo’lavermaydi. Faqat tizza qopqog’i ustidagi xalta (bursa suprapatellaris) bo’g’im yuqori cho’ntagiga ochiladi. Tizza qopqog’ining oldingi sohasida 3 ta shilliq xalta: tizza qopqog’i oldingi sohasidagi teri osti, fastsiya osti va pay osti xaltalari (bb. prepatellaris subcutanea, subfascialis et subtendinea) joylashgan. Bularning birontasi ham bo’g’im bo’shlig’i bilan aloqada bo’lmaydi. Tizza qopqog’ining pastida yana ikkita xalta - qopqoq pastidagi teri osti va chuqur xaltalar (bb. infrapatellaris subcutanea et profunda) bo’lib, bular ham bo’g’im bo’shlig’i bilan aloqada bo’lmaydi. Tizza bo’g’imi bo’shlig’i bilan quyidagi xaltalar aloqada bo’ladi: taqim osti mushagining xaltasi (b. m. poplitei) yuqorigi orqa cho’ntakka ochiladi, boldir mushagining medial pay osti xaltasi (b. subtendinea
m. gastrocnemii medialis) va yarimpaysimon mushak xaltasi (b. m. semimembranosi) - yuqori orqa medial cho’ntaklarga ochiladi.
Yiringli jarayonlarda shilliq xaltalar ichiga yiring tarqalib, uning yallig’lanishiga (paraartikulyar yallig’lanish) sabab bo’lishi mumkin. Tizza bo’g’imi umumiy kichik boldir nervi (p. peroneus communis), katta boldir nervi (p. tibialis) va teri osti nervi (p. saphenus) ning tarmoqlari bilan innervatsiyalanadi.
Tizza bo’g’imining qon bilan ta`minlanishi, bo’g’im atrofida qon tomirlar to’rini (rete articulare genus) hosil qiluvchi arteriyalar hisobiga boradi. Bular son arteriyasidan chiquvchi tizzaning pastga yo’naluvchi arteriyasi (a. genus dessendens), taqim arteriyasining beshta tarmog’i: tizzaning lateral va medial ustki va tizzaning o’rta (toq) arteriyasi hamda tizzaning lateral va medial pastki arteriyalari (aa. genus superiores medialis et lateralis; a. genus media; aa. genus inferiores medialis et lateralis) dir. Bundan tashqari, katta boldirning oldingi va orqaga qaytuvchi oldingi arteriyasidan: katta boldirning oldingi va orqaga qaytuvchi arteriyalari va kichik boldirni aylanib o’tuvchi (a. circumflexus fibulae) hamda katta boldirning orqaga qaytuvchi orqa arteriyasidan (a. reccurens tibialis posterior) chiquvchi arteriyalari ham qon tomirlar to’ri hosil bo’lishida qatnashadi.
Bo’g’im yorig’i oldindan, tizza qopqog’ining pastida, katta boldir suyagi do’nglari ustida, orqadan - tizza osti chuqurchasidagi ko’ndalang teri burmasiga to’gri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |